Berdaq nomidagi qaraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnalogiya fakulteti oziq-ovqat yo`nalishi 1-a kurs talabasi matnazarov sanatbekning biologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
BERDAQ NOMIDAGI QARAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO-TEXNALOGIYA FAKULTETI OZIQ-OVQAT YO`NALISHI 1-A KURS TALABASI MATNAZAROV SANATBEKNING BIOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
Mavzu: Oqsil strukturalari.
Reja:
Oqsillarning 1-strukturasi.
Oqsillarning 2-strukturasi.
Oqsillarning 3-strukturasi.
Oqsillarning 4-strukturasi.
Oqsilning birlamchi strukturasi (ingliz. Protein primary structure) - oqsilning peptid zanjiridagi aminokislotalar qoldiqlari ketma-ketligi asosida paydo bo'ladigan struktura. Oqsillarning birlamchi strukturasi DNKda yozilgan genetik ma'lumot asosida quriladi. Ilk bora "oqsilning birlamchi strukturasi" degan atamani Lennerstrem-Lang 1951 yilda ishlatgan. Oqsilning birlamchi strukturasi aminokislotalar qoldiklari orasidagi peptid bog'lar yordamida hosil bo'ladi. "Oqsilning birlamchi strukturasi" va "aminokislotalar ketma-ketligi" atamalar o'zaro teng. Ko'p holatlarda "birlamchi ketma-ketlik" degan atama ham ishlatiladi, ammo bu xatolik deb xisoblanadi, chunki ikkilamchi yoki uchlamchi ketma-ketlik mavjud emas. Oqsilning birlamchi strukturasini N'-uchidan C'-uchiga qarab yozilashi tog'ri deb qabul qilingan.Oqsilning ikkilamchi strukturasi birinchi strukturasidan deyarli farq qilmaydi
Oqsilning ikkilamchi strukturasi - bu oqsillarning asosiy zanjir aminokislotalar qoldiqlarining funksional guruhlarini o'zaro ta'siri natijasida hosil bo'ladigan konformatsion tuzzilishi. Asosan oqsillalrning ikkilamchi strukturasi vodorod bog' orqali paydo bo'ladi.
Oqsilning ikkilamchi strukturasi - bu oqsillarning asosiy zanjir aminokislotalar qoldiqlarining funksional guruhlarini o'zaro ta'siri natijasida hosil bo'ladigan konformatsion tuzzilishi. Asosan oqsillalrning ikkilamchi strukturasi vodorod bog' orqali paydo bo'ladi.
Oqsillarning regular ikkilamchi strukturalariga spirallar va β-qavatlar kiradi.Spirallar tuzilishi bo'yicha xar hil bo'lishi mumkin. Kopincha spiralli strukturalar vodorod bog'lar orqali stabillashadi. Oqsillarda uchraydigan spiral strukturalarga quyodagilar kiradi:
α-spiral - oqsillarda eng keng uchraydigan ikkilamchi struktura. Spiralning to'liq bir aylanishining uzunligi 0,54 nanometr, shu masofa ichiga 3,6 aminokislotalar qoldigi sig'adi (1 aminokislota qoldigi uzunligi α-spiralda 0,15 nm tashkil etadi). α-spiral har 4 aminokislotalar qoldiglarini ortasidagi hosil bo'ladigan vodorod bog'lari bilan stabil holatga keladi. Ilk bora Laynus Poling tomonidan kashf etilgan.