Berdaq nomidagi


Sog‘liqni saqlash va umumiy ovqatlanish xonalari



Download 9,39 Mb.
bet21/296
Sana10.02.2022
Hajmi9,39 Mb.
#440151
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296
Bog'liq
2 5377406561918390717

Sog‘liqni saqlash va umumiy ovqatlanish xonalari. Korxonalarda loyihalash davrida sog‘lomlashtirish va tibbiyot postlari, ayollarning shaxsiy gigienasi uchun alohida xonalar, bug‘xona, dushxona, shuningdek ish vaqtida dam olish va ruxiy charchashni kamaytiradigan xonalar hisobga olinishi zarur. Tibbiyot punktlari QMQ 2.09.04-87 qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan, agar korxonada ro‘yxat bo‘yicha ishlovchilarning soni 50 dan 150 kishigacha bo‘lsa, uning maydoni 12 m2 ga, agar ishlovchilarning soni 151 dan 300 kishigacha bo‘lsa, 18 m2 ga teng qilib olinadi.
Ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, hojatxonalarning ichida joylashtiriladi. O‘rnatiladigan jihozlarning soni 75 kishiga bitta hisobidan olinadi. Bug‘li hammomlarning katta-kichikligi korxona kasaba uyushmasining maslahati bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qo‘lga o‘tadigan titrash bilan bog‘liq bo‘lsa, korxonada qo‘l vannalari hisobga olinadi. Ularni ishlab chiqarish xonalarida joylashtiriladi, agar ulardan foydalanuvchilar soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa, qo‘l vannalari yuvinadigan yoki alohida xonalarga o‘rnatiladi. Vannalarning soni 3 kishiga bigga hisobidan olinadi. Ular uchun ajratilgan xonalarning yuzi 1,5 m2 bitta vanna uchun deb olinadi. Ishlab chiqarish jarayonida odam oyoqda uzoq vaqg ishlasa yoki uning oyoqlariga titrashlar ta’sir qilsa, u holda korxonada oyoq vannalarini (oyoqqa suvli massaj beradigan qurilma) o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Ularni yuvinish yoki echinish-kiyinish xonalarida joylashtiriladi.
Ish vaqgida dam olish va ruhiy charchashni kamaytirish xonalari uy kiyimlarini echib saqlaydigan va sog‘lomlashtirish punktlari xonalarida joylashtiriladi. Xonalarning maydonlari quyidagicha hisobga olinadi (m2/odam): bug‘li hammom uchun — 0,7; ingalyasiya uchun — 1,8; fotoriya — 1,5; ish vaqtida dam olish, ruhiy charchashni kamaytirish va jismoniy mashg‘ulot xonalari — 0,9.
Ishlab chiqarish korxonalarida umumiy ovkatlanish joylari hisobga olinadi, ular hamma ishlovchilarni umumiy, parhez ovqatlar, shuningdek maxsus binolar bo‘yicha sog‘lomlashtiruvchi ovqatlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Agar korxonada bir ish smenasida 200 dan ortiq ishchi ishlasa umumiy ovqatlanish joyi, o‘ndan kam ishchi ishlasa ovqat tarqatish yoki bufet xonasi hisobga olinadi.
YOrdamchi (sanitariya-maishiy) xonalar QMQ-P-92-76 qurilish me’yorlari va qoida talablariga mos kelishi kerak. Hamma sanitariya-maishiy xonalari umumiy va maxsus xonalarga bo‘linadi. Umumiy xonalarga quyidagilar kiradi: kiyim echib-kiyinadigan, hojatxonalar, yuvinish xonalari, dam olish va ichimlik suv bilan ta’minlash qurilmalari. Maxsus xonalar — bular chekish xonalari, fotoriya, reshirator, yuvinish, shuningdek ayollar shaxsiy gigiena xonalari, kir yuvish xonalari, kiyimlarni kimyoviy tozalash, quritish, changdan tozalash, yog‘lardan tozalash va ish kiyimlarini ta’mirlash ishchilar sonini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
Maishiy xonalar va qurilmalar uchun sanitariya me’yorlari quyidagicha (SM 245-71): maishiy xonalarning balandligi 2,5 m, kiyim echadigan va kiyadigan xonalardagi shkaflarning balandligi 1,8 m, yopiq shkaflarning o‘lchami 0,25x0,5 m, ikki tavaqali shkaflarning o‘lchami 0,5x0,33x1,8 m, ochiq holda sakdanadigan kiyim ilgichning balandligi 1,65 m, ilmoqlarning soni 1 m ga 5 ta, o‘rindiqning eni bir joyga 0,6 m, yuvinadigan xonalardagi kran-almashtirgichlarning soni 25 ishlovchiga va kranlar 15 ishlovchiga bitta hisobidan o‘rnatiladi, yuvindiqliklar oralig‘idagi masofa 0,6 m, dush o‘rinlari 8 ta ishlovchiga bitga hisobidan olinadi, dush xonasining o‘lchami 0,9 x 0,9 m. Hojatxonalar binolar ichida ish joyidan 75 metrdan va territoriyada binodan 150 metrdan uzoq bo‘lmagan holda joylashtiriladi. Unitazlarning soni 15 ta ayolga yoki 30 ta erkakka bitta hisobidan o‘rnatiladi. Smenada ishlovchilarning sonini hisobga olgan holda 10 kishiga (ayol va erkaklarga) bitta hojatxona tashkil qilishga ruxsat beriladi.
Ish vaqtida dam olish xonalari 1 kishiga 0,2 m2 hisobidan olinadi, faqat umumiy maydoni 18 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ichimlik suvlarni tashkil qilish sanitariya-gigiena tomonidan juda katta ahamiyatga ega. Suv ichishda otilib turadigan suv jo‘mraklardan foydalanish unumli hisoblanadi, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq suv quvurlariga ulanadi. Og‘ir mehnat sharoitlarida suvni qisman sho‘rlantirish va gazlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ichimlik suvning harorati 8° dan past va 20° dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Bir smenada bir ishlovchiga 2 dan 5 l gacha suvning sarf bo‘lish miqdori belgilanadi, shuningdek u iqlim sharoitiga va mehnatning turiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Korxonadagi ish sharoitlari odamning badanini kirlanib ketishiga olib kelsa, unda, albatta, dushxonalar tashkil qilingan bo‘lishi lozim. Agar smenada 15 tadan ko‘p ayol ishlasa, ularga shaxsiy gigiena xonasi tashkil qilinadi. Bu xona ayollar hojatxonasi yonida joylashgan bo‘lib, har bir ayolga 0,2 m2 hisobida tashkil qilinib, umumiy maydoni 4 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Hamma sanitariya-maishiy xonalari har kuni tozalanishi, yuvilishi, har doim shamollatib turilishi, vaqt-vaqtida dezinfeksiyalanishi zarur.
Sanitariya va maishiy xonalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iy man etiladi. YAylovlarda, yozgi oromgohlarda va podalar saqlanadigan joylardagi ishchilar qo‘zg‘aluvchi sanitariya-maishiy vagonchalar bilan ta’minlanadi.



Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish