Kukunli birikmalar yonayotgan gazlar, engil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo`lgan elektr uskunalarini o`chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko`proq qo`llanilmoqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir.
Metalloorganik birikmalarni o`chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismini freon (114 B2) bilan tindirilgan selikogen zarrachalari tashkil etadi. Yong`inga tushgach kukun zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta'sir qiluvchi freon ajralib chiqadi.
Ko`pik yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kirishidan to`sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovutadi. Ko`pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi. U paydo bo`lishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mexanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mexanik va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo`ladigan kimyoviy ko`pik.
Do'stlaringiz bilan baham: |