Berlin Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn])[] Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan



Download 16,79 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi16,79 Kb.
#282916
1   2   3
Bog'liq
Potaxtlar

ISTANBUL

Istanbul — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining maʼmuriy markazi. Aholisi 6 536 862 kishi (2011-yil oʻrtalari). I. Marmardengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻgʻoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm[3]. Turkiyada quyosh botishi juda chiroyli bõladi.



SEUL

Seul — Koreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi—6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). Seul avanporti — Inchxon bilan birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy rayonni tashkil etadi.

Seul ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-asr oxirigacha kichikroq savdo shaxri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), Seul — Koreya poytaxti. 1592—93 yillarda Seulni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905 yildan Seul Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910 yildan generalgubernatorining, 1948 yildan Janubiy Koreya xukumati bosh qarorgohi.

Seul — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon shahri bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (19-asr oxirigacha S. baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. S. — mamlakatning madaniy markazi: Davlat universiteti (1946), xususiy universitetlar, institutlar, teatr va xoreografiya institutlari, Milliy fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988 yilda Seulda 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.



DEHLI

Dehli — Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 11,7 mln. kishi (2007). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. D.da iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 31°, yanvar niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.Hoz. D. qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-asrning 1-yarmida barpo etilgan. 1206 yildan Dehli sultonligining , 1526 yildan Boburiylar saltanatining poytaxti (D. shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar boʻlgan). 1803 yilda D.ni inglizlar bosib oldi. 1857—59 yillarda shahar hind milliy qoʻzgʻolonining muhim markazlaridan biri boʻlgan. 1911 yildan Britaniya Hindistonining poytaxti, oʻsha yildan D.ning jan.-gʻarbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947 yildan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950 yildan Hindiston Respublikasi poytaxti.



Moskva

Moskva (ruscha: Москва) — Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod.



Moskva toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147 yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156 yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya daryosining

RIM

Rim — Italiya davlatining poytaxti. Rim provinsiyasi va Latsio viloyatining maʼmuriy markazi. RIMning gʻarbiy qismida Vatikan shahardavlati joylashgan. RIM — dunyoda eng qadimiy va tarixiy hamda madaniy yodgorliklarga boy shaharlardan boʻlib, "mangu shahar" nomini olgan. Shahar vulkanik kelib chiqqan sertepa tekislikda, Tibr daryosining har ikki sohilida, uning Tirren dengiziga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi Oʻrta dengizga xos iqlim, yanvarning oʻrtacha harorati 6,8°, iyul oyida 26°. Yillik yogʻin 500 mm dan ziyod (asosan, kuzda yogʻadi). Qishda sovuq tramontana, yozda quruq va issiq sirokko shamollari esadi. Rim — Italiyaning aholisi eng koʻp shahri, 2,4 mln. kishi (2001). 19-asrgacha aholisi sekin koʻpaygan, 1871 - yilda RIM Italiya qirolligi poytaxti deb eʼlon qilingach, aholisi tez surʼatlarda oʻsdi.
Download 16,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish