Berdaq atındag’ı Qaraqalpaq Ma’mleketlik universiteti


EKONOMIKALIQ HA’M SOTSIALLIQ GEOGRAFIYA PA’NİNİN’



Download 0,86 Mb.
bet6/31
Sana19.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#392011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Экономикалык хам соц география лекция

EKONOMIKALIQ HA’M SOTSIALLIQ GEOGRAFIYA PA’NİNİN’ İZERTLEW USILLARI

Reje.

1. Ulıwma geografiyalıq usıllar

2. Tiykarg’ı ekonikalıq h’a’m sotsiallıq geografiyaga xızmet qılıwshı usıllar

3. Basqa usıllar

Har bir fan o’zining asosiy tamoyillari, tushuncha va uslubiuotiga ega. Avvalgi bobda ko’rilgan geografiya fanining tamoyillari ushbu fanning bosh tushuncha va qonuniyatlarini, maqsad va vazifalarini yoritishda asos bo’lib xizmat qiladi. Malumki, iqtisodiy va sotsial geografiya, qolaversa, butun geografiya fanining birlamchi tushunchasi rayondir. U turli darajada va yo’nalishdagi iqtisodiy va sotsial rayonlardan yoki majmualardan iborat. Biroq, iqtisodiy rayon va unga mos keladigan hududiy ishlab chiqarish majmualari, kichik miqyosga ega bo’lgan sotsial rayonlardan ancha kengroq bo’ladi. Chunki, iqtisodiy aloqalar kishilarning muntazam ijtimoiy munosabatlariga nisbatan kattaroq hududda amalga oshadi. Bu o’rinda sotsial rayon yoki muhit, hududiy majmua sifatida mahalla, turli xil kishilarning jamoasi, muayyan kasb yoki yoshiga mansub aholining hududiy birligi (sotsium) va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Garchi «rayon» geografiyaning bosh tushunchasi bo’lsada, u o’z navbatida hududiy mehnat taqsimotining natijasi hisoblanadi. İjtimoiy mehnat taqsimotining hududiy jihatini aks ettiruvchi bu tushuncha fundamental ahamiyatga egadir. Zero, hududiy mehnat taqsimoti xo’jalik tarmoqlarining turlicha tarqalishi (taqsimlanishi), joylarning malum sohaga va yo’nalishga ixtisoslashuvi, bir joyning boshqa joydan iqtisodiy tarmog’iga ko’ra farqlanishiga olib keladiki, busiz iqtisodiy geografiyaning o’zi ham bo’lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda hududiy mehnat taqsimotini iqtisodiy geografik jarayon, uning natijasida shakllangan iqtisodiy rayonlar, xo’jalik tarmoqlarining hududiy tarkibi va tizimi, ularning o’zaro joylanishi va hududiy munosabatlarini iqtisodiy geografik vaziyat deb atash mumkin. Hududiy mehnat taqsimoti ayni paytda sotsial-iqtisodiy manoga ham ega. Sabab — ishlab chiqarishning subekti, uni amalga oshiruvchisi, «egasi» avvalambor aholi, kishilardir. Aholi esa tom manoda sotsial-iqtisodiy tushuncha hisoblanadi.

Shuningdek, ijtimoiy geografiyada iqtisodiy geografik o’rin, ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimi kabi tushunchalar borki, ular ham ushbu fanning mazmun va mohiyatini to’laroq ifodalab beradi. Biroq shuni aytish o’rinliki, ijtimoiy geografiyaning mavjud asosiy ilmiy g’oyalari ko’proq uning ananaviy va etakchi qismi iqtisodiy yoki ishlab chiqarish geografiyasi dairasida yaratilgan. Sotsial-iqtisodiy geografiyaga esa qisman hududiy mehnat taqsimoti, shaharlarning iqtisodiy geografik o’rni daxldordir. Shu bilan birga sotsial geografiyaning bevosita o’ziga xizmat qiluvchi ilmiy g’oya yoki qonuniyatlar hozircha kamroq. Ular sotsiologiya, psixologiya, demografiya, etiografiya kabi fanlar bilan aloqadorlikda yaratiladi. Misol tariqasida bunga shved olimi T.Xegerstrandning (Lund maktabining) vaqt, davriy yoki joriy geografiyasini kiritish mumkin. Albatta, boshqa fanlar qatori ijtimoiy geografiyaning rivojlanishi, eng avvalo, dialektik materializm qonun va kategoriyalari bilan bog’liq. Bu o’rinda qarama-qarshiliklar birligi, miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi, inkorning inkor qonuni, makon va zamon kategoriyasi va boshqalar, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Ammo barcha fanlarga xizmat qiluvchi bunday qonuniyatlar geografiyada o’zlariniig hududiy jihati bilan namoyon bo’ladi.

Geografiyada ayniqsa ikki va undan ortiq obektlarni, hodisa va voqelikni dialektik birlik, o’zaro aloqadorlikda tahlil etish juda muhim hisoblanadi. Bu yo’sinda geojuftlar (geoparalar) to’g’risida so’z yuritish to’g’riroq bo’ladi. Masalan, tog’ va tekislik, quruqlik bilan suv, pastlik va balandlik, shahar va qishloq kabilar bunday ikkiliklarga, geojuftliklarga kiradi. Binobarin, ularni alohida-alohida o’rganish malum manoda muqobil tomondan yondashuvni taqozo etadi. Chunonchi, tog’ nimaligini tekislikda «turib» anglash mumkin va, aksincha, shaharning fazilatlarini, uning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur va to’g’ri anglash uchun bir lahza bo’lsa-da, «qishloqlik» bo’lib turish ham kerak. Xuddi shunday, qishloqning hosiyati, ularning betakror jihatlari shahar darajasidan yaxshi ko’zga tashlanadi va h. k.

Shunday qilib, qonun va kategoriya, asosiy ilmiy goya va tushunchalar har bir fan uchun zarurdir. Ularni aniqlash, o’rganish, qo’yilgan tub maqsadlarga erishish, eng avvalo, malum vosita yoki yo’llarni, turli xil metodlarni talab etadi. Bu o’rinda agar tamoyillarga amal qilinsa, metodlar qo’llaniladi; tamoyil va usul birgalikda ko’zlagan maqsadga erishishga ko’mak beradi, fanning ichki rivojlanish qonuniyatlarini, unnng taktika va strategiyasini taminlaydi, ifodalaydi.

O’z navbatida, metodlar bevosita shu fanga xizmat qiluvchi yoki barcha fanlarga tegishli bo’ladi. Masalan, geografiya fanining maxsus metodlari sifatida kartografik, geografik taqqoslash, rayonlashtirish va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ayni paytda statistik, tsikllar usuli, iqtisodiy geografik o’rin kabilar ko’proq iqtisodiy geografiyaning o’ziga xizmat qilsa, qolganlari esa nafaqat geografiyaga, balki boshqa fanlarga ham qisman tegishlidi


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish