Kimyoviy avariyadan keyin qanday harakat qilish lozimǵ AKXM dan zaharlanishda barcha jismoniy ishlarni chetga surib, ko‘p miqdorda ichimlik (choy, sut) iching va zudlik bilan vrachga murojaat qiling. Binoga kirish uchun faqatgina unda AKXMning mavjudligi borisida nazorat tekshiruvi o‘tkizilgandan so‘ngina ruxsat beriladi. Agar siz AKXMning bevosita ta’siriga tushib qolgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda dush qabul qiling. Kiyim-kechaklarni yuving, yuvishning iloji bo‘lmasa tashlab yuboring. Xonalarni tez-tez nam lattada tozalab turing. Suv quvurlari (quduqlardagi suvdan ichmang, tomorka ekinlari va mevalari, avariyadan keyin syayilgan chorva mollari va qushlar go‘shtlarini to ularning xavfsiz ekanligi rasman aniqlanmagunicha iste’mol qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |