ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 80
Dunyo miqyosida energetik xom-ashyoga bo’lgan talabning ortishi bilan asosiy
yetkazib beruvchilar o’rtasida konlar hamda neft va gaz transportirovkasi yo’nalishlarini
boshqarish uchun raqobat avj olib boradi. Uglevodorod yetkazib beruvchi
mamlakatlarning birlashish harakatlari va energetika siyosati koordinatsiyasi ushbu
tendensiyalarga o’ziga xos javob bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda kimyo sanoati xalq xo’jaligining muhim ehtiyojlari uchun
beqiyos xizmat qiluvchi - uglevodorod, mineral va boshqa xom ashyolardan kimyoviy
qayta ishlash yo'li bilan mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog'i bo’lib,
iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohasi sanaladi.
Tobora taaraqqiy etayotgan kimyo sanoati bir necha tarmoqlarga bo'lingan bo'lib,
ular orasida asosiy organik va neft-kimyoviy sintez sanoati muhim o'rin tutadi. "Asosiy"
(yoki "og'ir") organik sintez atamasi boshqa barcha organik texnologiyalar uchun asos
bo'lib xizmat qiladigan ko’p tonnali mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi.
O'z navbatida, "neft-kimyo" sintezi atamasi organik moddalar texnologiyasining neft
xom ashyosiga ko'chirilishi munosabati bilan paydo bo'ldi.
Organik xom ashyoning asosiy manbalari neft, ko'mir va tabiiy gazdir. Organik
sintez sanoati asosan shu uch turdagi qazilma xom ashyoga asoslangan.
Organik sintez sanoatining xomashyo bazasi alohida mamlakatlar va
mintaqalarning yoqilg’i-energetika balansini tuzilishi bilan uzviy bog’liqdir! Ushbu
balansda ko’mirning paydo bo’lishi o’z vaqtida kokskimyoviy zavodlarda kimyoviy
mahsulotlar ishlab chiqarishda va atsetilen olishda xomashyo bazasini shakllantirdi.
Energetika va transportning neft va gazdan qulay foydalanishga o’tilishi oqibatida
atsetilen sanoatining aksariyat jarayonlarida neftkimyoviy etilen tomonidan siqib
chiqarilsa, aromatik uglevodorodlar olish manbai kokskimyoviy ishlab chiqarish
jarayonidan neftni qayta ishlash sanoatiga almashdi.
Shu sababli, organik sintez sanoatining zamonaviy taraqqiyot darajasi
“neftkimyoviy” (yoki, olefin) sanoatining rivojlanganlik ko’rsatkichiga ko’ra
baholanadi.
NATIJALAR
Kimyo sanoatida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning
asosiy yo'llari (uning ahamiyatini pasaytirish tartibida) quyidagilardan iborat: resurs
tejamkorlik (xom ashyodan maqsadli mahsulotning rentabelligini oshirish, ishlab
chiqarish chiqindilarini / balastlarini qo'shimcha mahsulotga qayta ishlash orqali). ,
maxsus amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish (birlik quvvati oshirilgan ishlab
chiqarish korxonalarini joriy etish hisobiga), energiya iste'molini kamaytirish
(energiyani tejovchi texnologiyalarni, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanadigan
energiya-texnologik sxemalarni joriy etish hisobiga) va xarajatlarni qisqartirish (ishlab
chiqarishni kompleks avtomatlashtirish va to'liq mexanizatsiyalash orqali).
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |