Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Biogeotsenoz  (V.N.Sukachev)  va  ekotizim  (A.Tensli)  kabi  tushunchalar  nisbati



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Biogeotsenoz  (V.N.Sukachev)  va  ekotizim  (A.Tensli)  kabi  tushunchalar  nisbati.  Yashash  sharoiti  o’xshash  va 

o’zaro  munosabati  natijasida  bir  -  biriga  ta’sir  ko’rsatuvchi  h’ar  xil  turga  mansub  bo’lgan  birgalikda  yashovchi  organizmlar 

yig’indisiga  e k o l o g i k    t i z i m  deyiladi. 

O’rmon, cho’l, o’tloq, suv h’avzasi ekotizimga misol bo’la oladi. 

Ekotizim  tushunchasi  fanga  1935  yili  ingliz  ekologi  A.Tensli  tamonidan  kiritilgan.  Ekotizim  kontseptsiyasining 

rivojlanishiga  parallel  h’olda  biogeotsenoz  ta’limoti  h’am  muvaffaqiyatli  rivojlanib  bordi.  Biogeotsenoz  tushunchasini  esa  rus 

botanik  olimi, akademik  V.N.  Sukachev  taklif  qilgan. («bios»  -  h’ayot, «geo»  -  er, «tsenoz»  -umumiy  yoki  jamoa)  ma’nosini 

beradi. 


Ko’pincha  ekotizim  va  biogeotsenoz  tushunchalari  bir  -  birining  sinonimi  sifatida  qo’llaniladi  va  deyarli  bir  xil 

ma’noni bildiradi, ammo ba’zi bir tomonlari bilan farqlanadi: 




 

42 


 

Biogeotsenozning  asosiy  komponentlari  -  atmosfera,  tog’  jinslari,  suv,  o’simlik  va  h’ayvonot  dunyosi  h’isoblanadi. 

Uning  organik  dunyosi  (o’simliklar,  h’ayvonlar,  zamburug’lar,  mikroorganizmlar)  -  biotsenoz  deb  atalib,  muh’it  esa  - 

ekotop deyiladi. Ekotop o’z navbatida klimatop (atmosfera) va edafatop (tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat. 

Biogeotsenozlar  h’ar  xil  o’lchamda,  ya’ni  kichik  va  katta  maydonda  bo’lishi  mumkin.  Botqoqlikdagi  do’nglik, 

o’rmondagi to’nka, biror h’ayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga misol bo’lsa, o’rmon, dasht, cho’l, o’tloqzor 

va boshqa maydonlar yirik biogeotsenoega misol bo’la oladi. 

 

A.Tensli  ta’rificha  -  ekotizim  ichki  va  tashqi  doiralarda  moddalar  va  energiya  almashinuviga  ega  bo’lgan  tirik  va  jonsiz 



komnonentlarning cheksiz barqaror tizimi h’isoblanadi. Demak,  ekotizim  -  mikroorganizmlarga  ega  bo’lgan bir  tomchi  suv, 

o’rmon, tuvaqdagi o’simlik, kosmik kema, biosfera va h’akazolar. 

Ekotizimlar  biogeotsenozga  nisbatan  kengroq  tushuncha  h’isoblanadi.  Har  qanday  biogeotsenoz  o’z  navbatida  ekotizim 

bo’la oladi, ammo h’ar qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi. 

 

2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining  maqsadi: Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar  h’aqida  to’liq  tushuncha 



xosil qildirish. 

 

Ekotizimlarda  moddalar  aylanishini  ta’minlash  uchun  ma’lum  miqdorda  zarur  anorganik  moddalar  zah’irasi  va 



bajarayotgan ishi jih’atidan uch xil ekologik guruh’ni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi kerak. 

Bular: produtsent - h’osil qiluvchilar konsumentlar - iste’mol qiluvchilar redutsentlar -parchalovchilar. 

1. Produtsentlar - yashil o’simliklar – bo’lib, ular quruqlikdagi h’ar qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya 

manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. 

Fotosintez  qiluvchi  organizmlar  quyosh  energiyasi  ishtirokida  organik  moldalarni  sintez  qilib,  yorug’lik  energiyasini 

bog’langan kimyoviy energiya sifatida to’playdi. 

2. Konsumentlar  – bu  guruh’ga h’ayvonlar  kiradi.  Ular o’simliklar  tamonidan  to’plangan  organik moddani iste’mol 

qiluvchilar h’isoblanadi. 

Birinchi  tartibdagi  konsumentlarga  produtsentlar  bilan  oziqlanuvchi  o’txo’r  h’ayvonlar  kiradi.  Quruqlikdagi  keng 

tarqalgan  birinchi  tartibdagi  konsumentlar  h’asharotlarning  ko’pchilik  vakillari,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar,  sut 

emizuvchilardir. 

Eng  muh’im  birinchi  tartibdagi  konsumentlar  sut  emizuvchilarning  o’txo’r  guruh’lari,  kemiruvchilar  va  tuyoqlilar 

h’isoblanadi. Ularga ot, tuya, ko’y, echki va qoramollar kiradi. 

İkkinchi  va  uchinchi  tartibdagi  konsumentlar.  İkkinchi  tartibdagi  konsumentlar  o’txo’r  h’ayvonlar  bilan  oziqlanadi. 

Bular uchinchi tartibdagi h’ayvonlar bilan birga etxo’r h’ayvonlar deb qaraladi. 

İkkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar 

yirtqichlar bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’laksa bilan oziqlanishi yoki parazit h’ayvon h’am bo’lshi mumkin. 

Zamburug’lar  biotsenozda  turlicha  rol  o’ynaydi.  Ular  orasida  o’simlik  va  h’ayvonlarda  tekinxo’r  h’olda  yashovchi 

va  ko’pchiligi  organik  moddalarni  mineral  moddalarga  parchalovchilar  bo’lib,  ular  redutsentlar  deyiladi.  Ammo  shu  bilan 

birga ko’pchilik  zamburug’larning  meva  tanalari jamoadagi h’ayvonlar uchun sevimli ozuqa bo’lishi h’am mumkin. Bunda ular 

konsumentlar h’isoblanadi. 

Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar h’isoblanib, ular organik moddalarni mineral moddalarga parchalab beradi. 

Demak,  yuqorida  aytib  o’tilgan  organizmlar  guruh’i  o’rtasida  keskin  chegara  qo’yib  bo’lmaydi,  chunki  konsumentlar 

(h’ayvonlar, zamburug’lar, tekinxo’r o’simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini h’am bajarishi mumkin. 

Epifitlar,  asosan  produtsentlar  h’isoblansa  h’am,  oziqlanish  vaqtida  daraxt  tanasi  po’stlog’idagi  parchapangan 

o’simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya’ni bir vaqtda redutsentlar vazifasini h’am bajaradi. 

3. Redutsentlar. O’simlik qoldig’i va h’ayvon jasadi o’zida energiya saklayli. Nobud bo’lgan o’simlik va h’ayvonlardagi 

organik  modda  mikroorganizmlar,  ya’ni  saprofit  h’olda  yashovchi  bakteriya  va  zamburug’lar  ta’sirida  parchalanadi.  Bunday 

organizmlar                    r e d u ts e n t  deb ataladi. 

 

 



Saprofitlar o’zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar             sekin - asta bakteriyalar va zambrug’lar 

h’ayot  faoliyatida  parchalanib,  h’azm  bo’ladi.  Parchalanish  tezligi  h’am  h’ar  -  xil  bo’lishi  mumkin.  Hayvon  jasadi,  axlatlari  bir 

necha h’aftalar talab etsa, qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin. 

Biogeotsenoz  populyatsiyalari  orasidagi  bog’lanishlarni  -  turlarning  oziqlanish  xarakteri  va  energiya  h’osil  qilish  usullari 

belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruh’ga bo’linadi:  

1.  Avtotroflar  (asosan  yashil  o’simliklar.  Organik  moddalarni  sintezlash  uchun  atrofdagi  anorganik  birikmalardan 

foydalanadi). 

2.  Geterotroflar  (h’ayvon,  odam,  zamburug’,  bakteriyalar.  Avtotroflar  h’osil  qilgan  tayyor  organik  moddalar  bilan 

Biogeotsenoz 

4.  Tabiiy xodisa h’isoblanadi. 

5.  Ma’lum tabiiy chegaraga ega bo’lgan 

    fazoviy birlik  

6.  Uning tarkibiga odam kirmaydi. 

 

Ekotizim 



Tabiiy yoki sun’iy h’odisa bo’lishi mumkin. 

Yirik ekotizimlar odatda odam ta’sirida bo’ladi 

Funktsional birlik bo’lgani uchun qushni 

ekotizimlardan ajralib turishi shart emas. 




 

43 


oziqlanadi). 

 

3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Maxsuldorlik, trofik darajalar, ozuqa zanjiri nima va uning xillari xaqida 



ma’lumot berish. Ekotizimlarning biologik mah’suldorligi moh’iyatini ochib berish. Ekologik piramidani tushuntirish. 

 

Mah’suldorlik   deganda   maxsulot   ishlab   chiqarish   qobiliyati   tushuniladi.   Biotsenozda birlamchi va ikkilamchi 



mah’sulotlar  ajratiladi.  Birlamchi  mah’suldorlik  (BM)  produtsentlar  tamonidan  anorganik  moddalardan  h’osil  bo’lgan 

maxsulot h’isoblansa, konsumentlar va redutsentlar maxsuli ikkilamchi (

İM) h’isoblanadi. Shuningdek, yalpi birlamchi maxsulot 

va sof birlamchi mah’sulotlarga ajratiladi. Yalpi birlamchi maxsulot (YaBM) ma’lum vaqt oralig’ida o’simliklar tamonidan h’osil 

qilingan  h’amda  nafas  olishda  sarf  bo’lgan  va  geterotroflar  tamonidan  o’zlashtirilgan  mah’sulotlardan  iborat  bo’ladi.  Agarda 

yalpi  maxsuldorlikdan  nafas  olishga  sarf  bo’lgani  chiqarib  tashlansa,  birlamchi  mah’suldorlik  qoladi.  Sof  birlamchi 

mah’suldorlik  (SBM)  esa  nafas  olishga  sarf  bo’lgandan  so’ng  geterotrof  organizmlar  h’ayotini  o’tkazish  uchun  qolgan 

maxsulotdir.  

Energiya oqimi. 

Ekotizimlardagi  organizmlarning  h’ayot  faoliyati  va  moddalarning  aylanishi  uchun  energiya  talab  etiladi.  Yashil 

o’simliklar  h’ayot  uchun  zarur  bo’lgan  kimyoviy  modddlarni  olib,  fotosintez  jarayonida  organik  birikmalar  to’playdi  va  quyosh 

energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar – avtotroflar  deyiladi. 

O’simliklar  va  boshqa  jonivorlar  bilan  oziqlanib  yashovchi  geterotroflar  esa  oziqlanish  jarayonida  organik  moddalarni 

karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan 

darajagacha parchalaydi. Shunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi. 

Geterotroflar  -  ya’ni  h’ayvonlar,  zamburug’  va  bakteriyalar  ikki  guruh’ga  bo’linadi.  Bulardan  birinchisi  -  iste’mol 

qiluvchilar,  ya’ni  konsumentlar  bo’lib,  ozuqa  sifatida  tirik  organizmlardan  foydalanib,  organik  moddalarni  o’zgartiruvchi, 

qisman  parchalovchilardir.  Lekin  bu  organizmlarning  biror  turi  h’am  o’simliklardagi  organik  moddalarni  oxirigacha  parchalay 

olmaydi. Ular organik moddalarni muayyan darajagacha parchalay oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa geterotrof 

organizmlarga  em  bo’ladi.  Bular  –  redutsentlar,  ya’ni  parchalovchilar  -  zamburug’lar,  bakteriyalar  bo’lib,  o’lgan 

organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantirib beradi. Bu birikmalar yana tabiiy 

muh’itga qaytadi va avtotrof organizmlar (yashil o’simliklar) tamonidan qaytadan o’zlashtiriladi. 

Moddalarning  bunday  davriy  aylanishi  -  h’ayotning  davom  etishi  uchun  zarur  sharoit  h’isoblanadi,  bu  uzoq 

evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. 

Shunday  qilib,  uzoq  evolyutsiya  jarayonida  vujudga  kelgan  bir  -  biriga  bog’liq  turlardan  barqaror  zanjirlar  paydo 

bo’ladiki,  bular  boshlang’ich  ozuqa  moddalardan  energiya  va  moddalarni  birin  -  ketin  olib,  turli  yo’llar  bilan  tabiatda 

moddalarning  davriy  aylanishini  ta’minlab  turadi.  Organizmlar  quyosh  energiyasini  kimyoviy,  mexanik  va  issiqlik 

energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan h’amma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirida issiqlikga 

aylanib tarqalib ketadi. 

Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tamonidan h’osil qilingan energiyani 

4 - 6  bo’tan orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li h’isoblanib, ozuqa zanjiri deb ataladi. 

Shunday qilib, organizmlar orasida oziq uchun o’zaro munosabatlar o’rnatiladi. Natijada oziqlanish  zanjiri  h’osil  bo’ladi. 

Oziq zanjiri esa uchta asosiy zvenodan iborat bo’ladi, ya’ni produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan. 

Har bir oziq zanjirida ma’lum bir trofik bosqich shakllanadi: yashil o’simliklar - organik moddalarni h’osil qilib, birinchi 

trofik  boskichni;  fitofaglar  ikkinchi,  etxo’rlar  uchinchi  va  h’oqazo bosqichlarni h’osil qiladi. Oziq zanjiridagi h’amma zvenolar 

o’zaro bog’liqdir. Bularning orasida birinchisidan to oxirigacha modda va energiya berilishi amalga oshiriladi.  




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish