Oldini olish tadbirlari. Turar joyingiz yaqinida radiatsiyaviy xavfli ob’ektlar mavjudligini aniqlang hamda ular tyagrisida yanada to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo‘ling. Sizni qiziqtirayotgan radiatsiyaviy xavli ob’ektdagi avariyalar vaqtida aholini ogohlantirishning usul va vostalari haqida favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlaridan surishtirib biling va tegishli uskunalarning sozligiga ishonch hosil qiling.
Radiatsiyaviy avariya vaqtida sizning xarakat tartibingiz to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqing.
Avariya paytida qo‘llaniladigan zarur vositalar zaxiralarini (germetiklash materiallari, yod preparatlari, oziq-ovqat, suv va h.k.) to‘plang.
Radiatsiyaviy avariya tug‘risida ogohlantirish berilganda qanday xarakat qilish lozimǵ Kuchada bo‘lgan vaqtingizda nafas yo‘llaringizni dastro‘mol (sharf) bilan muhofaza qiling va binoda berkinishga shoshiling. Panajoyga o‘tganingizdan so‘ng va oyoq kiyimlaringizni echib, plastik paketga joylang va dush qabul qiling. Deraza va eshiklarni yoping. Avariya tug‘risida ilova ma’lumotlar va mahalliy ma’muriyatlar topshiriqlarini olish uchun televizor va radiopryomniklarni ishlatib qo‘ying. SHamollatish tuynuklari va derazalardagi yoriqlarni germetik zich yoping va zarurat bo‘lmasa ularga yaqinlashmang. Germetik sig‘imlarda suv zaxiralarini to‘plang. Ochiq qolgan mahsulotlarni polietilen plyonkalarga o‘rab muzlatgich (shkaf) ga joylab qo‘ying.
Nafas yo‘llaringizni muhofaza qilish uchun resperator, paxta-dokali bog‘lam yoki filtrlash xususiyatini oshirish maqsadida suvda namlangan matolardan tayyorlangan qo‘lbola muhofaza vositalaridan foydalaning.
Ommoviy axborot vositalaridan zarur ko‘rsatmalarni olgach, yod profilaktikasini o‘tkazing. Bunda u kun mobaynida yodli kaliy tabletkasidan bittadan (0,125 g) ichib turing. 2 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar uchun esa tabletkaning ¼ qismi (0,04 g) beriladi. Yodli kaliy bo‘lmagan taqdirda yodli eritmadan foydalaning. Bunda kattalar uchun 1 stakan suvga q-5 tomchi 5 foizli yod eritmasi, bolalar uchun esa 1-2 tomchi aralashtiriladi.
Radioaktiv ifloslangan joyda qanday xarakat qilish lozimǵ Organizmga raioaktiv moddalar ta’sirining oldini olish yoki ta’sirni kuchsizlantirish uchun:
- binodan faqatgina zarurat tug‘ilganda, qisqa vaqtta, raspirator, plashch, rezina etik va qo‘lqop kiygan holda chiqing;
- ochiq joyda echinmang, erga o‘tirmang va chekmang, ochiq suv havzalarida cho‘milishdan va o‘rmon qo‘ziqorinlari, mevalarini terishdan saqlaning;
- uyingiz atrofidagi xududga vaqt-vaqti bilan suv sepib turing, bino ichini esa yuvish vositalari yordamida har kuni tozalang;
- binoga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni yuving, ustki kiyimingizni qoqib, namlangan cho‘tka bilan tozalang;
- suvni faqat tekshirilgan joylardan olib iching, faqat magazinlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiling;
- ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yaxshilab yuving va og‘zingizni 0,5 foizli ichimlik sodasi eritmasi bilan chaying.
Ushbu tavsiyalarga amal qilish, nurlanish kasalligining oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |