Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 416.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2020
Hajmi416.66 Kb.

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA  MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 

UNIVERSITETI 

 

 



“Ijtimoiy-Iqtisodiyot” fakulteti 

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

 

L.X. Bektursinova



 

 

 

 

 

NUKUS-2016 

 

 

Mavzu: Pedogogik nazorat va ta’lim sifatini baholash 

 

Reja: 

 

Kirish 



Asosiy qism 

 

1.  Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 

2.  Baholash tartibi va mezonlari 

3.  Joriy baholash mеzonlari 

4.  Rеyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish 

tartibi 


Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                    



Kirish 

1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad 

ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, 

talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, 

ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 

2. Reyting tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

 

talabalarda Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va 



malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 

 

talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: 



Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va 

qulay shaklda baholashni ta`minlash; 

 

fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda 



o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; 

 

talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari 



va elektron manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish; 

 

talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida 



ma`lum qilish; 

 

talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini 



ta`minlash; 

 

o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga, ya`ni 



ma`lumotlar bazasini shakllantirishga sharoit yaratish. 

3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini baholab borish reyting nazorati jadvallari va 

baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 

4. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali har bir prof-o‘qituvchi tomonidan fan 

dasturi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nazorat turi, soni va ularni 

o‘tkazish muddatlari, baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqiladi. 

Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim 

vositalarining yangi avlodi va ta’limning so‘nggi turlari ko‘rinishida o‘z 

mohiyatiga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida 

foydalanilayotgan an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha o‘quv vositalari deb 

hisoblangan barcha multimedia o‘quv uslubiy elektron mahsulotlar shular 

jumlasidandir. O‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning imkoniyatlari va kiritilgan 

ma’lumotlar asosida turlarga ajratish mumkin. 

 

 

 


 

     

Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 

 

1.  Nazorat turlari, jumladan JN va ON larni o‘tkazish tartibi va mezonlari, fan 



o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqilgan reyting nazoratlari jadvali kafedra mudiri 

tavsiyasi bilan fakultet o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va 

tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan 

birgalikda ko‘rsariladi. 

2. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga 

ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari 

haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda dars olib boradigan 

professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarga e’lon qilinadi va ularning daftarlariga 

yozdirib qo‘yiladi. 

3. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim 

standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini 

o‘tkazish nazarda tutiladi: 

Joriy nazorat –talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma 

darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib 

chiqqan holda: 

 

seminar; 



 

laboratoriya; 

 

amaliy mashg‘ulot; 



 

test o‘tkazish; 

 

suhbat; 


 

nazorat ishi; 

 

kollokvium; 



 

uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkaziladi. 

JN lar soni fan bo‘yicha amaliy, sеminar, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun 

ajratilgan soatlar hajmidan kеlib chiqqan holda bеlgilanadi. 

 Oraliq nazorat-sеmеstr davomida o‘quv dasturining (tеgishli fanning bir nеcha 

mavzulvarini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan kеyin talabaning bilim va 

amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir 

sеmеtrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, tеst, 

prеzеntatsiya va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kеlib 

chiqqan holda kafеdra tomonidan bеlgilanadi; Masalan: sеmеst davomida haftasiga 

2 soatli fan bo‘yicha 1 ta oraliq nazorat, haftasiga 4 yoki 6 soatli fan bo‘yicha 2 ta 

oraliq nazorat bеlgilash maqsadga muvofiq. 



Yakuniy nazorat -sеmеstr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy 

ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. 

Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” 

shaklida o‘tkaziladi. Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining xususiyatlaridan 

kеlib chiqqan holda fakultеt Ilmiy kеngashi qarori bilan ko‘pi bilan umumkasbiy 

va ixtisoslik fanlarining 40 %dan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og‘zaki, 

tеst va hokazo) ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin. 

4. Oraliq nazoratlarni o‘tkazish jarayoni har bir kafеdra mudiri tomonidan tuzilgan 

komissiya ishtirokida doimiy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartibi 

buzilgan hollarda oraliq nazorat natijalari bеkor qilinishi mumkin. Bunday hollarda 

oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi. 

5. Univеrsitеt rеktorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi 

rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni 

doimiy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda 

yakuniy nazorat natijalari bеkor qilinadi. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta 

o‘tkaziladi. 

6. Rеyting jadvalida ko‘rsatilgan nazorat natijalarini kafеdra majlisida muxokama 

qilish va tеgishli qaror qabul qilib borish kafеdra mudiri zimmasiga yuklatiladi. 

7. O‘quv yili tugaganidan kеyin rеyting nazorati natijalariga ko‘ra talabalarni 

kеyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda qaror qabul qilinadi. 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                      

Baholash tartibi va mezonlari 

 

1. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning 



reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar 

orqali ifodalanadi. 

2. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 

100 ballik tizimda baholanadi. 

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 

kafedra tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarga taqsimlanadi: 

yakuniy nazoratga 30 ball; 

joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball. 

3. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, 

hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat 

attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot 

va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 

100 ballik tizimda baholanadi. 

4. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi 

mezonlar tavsiya etiladi: 

a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

 

xulosa va qaror qabul qilish; 



 

ijodiy fikrlay olish; 

 

mustaqil mushohada yurita olish; 



 

olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; 

 

mohiyatini tushunish; 



 

bilish, aytib berish; 

 

tasavvurga ega bo‘lish. 



b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

 

mustaqil mushohada yurita olish; 



 

olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; 

 

mohiyatini tushunish; 



 

bilish, aytib berish; 

 

tasavvurga ega bo‘lish. 



v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 

 

mohiyatini tushunish; 



 

bilish, aytib berish; 

 

tasavvurga ega bo‘lish. 



g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin: 

 

aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; 



 

javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik; 

 

bilmaslik. 



5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar 

bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va 

talabalarga yetkaziladi. 

6. Yakuniy nazoratlar uchun baholash mezonlari va topshiriqlari kafedralar 

tomonidan ishlab chiqilib, fakultetlar Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan 

tasdiqlanadi. 

7. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy 

nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan 

kelib chiqqan holda baholanadi. 

8. Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: 

 

bu yerda: 



V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);   

O‘- fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 

9. Fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan 

ballning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi. 

Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash bali 55 foizdan 

ortiq ball to‘plagan barcha talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga 

kiritiladi. 

Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‘yicha saralash balidan yuqori 

ball to‘plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‘plangan ballarga qo‘shiladi. 

Aks holda talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat joriy va oraliq 

nazoratlarning ballari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 

10. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir 

nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yigindisiga teng. 

 

 

 

 

 

 


Joriy baholash mеzonlari 

 

 1. Laboratoriya ishini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:



 

 

mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi (konspеkt, og‘zaki savol-javob); 



 

ishni bajarishdan maqsad va bajarish tartibini bilish; 

 

ishni bajarish jarayonida olingan natijalar asosida hisoblashlarning to‘g‘ri 



amalga 

 

oshirilganligi; 



 

olingan natijalarni tahlil qilish orqali chiqarilgan xulosalarning ilmiyligi. 

2. Amaliy mashg‘ulotlardagi baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: 

 

mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi; 



 

amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish jarayonida nazariy bilimlarni 

to‘g‘ri 

qo‘llay bilganligi (kеrakli formula, qonuniyatlar to‘g‘ri ishlatilganligi). 

3. Sеminar mashg‘ulotlarini baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: 

 

sеminar mavzusi doirasida ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha konspеktning 



mavjudligi; 

 

mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida tavsiya etilgan adabiyotlardan 



foydalanilganligi; 

 

tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (darslik, 



davriy 

 

matbuot, Intеrnеtdan olingan ma'lumotlar va hokazo) foydalanganligi; 



 

sеminar rеjasida qo‘yilgan savollarga javoblarning aniq, ilmiy 

asoslanganligi; 

 

har bir savol bo‘yicha xulosalarning to‘g‘riligi. 



12. Oraliq baholash mеzonlari: 

 

fanning OB uchun bеlgilangan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy 



bilimlarning to‘la 

 

o‘zlashtirilganlik darajasi; 



 

olingan nazariy bilimlarni qo‘llay bilish ko‘nikmalarining shakllanganlik 

 

darajasi; 



 

qo‘yilgan savollarga bеrilgan javoblarning ilmiy asoslanganligi; 

 

o‘tilgan mavzular bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon etganligi; 



 

tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari, qo‘shimcha manbalardan 

foydalanilganligi; 

13. Yakuniy baholash mеzonlari: 

 

fan bo‘yicha nazariy bilimlarning to‘la o‘zlashtirganlik darajasi; 



 

olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarining 

shakllanganligi; 

 

qo‘yilgan savollarga bеrilgan javoblarning aniq va lo‘nda ilmiy 



asoslanganligi; 

 

o‘tilgan fan bo‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanganligi; 



 

tavsiya etilgan adabiyotlar va qo‘shimcha manbalarni o‘zlashtirganligi. 

  

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Rеyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi 

  

1. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari sеmеstr yakunida 



rеyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Rеyting daftarchasining 

“O‘quv rеjalarida ajratilgan soat” soat ustuniga sеmеstr uchun fanga ajratilgan 

umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik 

tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan 

o‘zlashtirishi rеyting daftarchasida qayd etilmaydi. 

2. har bir fan bo‘yicha o‘rkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va 

profеssor-o‘qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning 

o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 kun ichida) talabalar 

e'tiboriga yеtkaziladi. 

3. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha 

rеytingini anqilaydi hamda rеyting daftarcha va qaydnomaning tеgishli qismini 

to‘ldiradi. 

4. Talabaning rеytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini bеglilaydi. 

Talabaning sеmеstr (kurs) bo‘yicha umumiy rеytingi barcha fanlardan to‘planagan 

rеyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi. 

5. Talabalar umumiy rеytingi har bir sеmеstr va o‘quv yili yakunlangandan so‘ng 

e'lon qilinadi. 

6. Diplom ilovasi yoki akadеmik ma'lumotnomani dеkanat tomonidan 

rasmiylashtirishda fan bir nеcha sеmеstr davom etgan bo‘lsa, rеytinglar 

yig‘indisining o‘rtachasi olinadi. 

7. Talabaning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan natijalari: 

 

guruh jurnali 



 

o‘qituvchining shaxsiy jurnali 

 

rеyting qaydnomasida 



qayd etilgach, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari dеkanatlar tomonidan kompyutеr 

bazasiga kiritilib, kafеdralar, dеkanatlar va o‘quv-uslubiy boshqarmada muntazam 

ravishda tahlil qilib boriladi. 

8. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafеdra yig‘ilishlari, fakultеt va 

univеrsitеt Ilmiy kеngashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va 

tеgishli qarorlar qabul qilinadi. 



 

1. O‘quv darslikning elektron versiyasi 

Namunaviy dasturga muvofiq fanning to‘liq kursini qamrab olgan ma’lumotlarning 

elektron variant holdagi mahsulot (ma’ruzalar, matnlar va boshqalar).

 

2. Elektron darslik 



O‘quv darslik elektron versiyasining takomillashtirilgan holatidir. Elektron darslik 

matni, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning 

animatsiyalaridan iborat (elektron darslik va elektron darslik versiyasi professor 

o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishda va talabani darsdan tashqari 

mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat beradi). 

3. O‘quv uslubiy elektron qo‘llanma 

O‘quv fanini qisman qamragan bo‘lib, matn, rasm, gipermatn, chizma va 

animatsiyalardan iborat. 

4. O‘quv uslubiy elektron ko‘rgazma 

Ma’lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo‘lgan 

miniplakatlar to‘plami. 2D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (dars jarayonida 

multimedia proyektor orqali namoyish etiladi). 

5. O‘quv uslubiy kompyuter dasturi 

Ma’lum fanning mavzusi keng yoritiladi. Ushbu dastur algoritmlashtirilgan 

bloklardan iborat. Har bir blok o‘zining mazmuniga, matni, grafikasi, animatsiya, 

o‘quv va nazorat qismidan iborat bo‘lgan dastur. 

6. Multimediali o‘quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar 

Ushbu o‘quv kompyuter dasturi matn, gipermatnlar, giperizohlar, grafik, 

diagrammalar, rasmlar, chizmalar, harakat, ovoz, videotasmalar, fotorasmlarni o‘z 

ichiga qamrab olgan mahsulot bo‘lib. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi. 

7. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar 

Ushbu mahsulotda sensorika ishlatiladi. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar 

skanerdan, raqamli videokamera va fotoapparatlardan matnlar, rasmlar, harakatlar 

kiritiladi. Undan tashqari, videomagnitofondan raqamli o‘zgartirgich orqali 

videofilmlar joylashtiriladi va tahrirlar kiritish imkonini beradi. 

8. Kompyuterlashtirilgan laboratoriya ishlari 

Berilgan mavzu bo‘yicha laboratoriya tajribalarini namoyish qilish, harakatlanishi, 

asboblarning ko‘rsatkichlari, vaqt o‘lchash-larini va boshqa jarayonlarni 

bog‘lovchi kompyuter dasturi. 3D grafik o‘lchamida tayyorlanadi (Laboratoriya 

asbob-uskunalari yetishmaydigan joylarda ishlatish imkoniyatini beradi). 

9. Ma’lumotlar banki 

Katta hajmdagi axborotni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda 



(jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm va hokazo) bera oladigan, o‘quv 

jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z 

bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib 

boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat 

tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. O‘quv uslubiy 

elektron mahsulotlar muassasalarning kutubxonalarida, kompyuter sinflarida 

saqlash va foydalanish mumkin. 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarning asosiy xususiyatlari 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 

• ta’limning yuqori sifat darajasida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishni ta’minlash; 

• mustaqil ta’lim olish va o‘zini – o‘zi mustaqil nazorat qilish imkonini yuzaga 

keltirish; 

• axborotni mustaqil o‘rganishning turli uslublarini qo‘llash; 

• tajriba-tadqiqot ko‘nikmalarini hosil qilish; 

• bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi; 

• o‘qitishga noan’anaviy yondashish, o‘quv materialini o‘rganishning vaqtini tejash 

(talabalarga masofaviy o‘qish imkoniyatini berish). 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarni yaratish bosqichlari 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarni yaratish texnologiyasi katta mehnat hajmiga 

ega bo‘lib, uni yaratishda tajribali professor-o‘qituvchilar va dasturni tuzuvchi 

mutaxassis hamkorligida tayyorlanadi. 

Elektron adabiyotni ishlab chiqish quyidagi keltirilgan bosqichlar olib borilishi 

maqsadga muvofiq: 

• ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha Respublikada yaratilgan elektron 

mahsulotlarning monitoringi o‘tkaziladi; 

• yetakchi professor-o‘qituvchi, dasturchi (programmist), dizaynerlar jalb etiladi. 

• professor-o‘qituvchilar fan bo‘yicha adabiyot, grafik, chizma, rasm, test, 

mashg‘ulot, so‘rov, qiziqarli mashg‘ulot va hokazolar yig‘iladi va ularga asosan 

o‘quv-uslubiy elektron mahsulotga ssenariy tuziladi. 

• O‘quv uslubiy elektron mahsulotni tuzilmasi ishlab chiqiladi. 

• Bo‘limlar, boblar va mavzular bo‘yicha mazmunini hamda ketma-ketligi ishlab 

chiqiladi. 

• Dizayner tomonidan elektron mahsulotga estetik shakl yaratiladi. 

• Dasturchi o‘quv-uslubiy elektron mahsulotlarning alohida bloklarning algoritmini 

tayyorlaydi va berilgan ssenariy, shakllar bo‘yicha tayyor elektron mahsulot 

yaratadi. 



• CD-diskka joylashtiriladi va foydalanuvchi uchun uslubiy qo‘llanma 

tayyorlanadi. 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar 

Elektron o‘quv mahsulotlar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, 

dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha 

ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq chuqurlashtirib 

o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarga 

asosiy, jumladan: ilmiylik; pedagogik; didaktik; metodik; psixologik; ergonomik; 

estetik; texnik va texnologik talablar qo‘yiladi. 

O‘quv uslubiy elektron mahsulotlarning sifatini baholash mezonlari 

1. Texnik mezonlar: 

• avtomatik holda yuklanishi (avtozagruzka); 

• boshqarish, ma’lumot kirgizish, ma’lumot olish va chiqish; 

• EHMning namunaviy ishlash (parametrlarni kirg‘izilgan holda) imkoniyati; 

• EHMning kerakli kadrlarini qayta yuklash imkoniyati; 

• kiritilgan ma’lumotlarni qaytarish imkoniyati; 

• ekranda berilgan va qayta ishlangan ma’lumotlarni chop etish imkoniyati. 

2. Servis mezonlar: 

• iyerarxik menyu mavjudligi (ma’lumotni qulay topish); 

• interaktiv dialogning mavjudligi; 

• yordam va sharkllarning mavjudligi; 

• tasvirning aniqligi; 

• dizayn; 

• grafik va harflarning shriftlari bir-biri bilan uyg‘unlashganligi. 

3. Pedagogik va psixologik mezonlar: 

• ilmiy va pedagogik bilimlarning EHM aks ettirilganligi; 

• dasturiy vositalardan foydalanishda pedagogik maqsadlarni tanlash 

asoslanganligi; 

• zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanuvchi yangi boshqaruv 

sharkl va o‘qitish usullari mavjudligi; 

• ta’limga muhimligi (didaktik talablarga javob berishi); 

• o‘quv materialini ifodalanish shakli va uning mazmuni orasidagi optimal 

bog‘liqligi (grafik, jadval, matn, chizma, sxema va hokazo); 

• EHM ishlatilganda bexos tugmalarni bosishda, ma’lumotlarning o‘zgarmasligi va 

stabil ishlashi; 

• fikrlashni shakllantirish; 



• bilim, ko‘nikma, mahoratlarni mustaqil egallashni shakllantirish; 

• eksperimental va izlanish faoliyatini o‘quv jarayonida egallash. 

4. Interaktivlik mezoni: 

• dialogni olib borishda har xil vositalarning mavjudligi; 

• o‘quv materialini o‘zlashtirishda osondan qiyinga o‘tish bosqichlari; 

• o‘quv materialida istalgan bobidan foydalanish imkoniyati; 

• javoblarni kiritish va olish variantlari; 

• xatolarni tahlil qilish imkoniyati va to‘g‘rilash 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                   Baholash shakllari. 

 Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin: 

1.Mezonga asoslangan baholash 

2. Me’yorga asoslangan baholash.  

Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan 

natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv 

maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga 

ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday 

baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha 

natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridanto‘g‘ri 

va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq 

farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi 

bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, 

natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. Mezonga asoslangan (yoki 

maqsadli) baholash 

Afzalligi: 

1.O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi; ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini 

ob’ektiv baholaydi; 

2.Baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi;  

3.Ta’lim oluvchi olgan bahosida yo‘l quygan xatolarini yaqqol ko‘rib turadi; 

4.Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi; 

5.Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini 

xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini 

oshiradi; 

6.Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi; 

7.Ta’lim mazmunini aniqlab beradi; 

8.Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga 

bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. 

Kamchiligi: 

1.Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi; 

 2.Mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va 

aniqligini aniqlashga nisbatan talablarning 

ko‘pligi 

 

 



Ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch 

kelinadi Me’yorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo‘lib, baholashdan 

so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro 

taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat. Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan 

iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, 

ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. 

Me’yorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga 

va ta’lim olish shart-sharoitiga ko‘ra, o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan, 

o‘qituvchi tomonidan hayrixohlikning paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘ta qat’iyligi 

sababli ham baho o‘zgarishi mumkin. 

 Me’yoriy (normaga asoslangan ) baholash 

Afzalligi: 

O‘qituvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi; 

turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin; 

baho bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy tarzda olinadi; 

muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab 

tabaqalashtirish imkonini beradi; 

baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini 

beradi (masalan, kollejga kirish imtihonlari natijasida boshqalarga nisbatan eng 

yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin). 

Kamchiligi: 

Baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi; 

ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yadi; 

baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv belgilanishi mumkin; 

ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo‘yib yuborishga olib 

keladi; 


bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy baholashning; 

bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi. 

Baholash turlari. Baholash, o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra, uch turga ajratiladi: 

 Boshlang‘ich baholash; 

 Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash; 

 Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash. 

Boshlang‘ich baholash ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki 

bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash 

natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash imkonini 

beradi. 


Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U 

ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini 

tezkor(operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim 

beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi. 

Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining 

ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga 

javob berishini aniqlaydi. 

Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U 

joriy baholash natijalarini jamlaydi. 

Baholash tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik 

talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali, doimiy tarzda 

bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o‘qishga nisbatan 

munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 

Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uning 

qaysi bilimlari, ko‘nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim 

beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni 

tekshirish va baholash o‘quv jarayonining muhim bir bo‘lagiga, uning tarkibiy 

qismiga aylangan taqdirdagina ro‘y beradi. 

Ta’lim oluvchining bilimlari, ko‘nikma va malakalari davlat o‘quv rejalarining 

bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi. Ta’lim oluvchilarning 

bilimlari, ko‘nikma va malakalarini tekshirish shakllari turlichadir. 

Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida bir xildagi 

usullarini qo‘llaydi. Unda so‘rash, savol berish, bahoni izohlash sohasida muayyan 

odat paydo bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga moslashib ketadilar, 

o‘qituvchining qay tarzda so‘rashi ularga oldindan ma’lum bo‘ladi. Ular faqat 

ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javobbera boshlaydilar. 

Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining poydevori 

hisoblanadi: 

 O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. 

 Haqiqiylik. 

 Haqqoniylik. 

 Ishonchlilik. 

 Qulaylik

.

 



 

 

 



     

Pedagogik monitoring maktab ta’limini 

rivojlantirishning muhim omili sifatida.

  

Prezidentimiz I.A.Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli 



fuqarolik jamiyatining barpo etish- ustuvor maqsadimizdir” mavzusidagi 

ma‟ruzalarida maktab ta‟limini tubdan isloh qilish masalalariga alohida e‟tibor 

qaratish kerakligi haqida so‟z yuritdilar. Shuning uchun boshlang‟ich ta‟limda 

pedagogik monitoringni to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish va undan oqilona foydalanish 

bugungi kunning muhim vazifasidir. Monitoring ta‟lim faoliyatiga obyektiv baho 

berishda, ta‟lim jarayonida ichki boshqaruvni takomillashtirishda ichki nazorat 

uchun eng qulay, eng obyektiv vositadir. Rahbar ishni tashkil etish, tanqid qilish, 

taklif kiritish, tatbiq etish masalalarini hal etishni jadallashtiradi.Boshqaruv tizimi 

samaradorligi va shu asosda ta‟lim sifatini kafolatlaydi. Ta‟lim uchun yaratilgan 

sharoitga, talablarga, ta‟lim jarayoni faoliyatiga tanqidiy qaray olish, choralar 

ko‟rish imkoni yaratiladi. Yig‟ilgan tajribalarni ommalashtirib, yoyish, tatbiq 

etishga sharoit tug‟iladi.Bu istiqboldagi ishlarni, maqsad vazifalarni 

oydinlashtirishga yaqindan yordam beradi. Agar monitoring shaklan, mazmunan 

o‟zlashtirib olinsa, ta‟limga tatbiq etilsa, ta‟limda ishtirok etuvchi har bir shaxsni 

ishga yangicha munosabatda bo‟lishga, yondashishga, izlanishga, tashabbus 

ko‟rsatishga odatlantiradi. Demak, monitoringning ta‟limga tatbiqi ta‟lim 

jarayoniga nima beradi:  Dars jarayonida kim qanday interfaol usullardan 

foydalayotganini aniqlab beradi. O‟qituvchilar o‟zini oqlamagan, samarasiz 

uslublardan voz kechish imkonini beradi. O‟qituvchi, o‟quvchilar faoliyatini 

o‟rganishda ilmiy 26 asosga ega bo‟lmagan, metodik, diagnostik, tasodifiy 

sinovlarni, nazariy asosga ega bo‟lmagan ishlarni qo‟llashga yo‟l bermaydi.  

O‟qituvchi, psixolog va rahbariyat faoliyatini to‟g‟ri yo‟naltirishni ta‟minlaydi.  

O‟quvchi faoliyatini nazorat etish, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‟rganuvchi 

normativ hujjatlar bazasini yaratadi va tartibga tushiradi.  O‟quv jarayoni ichki 

nazoratini amalga oshirish loyihasi, dasturi, nizomi ishlab chiqish imkonini 

yaratdi.  Ishlangan dasturlarni tajriba-sinovlardan o‟tkazish, uning shakli, 

mazmun muddatlarini borgan sari takomillashtirib borishda yaxshi samara beradi. 

Ta‟lim sifatini aniqlashda monitoring asosiy vosita hisoblanadi, standartlarning 

o‟zlashtirish darajasini belgilash, o‟qituvchi mahoratiga baho berish, 

boshqaruvning maqsadga to‟g‟ri yo‟nalganligini topishga yordam beradi. 

Monitoring – biror-bir sohada ko‟zlangan maqsadni aniq ko‟rsatkichlariga 


erishishda natijalarni solishtirish orqali doimiy kuzatish jarayonidir. Ta‟limtarbiya 

sohasida monitoring-o„quv jarayoni va uni boshqarishning uzluksiz kuzatuvini olib 

borish. Ta‟lim monitoringi(TM) – pedagogik tizim faoliyati haqida axborotlar 

yig„ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish tizimidan 

iborat bo„lib, u kuzatilayotgan ob‟ekt holatini va kelgusida uning rivojlanishi 

dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni. 



                  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                       Xulosa 

 

O‘quv  jarayoni  uchun  mo‘ljallangan  dasturiy  vositalarning  psixologik-pedagogik, 



dasturiy  texnik  sifatini  va  ulardan  o‘qitish  jarayonida  foydalanish  baholash 

mezonlari  orqali  amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiq.  O‘quv  uslubiy  elektron 

mahsulotlarni  ekspertizasi  belgilangan  tartibda  maxsus  ekspertlar  tomonidan 

o‘tkazilishi  kerak.  Maxsus  ekspert  guruhi  tarkibiga  ta’lim  muassasalaridan  yuqori 

malakali  pedagoglar,  dastur  tuzuvchilar,  psixolog,  dizayner  va  yetakchi 

mutaxassislar  kiritilishi  lozim. 

Ta’lim  jarayonini  ilmiy  asosda  to‘g‘ri  tashkil  etish 

birinchi  navbatda  kasb-hunar  kollejlarining  tajribali,  ta’lim-tarbiya  ishlariga 

yangicha  yondosha  oladigan,  o‘qitishning  ilg‘or  ta’lim  texnologiyalarini  dars 

jarayonlariga  joriy  eta  oladigan,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarni  mustaqil 

boshqara  oladigan  pedagog  va  muhandis-pedagoglarga  bog‘liqdir.  Buning  uchun 

birinchi  navbatda  ta’lim  muassasasi  tomonidan  ta’lim  sifati  nazoratini  to‘g‘ri  olib 

borish va duch kelinayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni 

belgilash lozim bo‘ladi. 

O‘MKHT muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etilishi va olib borilishi birinchi 

navbatda  uning  sifat  nazoratini  olib  borilishiga  bog‘liq.  SHunga  asosan  ta’lim 

muassasalarida  o‘quv  jarayonini  tashkil  etish  va  uning  maqsad  va  vazifalarini 

amalga 


oshirishning 

asosiy 


elementlarining 

pedagogik 

mohiyatini 

tushunish,qo‘yilgan  maqsadga  erishishi  uchun  o‘qitishning  maqsadi,  o‘quv 

mazmuni,  o‘quv  vositalari,  o‘qitish  metodlari  va  baholashning  monitoringini  olib 

borish  asosida  ta’limning  sifat  nazorati  tashkil  etiladi.  Ta’lim  muassasalarida 

ta’limning  sifat  nazoratini  olib  borishdan  oldin  o‘quv  jarayonini  ilmiy  asosda 

tashkil  etishda  har  bir  rahbar  quyidagi  vazifalarning  mazmun  va  mohiyatini 

mukammal  bilishi  va  ularning  bajarilishining  sifat  ko‘rsatkichlarini  tahlilini  olib 

boradi. 


 

 

 



 

 

 



 

Foydalanilgan adabiyoylar: 

 

1.KarimovaV.M. «Psixologiya».O`quv qo`llanma. T.: 2002 y. 

2. Maqsudova M. A. Muloqot psixologiyasi T.: 2006 

3. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 

4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994 

5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999 

 

Internet  ma’lumotlari: 



www.google.uz

 

www.ziyonet.uz



 

www.yandeks.uz



 

 

Download 416.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat