Benedikt Spinoza



Download 354 Kb.
bet2/7
Sana28.07.2021
Hajmi354 Kb.
#131440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAR SOHADN BIR SHINGIL

Qiziqarli ma'lumotlar

Axborot miqdori qancha ko‘paysa, uning umri shuncha kamayadi va yana ularning orasidan chin haqiqatni topish qiyinlashadi. Buni bir yangilikni ikkinchisi bilan bemalol inkor etish holatining tobora ko‘payib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin.


Hatto uzoq yillar mobaynida shov-shuv bo‘lib, so‘ngra ularga nisbatan qiziqish asta-sekin so‘ngan mavzularni birgina ma'lumot yoki qarshi fikr bilan yangilikka aylantirish odat tusiga aylanib ulgurdi. Jurnalistika nazariyotchilaridan biri yangilikni unutilgan eskilikka qiyoslaganda, shu jihatlarni ham ko‘zda tutgan bo‘lishi, tabiiy.
XX asrning so‘nggi ellik yilida qiziqarli va o‘z o‘rnida vahimali gap-so‘zlar ufologiya fani va u bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni butun dunyoga mashhur qilib yubordi. Asosan 1970 yillardan tarqatila boshlangan ma'lumotlar noma'lum uchar jismlar (NUJ) hamda o‘zga sayyoraliklar xususida edi. Yerning qaysidir burchagiga qulagan NUJ haqidagi shov-shuvlar bir zumda sayyoramizni aylanib chiqar, natijada yangi voqelikka nisbatan munosabat shakllanardi. Kimdir hayratdan yoqa ushlasa, yana kimdir osmonning qaysidir burchagida o‘sha «tarelka»ni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini ham qo‘shib qo‘yishni unutmasdi. To‘g‘risi, ko‘pchilik bunga ishonardi. Vaqt o‘tishi bilan avj olgan muhokama va qiziqishlar olovi susayib bordi, go‘yo mazkur soha esdan chiqa boshlagan edi. Biroq yaqinda rossiyalik ufolog (NUJ muammolari bilan shug‘ullanuvchi olim) Mixail Gershteyn bu boradagi qarashlarini ommaga havola qildi. Mutaxassis boshqacha nuqtai nazar bilan unutilgan eskilikni qayta sahnaga olib chiqadi. Quyida shu voqealarning ayrimlari bilan tanishasiz.

JURNALISTCHA UYDIRMA

Bu voqea aslida shunday boshlangan edi. 1952 yilning yozida Yevropa matbuoti sahifalarini norveglar Shpitsbergen orolidan disk shaklidagi apparatni topib olishgani haqidagi mish-mishlar to‘ldirib yubordi. Bu borada birinchi bo‘lgan nemis nashri "Saarbrucker Zeitung" 28 iyun sonida shunday deb yozadi: "Norveg reaktiv samolyotlari Shpitsbergenda yozgi mashqlarni amalga oshirayotganda, harbiy havo kuchlar (HHK) kapitani Olaf Larsen nima uchundir pastga qarab yo‘l oldi va eskadrilyaning boshqa a'zolari ham unga ergashdi. Qor bilan qoplangan maydonda muz kabi yaltirab, ko‘zni qamashtirgan 40-50 metr diametrli metall disk ularni o‘ziga tortdi... 48,88 metr diametrdagi doiraviy uchar jismning ekipaji yo‘q, ustki qatlami esa noma'lum metall moddadan ishlangan edi. 46 ta avtomatik reaktiv dvigatel bir xil uzoqlikda chekkasidan markazigacha o‘rnatilgani ekspertlarni muhokamaga chorladi. Ular mazkur qurilmalar diskning masofadan turib boshqaruvini yo‘lga qo‘yish uchun xizmat qilishini ta'kidlash bilan birga uni 160 km. balandlikkacha ko‘tarilishini (Yerdan 100 km. balandlikdan kosmik kenglik boshlanadi), 30000 km. radiusgacha gorizontaliga ucha olishini aniqlashdi. Uskunalar ustida ruscha harflar bor edi".
Ufologlarning navbatdagi NUJ topilgani haqidagi ma'lumotlarida Rossiyani eslatuvchi harflar nima uchundir e'tibordan chetda qoldirildi. Faqatgina 1973 yili olim Arne Borkega Norvegiya mudofaa vazirligi arxivida saqlanayotgan ayrim hujjatlar bilan tanishish imkoniyati berildi. Ular asosan NUJ halokati haqida hukumatga yo‘llangan xat va xabarlardan iborat bo‘lib, u yerda na guvohlarning ko‘rsatmalari va na to‘liq ma'lumotlar bor edi. Shunday qilib, haqiqatni ochishga chog‘langan janob Arnega eng kerakli hujjatli qog‘ozlarni ko‘zdan kechirishga ruxsat berilmadi. Yopiq qozon shundayligicha qolib ketishiga izlanishlar baribir yo‘l qo‘ymadi. Yolg‘onlarning shu orqali misi chiqdi.
Chunki 1952 yili Norvegiya HHKda faqat "DH-100 Vampire F-84 Thunderjet" rusumli reaktiv samolyotlar (RS)dan foydalanilardi. Ularning bazasi Oslo shahridan 50 km. uzoqlikdagi Gardermeonda joylashgani hamda RSlarning biri 980 km. va ikkinchisi 1610 km. radiusgacha ucha olishini hisobga olsak, aerodromdan 2000 km. olisda yastanib yotgan Shpitsbergen orolida hech qanday yozgi mashg‘ulotlar amalga oshirilmagani oydinlashadi.
Shu tufayli germaniyalik jurnalistlar ko‘pchilikning diqqatini tortish uchun o‘sha paytda urfga kirayotgan NUJ haqidagi bu voqeani o‘ylab topganini bilib olish qiyin emas.

AZTEK AFSONASI

1948 yil martida Aztek shahri (Nyu-Meksika shtati)ga "uchar tarelka" qulab tushgani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Bu haqida ufologlardan biri o‘z kundaliklarida shunday yozadi: "Uning ichidan mahalliy aholi 16 nafar odam shaklidagi pakana mavjudotlarning murdasini topib olishdi". Gazetalar masalaga o‘shanda shunday yondashgandi: "Katta, biroz qisilgan ko‘zlar. Burun va og‘izning shakli kichkina. Tor yelkalar. Uzun, deyarli tizzagacha tushgan qo‘llar. Barmoqlar ham shunday, faqat ingichka va ularning orasidan parda o‘tgan. Kelgindilar shunday ko‘rinardi". Halokat haqidagi so‘zlar MRB (Markaziy razvedka byurosi) rahbari Edgar Guverning qulog‘igacha yetib bordi.
Mazkur voqea firibgarlikdan boshqa narsa emas edi. Uni Leo Gebauer va Sayles Nyuton kabi ucharlar "o‘zga sayyoraliklarning texnologiyasi"ni katta pulga sotish uchun amalga oshirgandi. Leo va Saylesning matbuotda bergan e'loniga uchgan denverlik millioner German Fleder neft buloqlarini aniqlashda yordam beradigan "o‘zga sayyoralik qo‘ng‘izlar"ni ishga tushiradigan detektorni 50 ming dollarga sotib olgandi. Keyinchalik, 1952 yil 14 oktyabr kuni janob millioner chuv tushganini sezib, har ikkala shovvozni sudga berdi.
Boshqacha ko‘rinishdagi "odamcha"larga keladigan bo‘lsak, ularning suratlaridan bor-yo‘g‘i ikkitasi saqlanib qolgan. Ulardan birini "Kolner Stadtanzeiger" 1950 yili o‘z sahifalarida chop etdi. Agar suratga jiddiyroq e'tibor berilsa, gumanoidning chap tarafida turgan "agent" uning uzun pardali qo‘llarini emas, balki oddiy barmoqlarni ushlab turganining guvohi bo‘lasiz. Ko‘rinishidan erkaklar ayolga bolasi o‘tirgan aravani tortishga yordam berayotgandek taassurot tug‘iladi. Fotograf bo‘lsa, ana shu suratni qayta ishlab, bolaning o‘rniga yasama gumanoid shaklini yopishtirib qo‘ygan.
Aztekda NUJning halokati shu darajada mashhur bo‘lib ketdiki, hatto kanadalik rassom Linda Korrivoning 1978 yildan 1981 yilgacha Monreal shahrida tashkil etilgan "G‘alati dunyo" ko‘rgazmasida o‘sha mavjudotlarning gil haykallarini o‘n minglab odamlar tomosha qildi. Muallif bu san'at asarini "Tushlarimda namoyon bo‘lgan odam" deya nomlagandi.

50 FUNT - STERLINGLIK NUJ

1957 yil 21 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Silfo Mur shahrida oddiy fuqaro Frenk Dikenson yorqin ob'ektning qulashiga guvoh bo‘lganini aytadi. U voqea joyida disk va uning atrofida uymalashib yurgan ikki odamni ko‘radi. Ikki noma'lum shaxs topilmani Dikensonga 10 funt-sterlingga sotishadi. 46 sm. diametrga, 23 sm. balandlikka va 16 kg. og‘irlikka ega bo‘lgan NUJning ichidan xaridor 17 ta ingichka va usti turli ierogliflar bilan qoplangan mis qog‘oz (folga) topdi. Dvigatel degan narsaning o‘zi esa yo‘q edi.
Metallurgik tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, "likobcha"ning barcha qismlari yerda uchraydigan metall turlaridan ishlangandi. Shu jumladan, 150 daraja issiqlikka bardosh beradigan va deyarli zarar yetmagan qo‘rg‘oshinli korpus. Haqiqatan esa, samodan pastga yo‘nalib, atmosfera qatlamini yorib o‘tgan jismda kuchli kuyish alomatlari ko‘zga tashlanishi kerak edi.
Manchester universiteti tilshunoslari ham "samoviy maktub"ni osonlik bilan o‘qiy olishdi. Matndan oddiy va ahmoqona so‘zlardan boshqa narsa joy olmagandi. Xususan, odamzot kosmosda sayr qilishga qodir emas, u tashvishlar yuki ostida o‘lib ketaveradi, kabi. Lekin firibgarlar NUJning qulashini qanday uyushtirganliklari ma'lum emas.

FOTOGRAF VA UNING O‘G‘LI

Amerikalik mashhur ufolog Berlits Murning "Rozuel voqeasi" kitobida ikki askar yetaklab ketayotgan va kislorodli niqob kiygan gumanoidning xira tasvirini ko‘rish mumkin. Ushbu tasvir 1950 yil 22 mayda MRB tomonidan ommaga havola etish uchun OAVga berilgandi. Aynan shu suratni rossiyalik nujshunoslar ham yaxshi ko‘rishadi. Uni MRBga topshirgan noma'lum shaxsning agent Jon Kvinga aytishicha, u AQShga Marsdan kelib qolgan mavjudotning suratini hukumatga topshirish uchun kimdandir bir dollarga sotib olgan ekan. Anonim kishining fikriga ko‘ra, gumanoid "40-yillarning oxirida" G‘arbiy Germaniyadagi Visbaden shahrida suratga olingandi.
Yuqoridagi kitob nashr etilganda germaniyalik ufolog Klaus Vebner o‘sha suratni oldin ham ko‘rganini aytib o‘tadi: "1950 yil 1 mayda navbatdagi soni bosmadan chiqqan "Viesbadener Tageblatt" gazetasidagi tasvir sifatsiz nusxadan boshqa narsa emasdi, - deydi olim. - Visbaden yaqinida NUJ qulagani haqida gaplar tarqalgach, o‘zga sayyoralikni amerikalik askarlar qo‘lga olgani, noma'lum jonzotning bir oyog‘i disk shaklida ekani, u qisqa sakrash orqali harakatlanishi hamda qo‘lidagi to‘rt barmoqda o‘ziga xos tirnoqlar borligi haqida aytishdi va bu to‘g‘rida gazetada maqola ham e'lon qilindi".
Shundan so‘ng janob Vebner nashrning o‘sha paytdagi bosh muharriri Vilgelm Shprunkel bilan suhbatlashdi. Ijodkorning aytishicha, suratni tahririyatga olib kelgan fotograf Gans Shefler o‘z o‘g‘lini hazil tariqasida shunday ko‘rinishda kiyintirib, suratga olgan. Gazeta ahli esa bundan omma e'tiborini tortish uchun unumli foydalandi. Amerikalik ofitserlar ham kelajakdagi vahima qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilish uchun o‘z askarlariga mazkur "o‘yin"da ishtirok etishga ruxsat berishdi.
Vebner esa, qayta ishlangan ana shu suratning haqiqiy nusxasini ham topishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga loyiq.

"MARSLIKNING DAFN MAROSIMI ERTAGA KUN YARMIDA..."



1897 yil 17 aprel. Aurora shahri, Texas shtati. Agar gazetalar tarqatgan xabarga ishonadigan bo‘lsak, o‘shanda Marsdan kelgan samoviy kema aynan shu sana va joyda portlab ketgandi.
"Ertalab taxminan oltilarga yaqin auroraliklar samoviy kemaning kutilmagan tashrifidan hayratga tushdilar, - deb yozadi o‘shanda "Dallas Morning" muxbiri Xeydon. - U markaziy maydonning ustidan uchib o‘tayotganda, Proktor sudi yaqinidagi shamol tegirmoniga urilib ketdi. Dahshatli portlash uni parchalab tashladi... Uning uchuvchisi taxminan bitta edi. Qoldiqlari topilmagan bo‘lsa-da, u bizning sayyorada yashamaydi. AQShlik harbiy, aloqa ofitseri T.Uimsning fikricha, halok bo‘lgan marslik edi. O‘zga sayyoralikning dafn marosimi ertaga kun yarmida o‘tkaziladi".
Mazkur matnni XX asrning yarmida jurnalistlar 1897 yillarni yaxshi eslovchi odamlarning gaplariga asoslanib, arxivdan izlab topishgandi. "Marslik" Aurora osmonida parvoz qilganida, yigirma yosh bo‘lgan mahalliy aholi vakili Oskar Loueridan bu haqida so‘rashganida, o‘shanda shaharga hech qanday zarar yetmaganini aytadi, umuman olganda, u o‘zga sayyoralik xususida pichoqqa ilinadigan biror bir faktni eslay olmagan, jurnalist Xeydon esa voqeani ipidan ignasigacha o‘zi to‘qib chiqarganini tasdiqlagandi. Shahar arxivi titkilanganda, "AQSh aloqa harbiysi" unvoni bilan qalamga olingan janob Uimsning esa armiyaga, uning ustiga astronomiyaga hech qanday aloqasi yo‘qligi hamda u temirchilik bilan shug‘ullanishi aniqlangan. Bundan tashqari, Proktor sud binosi oldida hech qanday shamol tegirmoni bo‘lmagani hamda shuning uchun "marslikning kemasi" u yerga urilishi mumkin emasligi ma'lum qilindi.
86 yoshli jurnalist, mahalliy Tarix jamiyati a'zosi Etta Pegyus bu xususida shunday deydi: "Bu uydirmadan boshqa narsa emas. Xeydon va bir guruh erkaklar shahardagi qovoqxonalardan birida o‘tirib, shu qalbaki tarixni o‘ylab topishgan. Xeydon esa mashhur to‘qimachi edi..."

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish