Kunxo‘ja Ibrayim o‘g‘li
Kunxo‘ja Ibrayim o‘g‘li (1799-1880-yillar) - qoraqalpoqlarning Xorazmga kelib o‘troqlashganidan keyingi birinchi shoiri, baxshisi, xalq dardini kuylovchi mumtoz shoiri hisoblanadi. Kunxo‘janing tarjimayi holi haqidagi ma’lumotlar uning "Yochimadım", "Jaylovim" she’rlarida keltiriladi. Shoir yashagan Qoraqalpog‘istonning orqa tomoni, Taxtako‘pir tumani hududi Orol dengizi bo‘ylari, Teris to‘be, Uzun qayir, Erjan otov, Toqtas Mantiq bo‘ylarida bo‘lgan. Kunxo‘ja dastlab Mo‘ynoqda Yangidaryo bo‘yidagi maktab-masjidda o‘qib savod chiqargandan, so‘ng Qoraqum eshon madrasasida o‘z bilimini oshiradi. Keyin o‘zining qishlog‘ida ustozlik qilib bolalarni o‘qitadi, maktab ochadi. Kunxo‘ja qozoq xalqining orasiga borib, Aqto‘be atrofidagi qishloqlarda maktab ochib qozoq bolalarini o‘qitgan, qozoq xalqi orasida ma’rifatparvarlik ishlarini olib borgan. Kunxo‘ja Xorazmda, turkman xalqi orasida, qizil o‘rda xalqi orasida bo‘lib ko‘p joylarni, ellarni ko‘radi, ilm o‘rgatishga alohida e’tibor qaratadi. Shoir "Unutmasman", "Tuya ekansan», «Yaylovim», «O‘lim», «Armonda», «Qachon ko‘rarman?». «Kun qayda?», «Shodlanib maqsadli joyga borolmay», «Bo‘larmikan», «Mening bo‘lam», «Bolam o‘lganda», «Yalchimadim», «Nima bo‘ldim?», «Sazan-ovi», «Yorim qol endi», «Chag‘alayli ko‘lday mavjlanmay», «Qizil qum», «Kim bilar», «Ko‘rinmay» she’rlarini yo‘zadi. Kunxo‘ja zamon qiyinchiliklaridan qiynalish, og‘ir azob chekishlar haqida bir qancha she’rlarini yozib, bularning barchasi xonlik, podsholik boshqaruv tizimlaridan ekanligini uqtiradi. Umuman, Kunxo‘ja qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati uchun ahamiyatga molik asarlar yaratdi.
|
Ibroyim Yusupov
Ibroyım Yusupov (1929-2008-yillar) - xalqimizning atoqli shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, ajoyib so‘z san’atkori, qoraqalpoq poeziyasining boyteragi.
U Chimboyning Ozod qishlog‘ida Yusuf Oxun oilasida dunyoga keladi.
I.Yusupov 1942-1944-yillarda kolxoz tabelchisi, 1945-1949-yillari Nukus pedagogika instituti talabasi, 1949-1961-yillarla esa ushbu institutda adabiyot fani o‘qituvchisi, 1961-1962-yillari «Amudaryo» jurnali redaktori, 1962-1965-yillari Ilmiy xodim, 1965-1980-yillari Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi raisi, 1980-1988-yillarda «Sovet Qoraqalpog‘istoni» gazetasi bosh redaktori, 1988-1994-yillari Tinchlik komiteti boshlig‘i, 1994-yil Madaniyat va ma’rifat jamoatchilik markazi boshlig‘i kabi xizmat yo‘llarini bosib o‘tdi. Shoirning ijodi rus, o‘zbek va boshqa tillarga she’riy to‘plam va alohida asar shaklida e’lon qilindi. Uning tarjimasida qoraqalpoq tilida dunyo klassiklarining (Pushkin, Bayron, Gyote, Geyne, Shekspir, Lermontov, Shevchenko, Mayakovskiy) turkiy xalqlar shoirlari (Maxtumquli, To‘qay, Burgun, Karim, Zulfiya)larning ayrim she’rlari, kitoblari, asarlari dunyo yuzini ko‘rdi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qori Kengeslarida deputat, bir nechta orden, unvonlar bilan taqdirlangan. I.Yusupov XX asr qoraqalpoq adabiyotining eng ko‘zga ko‘ringan so‘z ustalaridan biri.
2008-yil 24-iyul kuni qoraqalpoq adabiyoti o‘zining I.Yusupov kabi bir shoiridan judo bo‘ldi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |