4.3. Qoziqli poydevorning asosiy o‘lchamlarini tayinlash
4.2-band ma’lumotlarga muvofiq past rostverkli poydevor qabul qilinmoqda.
[13] ning 3.19-bandiga va [15] ning 2.7-bandiga muvofiq B 20 va Rb = 10,5 MPa bo‘lgan og‘ir beton qabul qilinmoqda.
Qoziqli past rostverk uchun seysmiklik 9 ball bo‘lganda ko‘ndalang kesimi 35 × 35 sm bo‘lgan sidra yaxlit kvadrat kesimli temirbeton qoziqlar qabul qilindi. Qoziqning dastlabki uzunligini muhandis-geologik shart-sharoitlarini e’tiborga olgan holda rostverk tovonidan hisoblanganda 6.5 m chuqurlikka, qayerdaki grunt IL = 0.2 bo‘lgan qumli loy qatlamgacha belgilandi.
Hisobiy sxemaga muvofiq (4.1-rasm) qoziqning pastki uchi uni botirishda gruntning 2-qatlamiga 1,8 m chuqurlikkacha kirib boradi, u holda [13, 7.10-b.] va [13, 11.10-b.] ga ko‘ra qoziqning dastlabki uzunligi:
L = ∑ hi + 0,5 ∙ u, m,
L = 7 m.
Uzunligi 9 m bo‘lgan qoziqlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |