Turk xoqonligi shaharsozligi
Turk xoqonlari O‟rta Osiyoda hukmronlik qilgan bo‟lsalarda biroq o‟zlari bu hududga ko‟chib kelmaganlar.
Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bo‟ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib ulardan olinadigan soliq-o‟lponlar va to‟lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‟rinadiki Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari , ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Xoqonlik istisno hollardagina o‟lkaning ijtimoi-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko‟proq tashqi siyosat , xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta‟kidlanganidek, Zarafshon,Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo‟lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‟, Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Samarqand, buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o‟zlariga ancha mustaqil bo‟lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‟lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar o‟rtasida o‟zaro kurash va ichki ziddiyatlar bo‟lib turgan. Bu esa mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586- yillardagi Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi Abro‟y boshchiligidagi qo‟zg‟olonga sabab bo‟ladi. Xoqon Qoracho‟rin qo‟shinlari qo‟zg‟olonni bostirib, qo‟zg‟olonchilarni qattiq jazolaydi.
Bo‟ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Muqon xoqon vafotidan so‟ng taxtga uning ukasi Arslon To‟ba o‟tirdi. Arslon to‟ba buddiylikka berilgan bo‟lsada, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‟rdi. Ammo 581-yilda Arslon To‟ba vafot etgach Turk xoqonlari o‟rtasida o‟zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada xoqonlik ikki qismga bo‟linib ketdi.
Ular G‟arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O‟rta Osiyo, Sharqiy Turkiston hudulari kirgan) hamda Sharqiy turk xoqonligi (uning tarkibiga Mo‟g‟uliston hududlari kirgan). Sharqiy xoqonlikni Arslon To‟baning kichik o‟g‟li Ishbara boshqara boshlaydi.G‟arbiy xoqonlikka Istami yabg‟uning o‟g‟li Qora Churin boshchilik qilgan. Qora churin Istamining vafotidan so‟ng bu taxtga o‟tirgan bo‟lib, boshqa xoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Qora Churin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‟zini xoqon deb e‟lon qiladi. U Bug‟u xoqon (qaxramon xoqon) degan nomni oldi
G‟arbiy turk xoqonligida shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg‟in savdo-sotiq va diplomatik aloqalar kuzatilgan.
Xitoyda Tan sulolasi davrida (618-907-yil) G‟arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‟rtasida aloqalar keng yo‟lga qo‟yiladi. Masalan 627-644- yillarda O‟rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqko‟l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo‟lganligini qayd etadi.
Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi o‟troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O‟troq hayotning an‟anaviy-ma‟muriy udumlari ta‟sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‟zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, O‟rta Osiyo siyosatining barcha jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Xoqon Shego‟y vafotidan so‟ng hokimiyatga kelgan To‟n yabg‟u davrida xoqonlar yanada kuchayadi.
Uning davrida boshqaruv tartiblari isloh etildi. Turk xoqonligida butun saltanat ustidan oily hukmronlikni Xoqon olib brogan. Bu lavozim merosiy bo‟lgan Xitoy manbalariga ko‟ra ota doimo o‟z o‟g‟liga taxtni qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo‟lgan. Bundan tashqari shunday hollar ham bo‟lganki, taxt sohibini “ulus oqsoqollari” tayinlagan. Xitoy manbalariga ko‟ra, turkiylar xonni taxtga o‟tqazishda maxsus marosim o‟tkazganlar: amaldorlar bo‟lajak xonni kigizga o‟tkizib, quyosh yurishi bilan 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar uni qutlab turganlar. Keyin xonni otga o‟tqazib, bo‟yniga ipak mato bo‟g‟laganlar. Keyin undan so‟raganlar: “Siz necha yil xon bo‟lmoqchisiz?”. U necha yil xon bo‟lishini aytgan va shu muddat tugaganidan keyin taxtdan ketgan. Xoqondan keyinga shaxs “yabg‟u” davlatdagi birinchi amaldor vazifasida bo‟lgan. Ammo yabg‟u taxtga merosxo‟rlik qila olmas edi. Taxt merosxo‟ri “tegin” (shaxzoda) deb yuritilgan. “Tudun” unvoni hukmdorning joylardagi noibiga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj soliq ishlarini nazorat qilganlar.Ko‟chmanchilarning asosiy qismi chorvadorlardan iborat edi. Bunday xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan. Tan sulolasi 659-yilda Sharqiy Turk xoqonligini o‟ziga bo‟ysundiradi. VII asr ikkinshi yarmida anca kuchaygan Xitoy O‟rta Osiyo hududlarini ham o‟z qo‟l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670- yilda tibetliklar bosh ko‟tarib, shjarqiy turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so‟ng, bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, Xitoy O‟rta Osiyoga bo‟lgan o‟z da‟vosidan voz kechadi. Xitoyning e‟tibori endi Tibetga qaratiladi. Bu davrda O‟rta Osiyo hududlarida G‟arbiy turk xoqonligi ta‟siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahalliy hokimliklar o‟rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer –mulk uchun o‟zaro kurashlar ham sabab bo‟ladi.
Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o‟laroq g‟arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo‟lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko‟pchilik ko‟chmanchi elatlarda urug‟-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug‟-qabilaning nomdor vakillari “bek”lar deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodagonlar kengashi – “Qurultoy” boshqargan. O‟rta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog‟dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O‟lkaning Farg‟ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‟plab suv ayirg‟ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |