Ularning Olti ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lganlar. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. . Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |