Oldini olish tadbirlari. Qor ko‘chkisi tahdidi yuzaga kelgan sharoitda qor to‘planishi ustidan nazorat o‘rnatiladi, muhofaza inshootlari kuraladi, sun’iy ravishda qor ko‘chkisi yuzaga keltiriladi, qutqaruv vositalari tayyorlanadi va qutqaruv ishlari rejalashtiriladi.
Ob-havo qanday bo‘lmasin, nishabligi 30O dan ortiq tog‘ yonbag‘irlarini kesib o‘tish kerak emas, qor yoqqanidan so‘ng esa nishabligi 20O dan ortiq yonbag‘irlardan 2-3 kundan keyingina o‘tish mumkin.
Qor ko‘chkisi tushishi uchun bahor va yozda ertalabki soat 10 dan quyosh botgunga kadar bo‘lgan davr eng xavfli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |