2. Yo’qolib borayotgan turlar; Yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muh’ofaza talab etadigan turlar.
3. Noyob turlar; Ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan
va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4. Kamayib borayotgan turlar; Ma’lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko’ra yoki insonlar
ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday o’simliklar h’ar tamonlama nazorat qilib turishni talab etadi.
«Qizil kitob» ning yangi nashrida muh’ofazaga olingan o’simlik turlarining soni 300 ga boradi.
Respublikamiz «Qizil kitobi»ni h’ar 5 yilda yangilab turish ko’zda tutilgan. O’simliklar dunyosi O’zFA Botanika ilmiy
ishlab chiqarish Markazi olimlari tamonidan yoziladi.
«Qizil kitob»da o’simlikning h’ar bir gurxining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi h’aqida,
sxematik h’aritada o’sish joyi ifodalangan.
İlmiy ma’lumotlar va shaxsiy kuzatishlar asosida turlarning tabiatdagi miqdori va
ushbu tur arealining o’zgarish sabablari keltirilgan.
Umumiy qilib aytganda. «Qizil kitob»ning moxiyati shundaki, ular o’simlik va h’ayvonot olamining noyob, yo’qolib ketish
xavfi ostidagi turlari h’aqida ma’lumot beruvchi h’ujjatdir.
Uning vazifasi - jamoatchiliq va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muh’ofazasi muammosiga jalb qilishdan va turlar
genofondini saqlab qolishga yordamlashuvidan iboratdir.
Respublika tabiiy florasining aksarnyat qismidan xalq xo’jaligi extiyojlari uchun oqilona foydalanilmayotir. Oqibatda
ulardan ko’plarining tabiiy zah’iralari keskin darajada kamayib, yo’qolib ketish xavfi tug’ilgan. Bularga dunyoga dong’i ketgan
lola va sallagullar, sanoat extiyoji uchun xom-ashyo sifatida yig’ib olinayotgan saponin saqlovchi qimmatbaxo o’simlik - etmak,
muh’im dorivor o’simlik - bozulbang (lagoxillus), oziq-ovqat o’simligi - anzur piyoz kabilar misol bo’ladi. O’simliklarning
kamayib ketishiga kishilarning tabiatga ko’plab chiqib sayr qilishlari h’am sabab bo’lmoqda. Masalan: Chimyon (Toshkent
atrofida)dagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o’xshash nafis gullarni ayni vaqtda juda kam uchratish mumkin. Ayrim
shaxslar dorivor va oziq - ovqat o’simliklarning piyozlarini. tuganaklarini, ildizpoyalarini ruxsatsiz qazib olib, yovvoyi o’simliklar
olamiga jiddiy zarar keltirmoqda. Tabiatga, shu jumladan o’simliklar dunyosiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda
bo’lishga chek qo’yish payti keldi. Tabiat boyliklarini muh’ofaza qilish va ko’paytirit barchamizning asosiy burchimiz
bo’lmog’i darqor.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |