Ogohlantirish choralari. Ko‘chki yuz berishi ehtimoli bo‘lgan joylar va ularning taxminiy chegarasi to‘g‘risida axborotni o‘rganib chiqing. Ko‘chki xavfi yuzaga kelishi to‘g‘risida xabar beruvchi «Diqqat barchaga!» signalini eslab qoling. Ushbu signal berilgan vaqtda amalga oshiriladigan harakatlar ketma – ketligini bilib oling. Binolar eshik va derazalarining qisilib qolishi, ko‘chkidan xavfli yonbag‘irlardan suvning chiqishi yuzaga kelayotgan ko‘chkining belgilari hisoblanadi. YAqinlashayotgan ko‘chki belgilari paydo bo‘lganda ko‘chki stansiyasining yaqin oradagi maskaniga xabar bering, u erdan beriladigan axborotni kuting va sharoitga qarab ish tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |