. Buning natijasi 1714-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqirt ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladilar. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo’linib ketdilar, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi-Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdilar. Shu tariqa qoraqalpaqlar shartli ravishda "yuqori qoraqalpoqlar", "quyi qoraqalpoqlar"ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga ham o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar. Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlar o’rnatishga harakat qilgan. Bunday yaqinlashishga bir qator omillar sabab bo’lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung’orlarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo’ldi

Do'stlaringiz bilan baham: |