2.2.IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING HOZIRGI KUNDAGI MAVQEI
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi bilan e’tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so`z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908-yil deyiladi. Umumiy holda, hozirgi kunda Ijtimoiy psixologiya predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda xamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, goyalar, his-tuygular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan urnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo`ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish Ijtimoiy psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika birinchi Prezidenti I.A. Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakaviy kadrlarni tayorlashda Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo`lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayor bo’lmogi, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamogi zarur. Boshqaruv, marketing va menejment sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi-jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo’lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, Ijtimoiy psixologiya va umuman, ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar moxiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.11
Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga aloqador psixik xodisalarni o’rgangani uchun ham bevosita davrga bog’liqdir. Shuning uchun ham Taniqli fransuz olimi Serj Maskovisi: "Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi", deb yozgan edi. Demak, fan sifatida Ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi. Ayniqsa, hozirgi jumxuriyatimiz mustaqil bo`lib, jamiyatimizda keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berayotgan pallada ijtimoiy-psixologik darajada hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar har kachongidan ham muhim bo`lib turibdi. Bugungi kunimizda Ijtimoiy psixologiya uchun muhim - dolzarb bo’lmagan muammoning o’zi yo’qligini isbot qilinmoqda. Bu narsa ishlab chiqarishni boshqarishga ham, yangicha bozor iqtisodieti sharoitida odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ular tafakkurini, tasavvurlarini o’zgarishiga ham, yangi insonni tarbiyalash sohasiga ham taalluqlidir.
Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, uning bahs mavzuini o`z ichiga olgan sohalar yoki ob’ektlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.
1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlariga odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o’rganish, kichik guruhlarning psixologik to’zilishi, ularga ro’y beradigan dinamik jarayonlar (uyushkoklik, o’zaro moslik va xoka’zolar); guruhlardagi peshkadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm xodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o’rtasida o’zaro muloqot, o’zaro bir biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga urgatish ham guruhlar Ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o’rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish Ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o’rganish. Shaxs ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo’nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo’shilish omillari - sotsiallashuvi; shaxsning o`z-o’ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o’rganiladi.
3. Ommaviy ijtimoiy psixologik xodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy xodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o’zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, akidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o’zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy xodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati benixoyat kattadir.
4. Oila-Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikoxdagi o’zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o’rganiladi.
5. Ijtimoiy tasavurlar Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ektidir. 12
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o’rtasidagi o’ziga xos psixologik ko’prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir. Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar, din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar; fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar; shaxsni bevosita urab turgan ijtimoiy muxit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari, etika haqidagi tasavvurlar; madaniyat va madaniy kadriyatlar; nixoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi. Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.
Ijtimoiy tasavvurlarni o’rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o’zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki obrazlar tarzida talkin yotgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning ijtimoiy tabiati, ularning hayotdagi o’rni, ahamiyati, to’zilishi va o’zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o’ziga xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy metodlar yerdamida fransuzlarning shahar haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi tasavvurlarini tadkik qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yo’nalishi doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar. O’zbek etnopsixologlari ham O’zbek halqining ijtimoiy tasavvurlari haqida konsepsiya yaratishlari zarur.
Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda Ijtimoiy psixologiya o’zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan xamkorlikda keskin o’zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o’zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Men ushbu metodikani olishimdan maqsad hozirgi zamonamiz insonlardagi ijtimoiy-psixologik holat qanday ekanligini o’rganish bo’ldi. Buning eng maqbul ko’rinishi “ Nizolashuvchanlik” ni o’rganish edi. 18-20 yosh oralig'idagi 79 ta respondent yoshlarimizdan 8 ta savol oldim. Metodika natijasiga ko’ra, 79 ta respondentdan 39 tasi nizolashuvchanroq, 20 tasi tortishuvdan nafas oladigan insonlar, 20 tasi tinchliksevarlar ekanligi aniqlandi. Xo’sh, nega bunday?
Qo’shnilarimizda o’tkazilgan tadqiqotlar biznikining teskari chiqayotganligi qiziq holat. Sabab, bizlarning qadimdan o’troq tarzda hayot kechirganimiz, qo’shnilarimizning ko’chmanchi xalq bo’lganligimikan. Menimcha, sabab bolaligimizda uqtiriladigan stereotiplar bunga sabab bo’ladi. “Bildim” deding tutilding, “ Bilmadim” deding qutulding maqoli bunga yorqin misol.
Mas’uliyatni o’z bo’yniga olish doim bizda , jamiyatimizda qoralanib kelganligi sababli, shu holga kelib qolganmiz chog’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |