Beshbuloq maishiy xizmat kasb-hunar kollеji geografiya fani o’quvchisi


Mavzu. Tabiiy va inson resurslari ularni iqtisodiy, ularni iqtisodiy geografik baholash



Download 0,73 Mb.
bet4/14
Sana09.05.2017
Hajmi0,73 Mb.
#8547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Mavzu. Tabiiy va inson resurslari ularni iqtisodiy, ularni iqtisodiy geografik baholash.

Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206

Dars turi: Nazariy

Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.

O`quv maqsadi:

1.Tabiat va uning geotizimlari butun sayyora miqyosida murakkab hosila, ular doimo tadrijiy o’rganishda, rivojlaanisnda va o’z qonuniyatlari hamda qonunlari asosida mavjudligini, tabiat qonunlari jamiyat qonunlariga mos kelmasligini sabablarini o’rganish

2.O`quvchilarda inson tabiat qonunlari va qonuniyatlarini mukammal bilishiga, idrok etishiga, ularga rioya qilishiga,ularni asrab avaylashiga, ularga nisbatan odilona munosabatda bo’lishga oid bilimlarni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1 Tabiiy va inson resurslari ularni iqtisodiy, ularni iqtisodiy geografik baholash haqida to’liq ma’lumotga ega bolish.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-80



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya

O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

10

20


Tabiiy va inson resurslari deganda nimani tushunasiz?

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1Tabiat komponentlariga nimalar kiradi?

2.Tabiat kompleksi deb nimaga aytiladi?

3.Eng yirik tabiat kompleksining nomini ayting.

4.Landshaft deb nimaga aytiladi?

5Tabiiy landshaft deb nimaga aytiladi?

6.Landshaft tahlili deganda nimani tushunasiz?

7Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili qanday tartibda amalgam oshiriladi?


Savol-javob. Suhbat metodlaridan foydalanish

.

.

Kompyuter-A-1



Globus- G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

kitob,doska



Yangi mavzu bayoni

25

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1Tabiiy resurs nima?

2.Tabiiy resurslar necha turga bo’linadi?

3Inson resurslariga qanday resurslar kiradi?

4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish deb nimaga aytiladi?

5.Tabiatdan foydalanishda amaliy geografiyaning vazifalari nimalardan iborat?

6.Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya deganda nimani tushunasiz?

7.O’zbekistonda yerdan foydalanish qanday qo’llanilmoqda?



Konferensiya darsi metodidan, savol-javob va

yozma metodlardan foydalanish.




Kodoskop-A-10.Slayd.

Globus G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Yerning ichki tuzilishi maketi.

Doska, darslik.



Mustahkamlash

15

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1Tabiat resurslaridan foydalanishning pullik tizimiga o’tish qanday tamoil hisoblanadi?

2.Yerdan foydalanish jarayonida kimlar ishtirok etadilar?

3Sanoat korxonalarini joylashtirishda qaysi fanning tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi?

4Siz yashab turgan xududda “Amaliy eografiya”kursi nazariy bilimlariga zid keladigan qanday hodisa va voqealar yuz bermoqda? Ularni bartaraf qilish borasida sizning fikringiz qanday?

Savol- javob.Aqliy hujum.Bahs -munozara.Suhbat.



Yerning ichki tuzilishi maketi

Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.



Doska,darslik.

Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

O’quvchilarni baholash va baholarni izohlash.6-mavzu.113-115-betlar. 3.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali,darslik.

Yangi mavzu bayoni.

Tabiat va uning geotizimlari butun sayyora miqyosida murakkab hosila, ular doimo tadrijiy o’rganishda, rivojlanishda va oz qonuniyatlari hamda qonunlari asosida mavjud. Tabiat qonunlari jamiyat qonunlariga mos kelmaydi, tabiat o’z qonunlari negizida rivojlanadi, jamiyat qonunlarini tabiatga qo’llab bo’lmaydi. Binobarin, inson tabiat qonunlari va qonuniyatlarini mukammal bilishi, idrok etishi, ularga rioya qilish zarur. Tabiatdan foydalanish jarayonida mazkur qonunlarni e’tiborga olgan holda resurslarni xo’jalik muomalasiga kiritish muhim masala. Bu borada nazariy ham amaliy bilimlarni to’liq egallagan holda tabiatdan foydalanish tobora zarur bo’lib bormoqda.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng tabiiy boyliklardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularga amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Tabiatdan foydalanish mexanizmi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:

a) tabiat resurslaridan foydalanishning pulligi;

b)tabiatni muhofaza qilish faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirish tizimi;

d) atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jarima to’lovi;

e) tabiiy resurslardan foydalanish bozorni vujudga keltirish;

f) tabiatdan foydalanish bo’yicha narxlarni takomillashtirish va boshqalar.


Tabiat resurslaridan foydalanishning pullik tizimiga o’tish bozor iqtisodiyoti uchun eng zaruriy tamoil hisoblanadi.Boylik pul bilan baholanar ekan, undan foydalanish ham pullik bo’lishi lozim. Bunda boylikning sifati, qiymati,keltiradigan foydasi va boshqa iqtisodiy xususiyatlari e’tiborga olinmog’I lozim. Masalan, bizda suvdan sug’orma dehqonchilikda foydalanilganlik uchun xo’jaliklar odatda davlatga pul to’lamaydilar, ammo ular ba’zan keragidan ko’proq hajmda suv olib ishlatadilar, suvni ifloslantiradilar va ortiqcha toza suvni tashlama sifatida markaziy kollektorlarga oqizib yuboradilar.

Yerdan foydalanish jarayonida dehqonlar, fermerlar, bog’bonlar, chorvadorlar ishtirok etadilar. Yer davlat, umumxalq mulki, uni sotish va hadya etish mumkin emas, faqat samarali foydalanish uchun ma’lum muddatga berish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerdan foydalanishda uni mahsuldorligiga qarab baholash va shu asosda soliq masalalari, yerga o’g’it solish, almashlab ekish kabilarni hal etish maqsadga muvofiq.

Bu borada O”zbekistonda yerdan foydalanishda jamoa xo’jaligi va uning tarkibida oila pudrati, paychilik, fermer xo’jaligi va boshqa yangi usullarga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil qilish tajribasi keng qo’llanilmoqda, bu yerda bo’lgan hurmat, uni e’zozlash, har bir qarichidan omilkorlik bilan foydalanishni ta’minlaydi.

Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya. Tabiat boyliklaridan foydalanishda boshqa fan yutuqlari qatori amaliy geografiya erishgan ilmiy natijalarga asoslanish nihoyatda samaralidir. Chunki geografiya fani tabiatni, aholi ba xo’jalik bilan bir butun tarzda o’rganadi. Binobarin, bu jarayonda tabiat qonunlari to’liq e’tiborga olinadi, tabiatga inson ta’sirining oqibatlari hisob-kitob qilinadi va shunga muvofiq ularning oldini olish choralari ishlab chiqiladi.

Amaliy geografiya tabiat boyliklaridan foydalanish bo’yicha yetarli darajada tajriba, sinov ishlab chiqarish amaliyotiga ega. Inson sug’orma dehqonchilik bilan kamida 5-6 ming vachorvashilik bilan esa 8-10 ming yildan beri shug’ullanib kelmoqda. Bu borada mavjud sohalar bo’yicha juda katta tajriba to’planadi. Bu tajribaning geografiyaga oid tomonlari ham mavjud. Masalan, qiya yonbag’irlardan foydalanishda yerni haydash, sug;orish, tuproqqa ishlov berish jarayonida nishablik xususiyatlarini hisobga olib ko’ndalangiga yerni haydash, juda ham qiya yerlardan yaylov sifatida foydalanish yoki terassalash, ihotazorlar bunyod etish, eroziyaga qarshi maxsus gidrotexnik inshootlarni loihalash.

Sanoat korxonalarini loihalashda amaliy geografiyaning tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. Bu borada tog’ yon bag’irlari va vodiylarning tabiiy-geografik xususiyatlari, ayniqsa, suv va iqlimiy omillar, gruntlarning fizik hamda kimyoviy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tog’ vodiylarining mahalliy shamollari odatda soy yoki daryo oqimining yuqori qismidan boshlanib, uning etagi tomon harakatlanadi. Shamol havodagi barcha chang va chiqindilarni olib ketadi, agar tog’ vodiysida sanoat korxonalari mavjud bo’lsa, ularning havoga chiqargan changlarini vodiy bo’ylab yoyadi, oqibqtda atrof-muhit ifloslanadi.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tog’ vodiylariga sanoat korxonalarini joylashtirishda mahalliy shamollar harakati albatta e’tiborga olinishi lozim, sanoat ishlab chiqarishida chiqindisiz yoki yopiq siklli texnologiyaning tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, korxonalar yer usti va yer osti suvlarini turli oqova suvlar bilan ifloslaydi, bu hodisa ham diqqat-e’tiborda bo’lishi darkor. Demak, barcha sohalarda amaliy geografiyaning tavsiyalari va ko’rsatmalarining hisobga olinishi tabiatdan foydalanish samaradorligini oshiradi.




Yangi mavzuni mustahkamlash:

1Tabiiy resurs nima?

2.Tabiiy resurslar necha turga bo’linadi?

3Inson resurslariga qanday resurslar kiradi?

4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish deb nimaga aytiladi?

5.Tabiatdan foydalanishda amaliy geografiyaning vazifalari nimalardan iborat?

6.Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya deganda nimani tushunasiz?

7.O’zbekistonda yerdan foydalanish qanday qo’llanilmoqda?

8Tabiat resurslaridan foydalanishning pullik tizimiga o’tish qanday tamoil hisoblanadi?

9.Yerdan foydalanish jarayonida kimlar ishtirok etadilar?

10Sanoat korxonalarini joylashtirishda qaysi fanning tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi?

11.Siz yashab turgan xududda “Amaliy eografiya”kursi nazariy bilimlariga zid keladigan qanday hodisa va voqealar yuz bermoqda? Ularni bartaraf qilish borasida sizning fikringiz qanday?



Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi. ` O quvchilarni baholash va baholarni izohlash.1.6-mavzu.113-115-betlar. 2.Geografik nomlarni o’rganish3.Savol- javob. 4.Dunyo mamlakatlarini o’rganish .

Darsni yakunlash:O`quvchilarni baholash, baholarni izohlash.
Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri:
_____________D.Rustamova. Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva.

7- dars reja

Fan: Amaliy geografiya

Guruh

































Sanalar


































Guruh


































Sanalar


































Mavzu. Amaliy mashg’ulot.

Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206

Dars turi: Amaliy

Dars tipi: Aralash dars.

O`quv maqsadi:

1.Amaliy geografiyaning o’rganish ob’yekti, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqotusullarini, amaliy geografik tadqiqotlarni, tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish.

2.O`quvchilarda Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlari, tabiiy va inson resurslari ularni iqtisodiy geografik baholash oid bilimlarni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1 Amaliy geografiyaning o’rganish ob’yekti, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqotusullarini, amaliy geografik tadqiqotlarni, tabiiy geografik jarayonlarni, tabiiy va inson resurslari ularni iqtisodiy, geografik baholash, geografik nomlar haqida to’liq ma’lumotga ega bolish.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-90



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya

O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

5

15


1-bob to’g’risida qisqa ma’lumot berish?

1Tabiiy resurs nima?

2.Tabiiy resurslar necha turga bo’linadi?

3Inson resurslariga qanday resurslar kiradi?

4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish deb nimaga aytiladi?

5.Tabiatdan foydalanishda amaliy geografiyaning vazifalari nimalardan iborat?


Kichik guruhlarda ishlash. Savol-javob. metodlaridan foydalanish



Kompyuter-A-1

Globus- G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

kitob,doska


Yangi mavzu bayoni

50

O”tilgan mavzulardan topshiriqlar beriladi va bajarilishi nazorat qilinib o’quvchilar to’liq baholanadi.

1.Amaliy geografiya nimani o’rganadi?

Uning maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan aloqasi.

2.Amaliy geografik tadqiqotlarga nimalar kiradi.

3.Tabiiy geografik jarayonlarga nimalar kiradi? Ular keng tarqalgan xududlar nomini topib jadvalni to’ldiring.

4.Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirini ta’riflang.

5.Geografik nomlar.Jadvalni to’ldiring.

Kichik guruhlarda ishlash. Savol-javob metodlaridan.

Yozma metodlardan foydalanish.


Kodoskop-A-10.Slayd.

Globus G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Yerning ichki tuzilishi maketi.

Doska, darslik.



Mustahkamlash

10

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

3.Siz yashab turgan xududda “Amaliy eografiya”kursi nazariy bilimlariga zid keladigan qanday hodisa va voqealar yuz bermoqda? Ularni bartaraf qilish borasida sizning fikringiz qanday?


Savol- javob. munozara.Suhbat.


Globus.


Dunyo siyosiy xaritasi.

Doska,darslik.



Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

O’ quvchilarni baholash va baholarni izohlash.7-mavzu.113-115-betlar. 3.Savol- javob.4.Geografik nomlarni o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali,darslik.

Yangi mavzu bayoni:

1-savol.Amaliy geografiya nimani o’rganadi?

Uning maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan aloqasi .



1-javob.Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug’ullanadi.

Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

1.Xo’jalik maqsadlarida foydalanish nuqta’I nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o’rganish va baholash;

2.Tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish, baholash va bashorat qilish;

3.Inson tomonidan tabiiuy va ijtimmoiy muhitning o’zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish;

4.Umumsayyoraviy mintaqavviy va mahalli ekologik muommolarning yuzaga kelish sababvlarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;



2-savol. O’zbekiston er resurslaridan foydalanishning doirali diagrammasini chizing

A Tabiy yaylovlar va o’tloqlar 50 %

B Foydalanmaydigon erlar 35 %

C Sug’oriladigan erlar 10 %

D O’rmonlar va butazorlar 3 %

E Lalmikol erlar 2 %



2-javob


3. jadval asosida Eroziyaga uchragan va sho’rlangan erlarning O’zbekiston hududi bo’yicha taqsimlanishi grafigini chizing. (Foiz hisobida)Amaliy geografiya -39-bet.






Viloyatlar

Suv

Jami sho`rlangan

Shu jumladan o`rta va kuchli sho`rlangan







Qoraqalpog`iston

2,4

90

38,9







Andilon

7,6

92

4,6







Buxoro

2,2

95,7

37,6







Jizzax

17

97,9

39,3







Qashqadaryo

14,6

47,9

13,2







Navoiy

0,9

86,9

33,5







Namangan

22,1

23,6

4,1







Samarqand

28,6

3,6

1,4







Surxondaryo

57,2

42,9

165







Sirdaryo

14,6

83,1

30,9







Toshkrnt

24,9

24,4

0,4







Farg`ona

5,7

52,3

27







Xorazm

0

100

53,1







O`zbekiston

18,6

52,2

18,4
























4.Geografik nomlar.Jadvalni to’ldiring.





Davlat

Shahar

Daryo

Dengiz

Tog’lar

Ko’l

1.

Chili

Shanxay

Misisipi

Baffina

Himolay

Nyasa

2.

Argentina

Sidney

Missuri

Bafforta

Hindikush

Tanganika

3.

Peru

Ulan-Bator

Amudaryo

Karib

Tyan-Shan

Titikaka

4.

Meksika

Bishkek

Sirdaryo

O”rtayer

Kunlun

Ontario

5.

Suriya

Minsk

Amazonka

Boltiq

Mug’ul

Eri

6.

Laos

Kiyev

Nil

Bereng

Ajdar

Balxash

7.

Vetnam

Kishinyov

Xuanxe

Barens

Pomir

Baykal

8.

Kambodja

Tibilisi

Yansizi

Laptivlar

Nurota

Onega

9.

Mongoliya

Boku

Volga

Sariq

Qurama

Ladoga

10.

Xitoy

Yerevan

Yenesey

Shimoliy

Turkiston

Viktoriya



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish