Bemorlarni bevosita va asbob-uskunalar yordamida tekshirish usullari



Download 463,5 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi463,5 Kb.
#770746
Bog'liq
134 Bemorlarni bevo


Bemorlarni bevosita va asbob-uskunalar yordamida tekshirish usullari. Rentgenologik tekshirish usullari
Tashxis qo‘yishda miya qutisi yoki umurtqa pog‘onasining rentgenolo-gik tekshiruvlari katta yordam beradi (kraniografiya, spondilografiya).

Spondilogrammalarda bemorning umurtqalaridagi, ularni bog‘lovchi qismlaridagi, orqa miya va vertebrobazillar tizimdagi qon aylanishini buzuvchi va turli xil og‘riqlarga sabab bo‘luvchi kasallik belgilarini aniqlasa bo‘ladi.
Kraniogrammalar kalla suyagining rentgen tasviridir. Har bir kasallik uchun o‘ziga xos kraniogramma belgilari mavjud. Masalan, miya qutisi ichining gipertenziyasi uchun quyidagi belgilar: «panja barmoqlar botirilgan» tasvir, turk egarining silliqlanishi yoki kengayishi, bolalarda miya qutisi choklarining bir-biridan ajralishi, miya qutisi hajmining kattalashishi xos bo‘ladi.
Gipofiz o‘smasi uchun quyidagi belgilar xos bo‘ladi: turk egari kattalashadi, orqa, old devori tekislanib qoladi.
Bundan tashqari, kraniografiya aksari miya qutisining singani yoki darz ketganini aniqlashda yordam beradi. Bu usul ba’zan kasallik haqida to‘liq ma’lumot berolmaydi. Bunday hollarda kontrast usullardan foydalaniladi. Rentgen kontrast usullari, odatda, neyrojarrohlik masalalarida ko‘proq qo‘llaniladi.
R entgen kontrast usullaridan rentgenografiya qilishdan oldin, likvor yo‘llariga rentgen nurlarini yaxshi to‘sib qoladigan ba’zi moddalar shox tomirlariga yuboriladi, bu usul angiogramma deyiladi.
Umurtqa pog‘onasi ichidagi o‘simtalar va boshqa o‘zgarishlarni kontrast rentgen usullari orqali tekshirish — miyelografiya deb ataladi. Miyelografiya yordamida umurtqa pog‘onasini rentgen suratiga tushirish miyelogamma deb ataladi.

Miyelografiya ikki xil: pastga yo‘naluvchi va yuqoriga yo‘naluvchi turlarga bo‘linadi. Pastga yo‘naluvchi miyelografiya o‘tkazish uchun orqa miya suyuqligidan og‘irroq bo‘lgan kontrast moddalar — lipidol, panto-pak, neyrotrast, abrozil, mayodillardan foydalaniladi. Bu moddalar, odatda, bemor o‘tirgan holatida miyaning katta bo‘shlig‘iga yuboriladi. Kontrast modda araxnoidea osti bo‘shlig‘iga tushgach, pastga yo‘nalib, likvor yo‘llarini to‘sib turgan blok ustida to‘xtaydi. Yuqoriga yo‘naluvchi miyelografiya o‘tkazish uchun kislorod yoki oddiy havo yuboriladi (pnevmomiyelografiya). Bu gazlar bel umurtqasini punksiya qilish orqali yuboriladi. Gazli pufak yuqoriga ko‘tarilib, likvor yo‘llarni to‘sib turgan blokning pastki qismida to‘xtaydi.


M iya qutisi ichida o‘smalar bo‘lsa, qorincha tizimlari qarama-qarshi tomonga suriladi, likvor inshootlari deformatsiyalangan bo‘ladi. Gidrotsefaliyada esa, miya qorinchalari kengayib, o‘z shaklini o‘zgartiradi, miya qobig‘ining chandiqlari mavjud bo‘lsa, miya qorinchalari shu chandiq tomon yaqinlashib qolganini ko‘rish mumkin. Likvor yo‘llariga kontrast modda yuborilganda, bemorning boshi og‘riydi, meningizm alomatlari kuzatiladi.
Kompyuter tomografiya — juda noyob va zamonaviy tashxis qo‘yish usulidir. Bunda kristall va gazli detektorli skanner qurilmasi yordamida miyadagi kasallangan joy o‘rganiladi. 20, 40, 60 soniya davomida skenner bemor boshini bir marta aylanib o‘tib, ma’lum masofada miya qatlamlarining rentgen nurlarini yutish qobiliyatini 160, 256, 512 marta o‘lchaydi. Bu axborot EHM qurilmaga uzatiladi va miyaning har bir qatlamlaridagi tasvir ekranda paydo bo‘ladi. Tasvirni juda qisqa vaqt (40—50 soniya) davomida olish mumkin. Bu usulning yana bir afzalligi shundaki, tasvirni fotografiya tasviriga ham tushirish mumkin. Kompyuter tomografiya usuli ko‘pgina tug‘ma qiyshayishlar, o‘smali jarayonlar, qon quyilish o‘choqlari, yiringli jarayonlar, miya qorinchalarining kengayishi, gidrotsefaliya haqidagi juda noyob ma’lumotlarni beradi.
Yadro-magnit rezonansi usuli. Bu yangi usullardan bo‘lib, oxirgi vaqtlarda qo‘llanila boshladi. Bunda ba’zi kimyoviy elementlar atomlari (vodorod, fosfor va boshq.) kuchli magnit maydonida rezonans hodisaga uchraydi. Paydo bo‘lgan elektromagnit impulslar har bir to‘qimaning o‘ziga xos tovushini beradi, bu tovush kompyuterda qayd etiladi, qayta ishlanib, ekranga tasviri tushiriladi.

Yadro-magnit rezonansi usuli ichki a’zolardagi va asab tizimidagi organik jarohatlar, o‘smali jarayonlar, parazitlar, qontomirlardagi aterosklerotik o‘zgarishlarni aniqlashda, ularga tashxis qo‘yishda katta yordam beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali insultni boshdan kechirgan bemorlarda bosh miya to‘qimasining tiklanish xususiyati ham aniqlanadi.


Neyrosonografiya usuli bola bosh miyasi kasallik holatlarini o‘rganishning yangi va zamonaviy usuli hisoblanadi. Neyrosonografiya usuli ultratovushli tashxis qo‘yish usullaridan biri bo‘lib, chaqaloqlarda prenatal va postnatal shikastlanishlar oqibatida kelib chiqqan bosh miya, uning qontomirlari va qorinchalar tizimidagi o‘zgarishlarni qayd qilishga imkon beradi.
Bu usulning afzalligi shundaki, u mutlaqo zararsiz, tekshirish uncha ko‘p vaqt olmaydi, bola nurlanmaydi. Tekshiruv, asosan, 3—7 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Neyrosonografiya usulini o‘tkazishda maxsus datchiklar bolaning katta va kichik liqildoqlariga o‘rnatiladi hamda maxsus yozuvchi moslama asosida qayd etiladi.
Neyrosonografiya usuli gidrotsefaliya, meningotsele, ensefalosele, miyaning turli qismlariga qon quyilishlar, o‘smalar, miyada qon aylani-shining buzilishlari (gemorragik infarkt) ni aniqlashda va davolashda eng zamonaviy usul bo‘lgani uchun keyingi vaqtlarda amaliyotda keng qo‘llanila boshladi.
Elektromiografiya (EMG) — mushaklar biopotensiallarini tekshirish orqali harakat apparati holatini aniqlash usulidir. EMG — mushakning harakat sohasidagi o‘zgarishni, aniqrog‘i, uning markaziy yoki periferik nerv qismida, yoki mushakning o‘z holatini aniqlashda yordam beradi. EMG orqali bu o‘zgarishlarni dastlabki bosqichda, ya’ni hali klinik belgilar yuzaga chiqmasdanoq aniqlash mumkin. Bu usul kasallikning kechishida harakat buzilishining periferik falajlik xilida boshqa o‘xshash kasalliklar bilan qiyosiy tashxis o‘tkazishda aniq ma’lumotlar beradi.
Bemordagi mushaklar faoliyatini tekshirish uchun elektromiografiya qo‘llaniladi. Elektromiografiya elektron kuchaytirgich va qayd qiluvchi tuzilmadan iborat asbobdir.
Elektroensefalografiya EEG — miya biopotensiallarini qayd qilishga asoslangan zamonaviy tekshirish usulidir. Elektroensefalografiya orqali bosh miya potensiallari qayd etiladi va ularning tasvirlari ossillografik tizim orqali siyoh bilan qog‘ozga tushiriladi. Hozirgi vaqtda bir vaqtning o‘zida miyaning turli sohalaridan biotoklar qayd etuvchi 4,8,16 kanalli elektroensefalogra-fiya keng qo‘llaniladi. Miya biotoklarini qayd qilish usuliga elektroensefa-logramma deyiladi. Bu usul orqali epilepsiya, o‘sma kasalliklari aniqlanadi. (1-rasm).
EEG ni tahlil qilganda unda bir-biridan chastotasi, amplitudasi, shakli doimiyligi bilan farqlanuvchi to‘lqinlarni ko‘rish mumkin. Tebranish vaqti va amplitudasiga ko‘ra EEG da quyidagi to‘lqinlarni farqlash mumkin:
Alfa to‘lqinlar. 8—12 to‘lqin/soniya chastotali, 40—70 mikrovolt amplitudali, ikki fazali, sinusoidal shaklli bo‘lib, ular me’yorda ensa, tepa qismlarida qayd etiladi.
Beta to‘lqinlar. 13—30 to‘lqin/soniya chastotali 10—30 mikrovolt amplitudali to‘lqinlardir. Ular miya po‘stlog‘ining motor sohasidan yozib olinadi. Bosh miya kasalliklarida EEG asosiy ritmlarining o‘zgarishi tufayli kasallik potensiallari paydo bo‘ladi:
Delta to‘lqinlar va teta to‘lqinlar-kichik chastotali (3—4 va 5—7 to‘lqin/ soniya) va katta amplitudali 50—150 va 100—250 mikrovolt to‘lqinlardir.
Turli o‘tkir uchli potensiallar (epileptik tig‘). Yakka yoki guruhli, bir yoki ikki tomonlama, bir yoki ikki bosqichli tutqanoq razryadlari.
Elektroensefalogramma yordamida quyidagi masalalar hal qilinadi:
1. Bosh miyaga diffuz tarqalgan jarayondan (yallig‘lanish) uning ma’lum qismlarida joylashgan jarayonlarni (o‘sma, abssess, gematoma) ajratib olish.
2. Bosh miya yarim sharlarida joylashgan jarayonni miyachada joy-lashgan jarayondan ajratib olish.
3. Bosh miyaning zararlangan (o‘ng yoki chap) yarim sharini aniqlab olish.
4. Bosh miyaning ichkarisida joylashgan jarayonni uning yuzasida joylashgan jarayondan ajratib olish.
5. Bosh miyaning umumiy belgilari qay darajada ekanligini aniqlash.
6. Bosh miyadagi «epileptik o‘choq» ni topish.
7. Qo‘llanilgan dori vositalarining ta’sirini nazorat qilish. REG-reoensefalografiya — miya qutisi ichiga yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok yuborish natijasida qon aylanish holati aniqlanadi. Tirik to‘qimaning elektr qarshiligi miyaning qon aylanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. REG tekshirilayotgan sohadagi tomirlarning holatini, ularning tonusini aniqlaydi.
Exo-EG-exoensefalografiya deb bosh miyani ultratovush nurlari yordamida tekshirishga aytiladi. Ultratovush nurlar bemorning boshiga tik holatda yuboriladi. Boshdan o‘tayotgan tovush nurlari o‘z yo‘nalishida har xil qarama-qarshiliklarga uchraydi va natijada, aks-sadolar hosil bo‘ladi. Bosh suyagi bilan miya chegarasida hosil bo‘luvchi qarshilik aks-sadosi va hokazolar shu jumlaga kiradi. Aks-sado tovushlari tik holatda otilib chiqqan chiziqni hosil qiladi. Bu aks-sado tovushlari ichida o‘rta chiziqdagi (III qorincha, epifiz, gipofizdan akslangan) tovushlar katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rta chiziq aks-sadosi M-exo deyiladi. Me’yoriy holatda M-exo o‘rta qismda joylashgan bo‘ladi. M-exoni o‘lchash tashxis qo‘yish uchun muhim ahamiyatga ega. Bosh miya o‘smasi, abssessi, parazitar kasalliklari, gematomasi, tuberkulomasi va boshqalarda miya o‘rtasida joylashgan III — qorincha va epifiz joyidan qo‘zg‘algan, o‘ng yoki chap tomonga surilgan holatda bo‘ladi. Bu xol M-exoning ham surilishiga olib keladi. Exoensefalografiya bosh miyadagi kasallik jarayonini topishda katta ahamiyatga ega.
Pnevmoensefalografiya usuli. Orqa miya kanali punksiyasi yoki suboksipital punksiya vaqtida subaraxnoidal oraliqqa igna orqali havo yuboriladi. Pnevmoensefalografiya qilish uchun havoni ko‘pincha orqa miya kanali punksiyasi vaqtida yuboriladi, chunki bu usul birmuncha xavfsizroqdir. Buning uchun oldin punksion igna orqali shpris bilan orqa miya suyuqligi olinadi, keyin shu shpris hajmida havo yuboriladi. Olingan suyuqlik va yuborilgan havoning hajmi 80—100 sm 3. dan oshmasligi kerak. Pnevmoensefalografiya qilinayotgan vaqtda havo yuborilgandan so‘ng bemorda qattiq bosh og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, teri rangining oqarishi, yurakning tez urishi va sovuq ter bosishi ro‘y beradi. Bular tezda o‘tib ketadi. Lekin pnevmoensefalografiya vaqtida kerakli dorilarni tayyorlab qo‘yish lozim (kordiamin, kofein, lobelin). Bosh miyada o‘sayotgan o‘smaning hajmi katta yoki u miyaning chekka qismida, yoki miyachada joylashgan bo‘lsa, pnevmoensefalografiya usuli bemorlar uchun xavflidir. Chunki punksiya ta’sirida yoki havo bosimi ostida bosh miyaning joylanishi o‘zgarib, miya ustuni faramen occipitale magnum (ensa suyagining katta teshigi)ga siqilib, ezilishi mumkin.
Ventrikulografiya usuli. Miya qutisi ichidagi bosimning haddan tashqari oshib ketganligi (ichki gidrosefaliya), miyada o‘sayotgan o‘sma hajmining kattalashganligi yoki umurtqa pog‘onasida deformatsion o‘zgarishlar yuz berganligi natijasida pnevmoensefalografiya qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda ventrikulografiya usuli qo‘llaniladi. Ventrikulografiyaning ensefalografiyadan farqi shuki, bunda 20—30 sm3 hajmdagi havo to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh miya qorinchalari bo‘shlig‘iga yuboriladi. Buning uchun miya qutisida bosh miyaning punksiya qilinmoqchi bo‘lgan qorinchasi to‘g‘risidan trepanatsion teshikcha ochiladi. Bu teshikcha orqali maxsus punksion igna bilan miya qorinchasining tegishli shoxchasi punksiya qilinib, unga igna orqali ma’lum miqdorda havo yuboriladi va buning ketidan miya qutisi rentgenografiya qilinadi. Rentgenogrammada bosh miyaning o‘sma joylashgan tomonidagi qorinchalarga havo butunlay bormaganligini yoki kam borganligini, qorinchalarning hajmi bir xilda emasligi yoki ularning asimmetrik joylashganini ko‘rish mumkin. Bu esa topik tashxis qo‘yishda yaxshi natijalarni beradi.
Gammaensefalografiya (skenner qilish). Izotopli ensefalografiya yoki skenner qilish deb, organizmga nishonlangan izotoplar yuborib, ularning nurlanishini gammaensefalografiya yordamida o‘lchab olishga aytiladi. Neyroonkologiyada indikator sifatida ko‘pincha yod izotopi ishlatiladi. Skenner qilish, asosan, perpendikular va yon proyeksiyalarda o‘lchanadi. Skenner qilish uchun organizmga radiaktiv modda yuborilib, 1—2 soat o‘tgandan so‘ng radiaktiv izotopning bosh miyada tarqalishi aniqlanadi. Skennogramma kasallik jarayonlarining joylanishi, shakli hamda katta-kichikligi haqida xabar beradi. Skenner qilish usuli, shuningdek, bosh miya qorinchalarining kengayganlik darajasi, orqa miya suyuqligi o‘tkazuvchi yo‘llarining bekilgan-bekilmaganligini aniqlashda qo‘llaniladi. Buning uchun radiaktiv modda bevosita bosh miya qorinchalariga yoki orqa miyani punksiya qilish usuli vositasida subaraxnoidal oraliqqa yuboriladi.



Download 463,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish