O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIM markazi
SIRDARYO VILOYATIO’RTA MAXSUS KASB HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
BESHBULOQ MAISHIY XIZMAT KASB-HUNAR KOLLЕJI
GEOGRAFIYA fani o’quvchisi
QURBONBOYEVA HANIFANIng
Amaliy geografiya fanidan
Dars ishlanmalari
1- dars reja
Fan: Amaliy geografiya
Mavzu: Amaliy geografiya fani haqida tushuncha uning maqsadi va vazifalari.
Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206
Dars turi: Nazariy
Dars tipi: O`quv materialini mazmunini yorituvchi dars.
O`quv maqsadi:
1.Amaliy geografiya fani haqida tushuncha uning predmeti, maqsadi va vazifalariboshqa fanlar bilan aloqasi,tadqiqot usullari, va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni i o’quvchilar ongia singdirish.
2.O`quvchilarda geografik bilimlarni shakllantirish.
Kutiladigan natijalar:1Amaliy geografiyaning ahamiyati va uning tadqiqot usullari haqida ma’lumotlarni o’rganish. Mashg`ulotning texnologik xaritasi.
Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-80
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Dars mazmuni
|
Metod
|
Vosita
|
Tashkil qism
|
5
|
Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish
|
Savol- javob
|
|
Motivatsiya
O`tilgan mavzuni so`rash va baholash
|
10
20
|
.Amaliy geografiya fani haqida tushuncha uning predmeti, maqsadi va vazifalariboshqa fanlar bilan aloqasi,tadqiqot usullari, va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni i o’quvchilarga ma’ruza sifatida beriladi.
1.Amaliy geografiya nima bilan shug’ullanadi?.
2.Amaliy geografiyaning maqsadi nimalardan iborat?
3Geografiya qanday tarmoqlarga bo’linadi?.
4.Amaliy geografiyaning vazifalarini darslikdan o’qib daftaringizga ko’chirib yozing.
|
Xotira mashqi. Savol-javob metodlaridan foydalanish
|
Tarqatma materiallar.
Globus-G-7
Kompyuter, A -1
Globus- G-7
Dunyo siyosiy xaritasi.
Tarqatma materiallar.
kitob,doska
|
Yangi mavzu bayoni
|
25
|
Amaliy geografiya bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi..
1.Amaliy geografiyada qanday tadqiqot usullari qo’llandi?
2. Tizimli yondashuv deganda nimani tushunasiz?
.3. Ekologik yondashuvning maqsadi nimadan iborat?
4. O’zingiz yashab turgan shaharni yoki qishloqni tizim sifatida qarab ularning qanday
tizimchalardan iborat ekanligini aniqlang .
5. Iqtisodiy yondashuvda qanday ishlar amalgam oshiriladi?
|
Ma’ruza, aqliy hujum, Savol- javob
Yozma metodlardan foydalanish.
|
Kompyuter, A -1
Globus G-7
Dunyo siyosiy xaritasi.
Vulqon maketi.
Yerning ichki tuzilishi maketi.
doska kitob
|
Mustahkamlash
|
15
|
Mavzu asosida savol – javob qilinadi.
1. Geografiya qanday tarmoqlarga bo’linadi?
2.Amaliy geografiyaning madsadi nimalardan iborat?
3. Amaliy geografiya nima bilan shug’ullanadi?
4. Amaliy geografiyada qanday tadqiqot usullari qo’llaniladi?
5. Tizimli, ekologik va iqtisodiy usul deganda nimani tushunasiz?
|
Savol- javob. Bahs -munozara..
|
Vuiqon maketi.
Yerning ichki tuzilishi maketi
Globus.
Dunyo siyosiy xaritasi.
doska kitob
|
Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar
|
5
|
O’ quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 1-mavzu. 3-5, 6-8- 11-betlar.2. 1-2- 3- rasmlarni o’rganish. 3.Savol- javob. 4.Dunyo mamlakatlarini o’rganish.
|
Ma’ruza
Muhokama
Eslatma
|
O`quv jurnali, kitob
|
Yangi mavzu bayoni. Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug’ullanadi.
Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda buning natijasida mahalliy mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekalogik muommolar va inqirozlar paydo bo’lmoqda.
Anashunday ekalogik muommolar va inqirozlarni o’rganish baholash va ularning sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o’rni va ahamiyati nihoatda muhimdir.
Mazkur muommolarni o’rganish v ularning yechimini toppish davomida geografiya fanlaridan toxemia yangi yo’nalish ya’ni amaliy geografiya fani paydo bo’ladi va u hozirgi paytda tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geogrrafiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, taiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishini bashorat qilishdan iboratdir.
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Xo’jalik maqsadlarida foydalanish nuqta’I nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o’rganish va baholash;
-
Tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish, baholash va bashorat qilish;
-
Inson tomonidan tabiiuy va ijtimmoiy muhitning o’zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish;
-
Umumsayyoraviy mintaqavviy va mahalli ekologik muommolarning yuzaga kelish sababvlarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;
-
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muommmolari va aholi joylashuvi masalalarini yechiish. Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi tarmoqlaridan biri bo’lsa ham uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo’shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg’oniy Nil daryosining suv sathini o’rganish va bashorat qilish bo’yicha amaliy geografik ishlarni olib borganlar. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoynning uzunligini aniqlab yerning asosiy o’lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo’shgan.
Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o’rganishda turli tadqiqot usullaridan foydalanadi. Maskur tadqiqot usulariga quydagilar kiradi: sistemali, ekalogik, landshaft va iqdisodiy. Ushbu usullarni yondashuv deb atash mumkin.
Sistemali usul (yondashuv). Maskur usulda o’rganiladigan hudud ma’lum bir sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir –biri bilan bog’langan qator kichik sistemalardan iborat bo’ladi. Masalan, Chirchiq vodiysini ma’lum bir yahlit sistema sifatida oladigan bo’lsak u bir biri bilan bog’langan quydagi sistemalardan iborat: geologic tuzilishi; relefi; suvlari; iqlimi; tuproqlari; aholi manzilgohlari; gidrotehnik inshootlar va h.k. ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Bu sistemalarning biri o’zgarsa boshqalari ham o’zgaradi. Masalan, iqlim yoki suv sistemasi o’zgaradigan bo’lsa, tuproq, o’simlik va ayvonot dunyosi ham o’zgaradi. Ekalogik usul (yondashuv). Ushbu usulda ma’lum bir hudud yoki muamo urganilayotganda,ungatirik mavjudotlarning, insoning atrof muhit bilan bo’ladigan o’zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi. Buning oqibatida tuproq o’simlik va hayvonot dunyosi o’zgarishga uchradi. Suv ostida qolgan qishloiqlar aholisi ko’chirildi, yangi, shinam va go’zal Chorbog’ shaharchsi, dam olish zonalari vujudga keldi. Landshaft usuli (yondashuv). Maskur usul qo’langanda hudud ma’lum bir landshaft turlariga bo’lib o’rganiladi. Tabiiy landshaftlar o’rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan botqoqlardan, sho’rxoklardan, soy vodiylaridan, yonbag’irlaridan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo’lishi mumkin. Antropogen landshaftlar esa qishloq xo’jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo’llardan, shahar va qishloqlardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida- alohida tahlil qilinadi.
Iqdisdiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik – statistic hisoblashlar orqali tabiiy sharoitga tabiiy resurslarga aholi va xo’jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o’zgarishi bashorat qilinadi.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usulardan tabiattni muhofaza qilishda, atrof muhitning tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foydalanadi.
Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekalogik oqobatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo’lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan uning o’zi ham aks ta’siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko’p hollarda tabiat qonunularini hisobga olmasdan amalgam oshirilmoqda. Bunday ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini oshirib boorish bugungi kunning dolzarb muommolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muommoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda vao’zining munosib hissasini qo’shmoqda. Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiiyatga ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi va uni yahshilashning umumsyyoraviy mintaqaviy va mahalliy muommolari bilan shug’ullanadi. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muommosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muomoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada “ozon tuynigi” ning maydoni qisqarib bormoqda, yo’qolib ketish arafasida turgan ko’plab o’simlik va hayvonlar saqlab qolinmmoqda, ifloslangan daryo va ko’llar suvi tozalanib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashni ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Amaliy geografiya tabiiy resusrlaridan foydalanishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatninng o’zaro ta’sirini yaxshilash, tabiiy ofatlarni oldini olish hududlarning rivojlanishini bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab berish muommolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan muommolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo’lmoqda.
Yangi mavzuni mustahkamlash
-
Amaliy geografiyaning ahamiyati nimalardan iborat?
-
Amaliy geografiya nimalar bilan shug’ullanadi?
-
Amaliy geografiyaning maqsadi nimalardan iborat?
-
Geografiya qanday tarmoqlarga bo’linadi?
-
Amaliy geografiyada qanday tadqiqot usullari qo’llanadi?
-
Tizimlli yondashuv deganda nimani tushunasiz?
Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi.1. 1-mavzu, 3-8-betlar.2. 1-2-3 -rasmlarni o’rganish.3.Savol- javob. 4.Geografik nomlarni o’rganish.
Darsni yakunlash: O`quvchilarni baholash, baholarni izoxlash.
Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri: _____________D.Rustamova
Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva
2- dars reja
Fan: Amaliy geografiya
Mavzu: Amaliy geografik tadqiqotlar.
Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206
Dars turi: Nazariy
Dars tipi: O`quv materialini mazmunini yorituvchi dars.
O`quv maqsadi:
1.Amaliy geografik tadqiqotlar haqida tushuncha, uning ishlab chiqarish faoliyatining ko’plab sohalarida ishtirok etishini va agrogeografik, muhandis- geografik , tibbiy- geografik, rekreatsiya, kartografik,rayon planirovkasi, demografik va boshqa yo’nalishlarini o’rganish.
2.O`quvchilarda amaliy geografik bilimlarni shakllantirish.
Kutiladigan natijalar:1Amaliy geografik tadqiqotlar ,yer kadastri, va uning ahamiyati haqida ma’lumotlarni o’rganish.
Mashg`ulotning texnologik xaritasi.
Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-80
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Dars mazmuni
|
Metod
|
Vosita
|
Tashkil qism
|
5
|
Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish
|
Savol- javob
|
|
Motivatsiya
O`tilgan mavzuni so`rash va baholash
|
10
20
|
.Amaliy geografiya fani haqida tushuncha uning predmeti, maqsadi va vazifalariboshqa fanlar bilan aloqasi,tadqiqot usullari, va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni i o’quvchilarga ma’ruza sifatida beriladi.
1.Amaliy geografiya nima bilan shug’ullanadi?.
2.Amaliy geografiyaning maqsadi nimalardan iborat?
3Geografiya qanday tarmoqlarga bo’linadi?.
4.Amaliy geografiyaning vazifalarini darslikdan o’qib daftaringizga ko’chirib yozing.
|
Savol-javob. Suhbat metodlaridan foydalanish.
|
Tuproq.
Globus-G-7
Kodoskop-A-10.Slayd.
Globus- G-7
Dunyo siyosiy xaritasi.
Tarqatma materiallar.
kitob,doska
|
Yangi mavzu bayoni
|
25
|
Amaliy geografik tadqiqotlar bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi..
1.Agrogeografik tadqiqotlar va yer kadastri.
2.Muhandis -geografik tadqiqotlar.
.3. Tibbiy geografik tadqiqotlar.
4.Qishloq xo’jalik yerlari qanday qismlardan iborat.
5.Yer kadastri nima?
|
Kichik guruhlarda ishlash. Savol- javob metodlaridan.Yozma metodlardan foydalanish. Venn diogrammasi, qor uyumi
|
Kompyuter, A -1
Globus G-7
Dunyo siyosiy xaritasi.
Yerning ichki tuzilishi maketi.
doska kitob
|
Mustahkam
lash
|
15
|
Mavzu asosida savol – javob qilinadi.
1.Tuproq bonitrovkasinima?
2.Tuproq unumdorligini pasaytiradigan omillarni aniqlang.
3.O”zbekistonda bonitrovka asosini nima tashkil qiladi?
4.Muhandislik geografiyasi nimani o’rganadi?
5.Tibbiy geografiya nimani o’rgatadi?
|
Savol- javob.Aqliy hujum. Suhbat.
|
Vuiqon maketi Yerning ichki tuzilishi maketi
Globus.
Dunyo siyosiy xaritasi.
doska kitob
|
Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar
|
5
|
O’quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 2-mavzu. 12-15, 15-17-18 betlar.2. 4-5-rasmlarni o’rganish.3.Savol- javob.4.Geografik atamalr lug’ati.
|
Ma’ruza
Muhokama
Eslatma
|
O`quv jurnali, kitob
|
Yangi mavzu bayoni. Agrogeografik ( “agro” – yunoncha so’z bo’lib, dala m,a’nosini bildiradi ) tadqiqotlar natijasida yer resuslari qishloq xo’jalik maqsadlari nuyqtai nazaridan baholanadi. Aghrogeografik tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar asosida harbir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq chora tadbirlari ishlab chiqildi.
Qishloq hujalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo’z yerlar, ko’p yillik darahtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq hujalik ekinlarini joylashtirishda relef va uni tashkil qilgan yotqiziqlar muhim ahamyatga ega. Joynning relyefi hudutning tuproq, grunt suvlari va yer usti suvlari me’yorini, o’simlik qoplami va iqlim hususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy releyfiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan daryolarening ( Sirdaryo, Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k. ) yuqori terrassalari sug’oriladigan yerlardan iborat bo’lib, ularda paxta, g’alla, yem-hashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi terraslarida ( I – II ) sholi va boshqa suvni ko’p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o’rtacha balandlikda tog’larning yon bag’irlarida lalmi ekinlar, choi’llarda va tog\’ yonbag’irlarida yaylov va pichanzorlar joylashgan.
Shunga ko’ra o’zbekistondagi yerlar terrassali, deltali, yoyilmali, adirli, yonbag’rli yerlarga ajratilishi mumkin.
Ma’lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hudutda yer resurslari muntazam ravishda o’tqazilgan ko’zatishlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlarning jamlanmasi kadastir deb ataladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o’rmon va boshqalar bo’yicha ham tuzilishi mumkin.
Davlatr yer kadaqstri quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: yerning kimga qarashli ekanligini;uning mioqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari.
Yer kadastri mamlakat bo’yicha yagona tizimga ega bo’lib, unda yerning aniq maydoni va sifatik, tabiiy, xo’jalik va huquqiy holoti to’g’risida to’liq ma’lumot bo’ladi. Yer kadstri asosini tuproq bonitirofkasi tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deyiladi. Tuproq bonitrovkasi hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balik shkala asosida amalgam oshiriladi.
O’zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektarga 40 sentner hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. O’zbekistonda eroziyaga uchramagan tipik va bo’z tuproqlar yuqori bonitetga (80-100ball), deltalardagi (40-60 ball)kuchli sho’rlangan, sug’oriladigan, toshloq, taqirli va gilli tuproqlar past banitetga (10-30ball), ega.
Sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi tuproq unimdorligini pasayib ketadi. Yer opsti suvlari sathi ko’tarilib ketgan joylarda tuproqning sho’rlanishi kuzatiladi. Sho’rlanishning oldini olish uchun quritish melioratsiyasi amalgam oshiriladi buning uchun zovurlar qaziladi. Masalan, Mirzacho’l, Qarshi cho’llarida yerlarning zaxini qochirish uchun zovurlar 2,5 – 3,5 m chuqurlikda qaziladi. Bu esa ikki zo0vur oralig’ida yer osti suvlarining chuqurligi 2-3 m bo’lishini ta’minlaydi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqur bo’lsa, bug’lanish shuncha kam bo’ladi va tuproq sho’rlanmaydi.
Yer osti suvlarining sathi yer yuzasiga juda yaqin joylashgan hududlarda tuproqning sho’r;anishi juda kuchli bo’ladi.
Shamol erroziyasining oldini olish uchun, sshamolning yo’nalishiga kop’ndalang tarzda ixota daraxtlari tashkil qilinadi. Ihota daraxtzorlari shamolning kuchini kamaytiradi va tuproqdaqgi namni uzoqroq ushlab turishga imkon beradi.
Sug’orish jaraytonida nishab yerlar suv erroziyasiga uchraydi. Bunday erroziya sug’oriosh (irrigatsiya) eroziyasi deb ataladi. Sug’orish erroziyasining oldinio olish uchun nishab yerlarni haydash va sug’orishni ko’ndalangiga amalgam oshir4ish lozim. Bunda suv nishab joylarda tuproqni o’yib ketmaydi va bir tekisda oqadi.
Muhandislik- geografik tadiqotlar. Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish muammolari bilan shug’ullanadi. Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalgam oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Muhandis geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gedrotexnik inshoatlarni ( kanallar, to’g’onlar, suv omborlari va hokazo), yo’llarni loyihalashda, foydali qazilma korxonalarini qidirishda olib boriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda o’tqaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida maxsulot ishlab chiqarishi va atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joining tibbiy geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi(geologic tuzilishi, aholisi, xo’jaligi)sanoat korxonalari chiqindilarni ko’proq chiqaradigan bo’lsa. (ko’mir asosida ishlaydigan issiqlik elektro stansiyalari, sement, kimyo zavodlari) ularning aholi manzilgohlaridan olisda, shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro viloyati Qorovulbozor neftini qayta ishlash zavodi, qashqadaryo viloyatidagi Shortang gaini qayta ishlash zavodi cho’lda, ya’ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha loisda joylashgan, shuning uchun ularning tabiat va insonga ta’siri kam.
Gidrotexnik inshoatlarini loyihalashda muhandis –geografik tadqiqotlar olib borishda quydagilarga e’tibor beriladi: suv inshoati va tabiy muhit ta’sirining asosiy qirralari, suvning kirish-chiqishi, sho’rlanganlik darajasi, loyiqaligi, bug’lanishi, to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlarning yemirilish, suvning yemirilisxhi va suv inshoatlarni8ng samarradorligi, botqoqlanish, tuz to’planishi, o’simlik va tuproq qoplamining o’zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush hodisalarninbg oldini olish bo’yich choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyiqa bo’lganligi(1 kub m da 3500g loyiqa bor) sababli, undan suv olinadigan Amu- Buxoro, Qarshi, Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda, “ o’tirib ” qoladigan loyiqa nasoslar yordamida qirg’oqqa chiqarilib tashlanadi.
Yo’l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relfning tahliliga yo’naltirilgan bo’ladi. Chunki ko’p hollarda loyihalanayotgan yo’lning yo’nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyf sharoitini belgilab beradi. Shuning uchun yo’llarni loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog’ jinslaridan tashkil topganligi, mut loq balandligi9 birinchi navbatda tahlil qilinadi. Avtomobil yo’llarining qiyaligi 12-15 C dan oshmasligi zarur.
Baland va qiyaligi yuqori bo’lgan joylarda yo’llar yer osti tunnellari orqali o’tkaziladi. Masalan, Toshkent – Andijon avtomobil yo’lining Kamchiq davonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan. Bundan tashqari, yo’llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko’chkiulari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi. Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muxandis – geigrafik tadqiqotlar ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalishdsa kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy – geografik sharoiti o’rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo’nalishda foydali qazilma konini qazib olish jarayonida atrof – muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bashorat qilinadi ( relief, tuproq, o’simlik, iqlim, ichki suvlar, qishloq xo’jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k. ).
Tabiiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadi.
Hozirgi paytda tabiiy – geografik tadqiqotlar ikita yirik yo’nali9shda olib borilmoqdi. Birinchi yo’nalishda atrof – muhitning aholi salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo’nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy yo’nalishlari aniqlanadi.
Atrof – muhitning tozaligi ko’p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof – muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol ( atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi ), sellar, qureg’oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chirigirtka bosishi va h.k. kiradi. Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’sirida atrof – muhit ( zavodlar, fabrikalar, metalurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektro stansityalari, transport kabilar ) ko’proq ifloslanadi.
Atrof – muhitning og’ir metalur bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli salbviy ta’sir etadi. Masalan, qurg’oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi simob ko’proq jigar va buyrakda to’planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o’pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaxarlanadi, ulardan tahminan 15-20 ming kishi hayotdan ko’z yumadi. Avtomobilardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioktiv moddalar o’pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortibv ketishi organizmda kislorod yetishmovchiliogiga sabab bo’ladi hamda asab va yurak - qon toomir tizimlarini ishdan chiqaradi.
Har bir hududning mahalliy tabiiy geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miqdori, havo basimi, harorat va namlikning o’zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog’liq turli asoratlar paydo qiladi.
Atmosferadagi kislorod miqdorininmg ortishi giportoniya kirizlari va miya insultlarining ko’payishiga olib keladi. Kislorod miqdorining ortishi asosan qishda kuzatiladi. Tog’larda balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm sinob ustunuga kamayadi va inson organizmiga tushadigan og’irlik bosimi ortadi.
Havoda namlik qanchalik yuqori bo’lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta’sir etadi. Nisbiy namlik 50 %, havo harorati 16-18 C bo’lishi inson organizmi uchun qulay sharoit hisoblanadi.havo harorati 24 C, nisbiy namlik 44-60 %, shamol tezligi sekundiga 0,7-1 m bo’lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi.
Suvda, tuproqda va ba’zi mahsulotlarda yod elementining yetuishmasligi buqoq kasalligina keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |