Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 5 bo‘lim va 28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol – mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munossabatlarni tartibga solishdan iborat.
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 bo‘lim va q1 moddadan iborat. Ushbu konunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonuning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |