Atmosfera h’avosi insonni o’rab turuvchi muh’itning muh’im komponentlaridan va tabiatning zaruriy resurslaridan
h’isoblanadi. Haroratning o’zgarishiga qarab atmosfera bir necha kobig’ (sfera) lardan iboratdir. Erga birikib turuvchi qismi
troposfera deyiladi. Troposferada atmosferaning 75 % suv bug’i va mayda suv zarrachalari qorishmalarininng asosiy qismi
Troposferaning yuqorigi chegarasi tropopauza deyiladi. Tropopauzada h’aroratning pasayishi to’xtaydi. Troposfera erdan
o’rtacha 11 km balandlikda joylashgandir. Undan 50 km balandlikgacha stratosfera joylashgan. Engil h’avo oqimlari,
kambulutlik va h’aroratning 25 km gacha o’zgarmasligi stratosferaga xos xususiyatdir. Undan yuqorida h’arorat ko’tarilib borib
56
Stratopauzadan so’ng mezosfera keladi. Unda h’arorat pasayib borib yuqorigi chegarasi (mezopauza)ga etganda minus
85 - 90 gacha tushadi.
Undan so’ng (90 km dan 450 km gacha) termosfera joylashgan. Termosferada meteoritlarning asosiy qismi yonib
ketadi va quyoshdan kelayotgan kosmik nurlanish yutiladi. Atmosferaning ionlashgan qismi ionosfera 50 - 60 km balandlikdan
boshlab atmosferaning yuqorigi chegarasigacha boradi.
Atmosferaning eng yuqori qismi ekzosferadir.
Atmosfera nafaqatgina Erning issiqlik rejimini boshqaradi, balki Er yuzidagi issiqlikni taqsimlanishiga yordam beradi.
Erdagi ovoz tarkaluvchi muh’it bo’lib atmosfera h’isoblanadi.
Qadimda ancha vaqtgacha h’avoning og’irligi yo’q deb kelingan, ammo XVII asrga kelib 1 kub metr quruq h’avo, agar
h’arorat 0
0
S bo’lib, dengiz sath’i barobarida ulchansa, 1293 g ga tengligi aniqlandi. Er sath’ining h’ar bir kv.santimetriga 1033
g h’avo to’g’ri keladi. Atmosfera erning gaz qobig’i h’isoblanib, uning og’irligi 5
15
x 10
15
t ga tengdir. Faqatgina XVIII asrga
kelib farangiz olimi Lavuaze atmosfera h’ar xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat ekanligini aniqladi.
Kislorod. O’rtacha h’isoblanganda, kislorodning atmosfera h’ajmidagi ulushi 20,95 % ni tashkil etadi. Yashil
o’simliklarning fotosintez ya’ni is gazini yutib, kislorodni ajratib chiqarishi h’isobiga, kislorod atmosferaning doimiy ajralmas
qismi bo’lib kelmoqda. Kislorodning 80 % ya’ni asosiy qismini dengiz fitoplanktonlari ajratib chiqaradi, qolgan qismi
quruqlikdagi o’simliklarga turi keladi. Har yili fotosintez h’isobiga 60 - 240 mlrd. t. gacha erkin kislorod ajralib chiqadi.
Azot. Azot massasi jixatidan atmosferaning asosiy (78,09 %) qismi h’isoblanadi. Fotosntezning yakuniy
mah’sulotlaridan bo’lgan erkin kislorod, ammiak bilan tez reaktsiyaga kirishishi natijasida molekulyar h’oldagi azot h’osil
bo’ladi:
SO
2
+2N
2
O fotosintez NSOON+N
2
O+O
2
4NH
3
+3O
2
--------2N
2
+6H
2
O
Oddiy sharoitda kislorod h’amda azot bir - biri bilan reaktsiyaga kirishmaydi, shu sababdan, ularning h’avo tarkibidagi
ulushi o’zgarmay turadi. Atmosferadagi azot o’simlik h’amda h’ayvonlarning ozuqasi bo’lgan, birikkan azotning manbai
sifatida katta biologik ah’amiyatga egadir. Uning fiziologik ah’amiyati esa, atmosfera bosimining h’ayotiy jarayonlarida ishtirok
etishidadir.
İs gazi. Atmosferadagi SO
2
ning ulushi 0,03 % yoki 2.3x10
12
tonnani tashkil etadi. Vulkon gazlari, yonar buloqlar,
insonlar, h’ayvonlar va o’simliklarning nafas chiqarishi, yonilg’i va yoqilg’ilarni inson tamonidan yoqilishi is gazining asosiy
manbai bo’lib h’isoblanadi. Har yili fotosintez natijasida 170 mlrd.t.ga yaqin is gazi atmosferadan o’simliklar tamonidan
yutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: