Bellashuv.uz
– Barcha fanlardan testlar banki
biroz murakkabroq. Ular tanasining yon tomonida maxsus teshikcha, teshikcha
tubida og‘iz teshigi, atrofida esa kiprikchalar joylashgan. Tuban ko‘p
hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm
bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali
tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta
ichak paydo bo‘lgan. To‘garak chuvalchanglarda hazm sistemasi og‘iz, halqum,
qizilo‘ngach, o‘rta ichak va orqa ichakdan iborat. Halqali chuvalchanglarda og‘iz,
halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon, oshqozon, ichaklardan iborat. Molluskalarning
ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan boshlab
halqumida muskulli til, tilning ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan.
Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib, ular yordamida oziq maydalanadi.
Bezlarning faoliyati ham kuchayadi. Baliqlardan boshlab hazm sistemasi ancha
rivojlangan. Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar joylashgan. Bu tishlar faqat oziqni
ushlab turish vazifasini bajaradi. Hazm nayi qismlarga ajralgan. Suvda hamda
quruqlikda yashovchilarning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va so‘lak bezlari yaxshi
rivojlangan. So‘lak ovqatni ho‘llaydi, lekin kimyoviy ta’sir ko‘rsatmaydi. Sudralib
yuruvchilarning ovqat hazm qilish sistemasi suvda hamda quruqlikda
yashovchilarnikiga o‘xshash, ular jag‘larida tishlar bo‘lishi va bezlarning faoliyati
kuchayganligi bilan farq qiladi. Qushlarning hazm sistemasida uchishga moslanish
imkonini beradigan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Tishlari yo‘q, ichaklari
kaltalashgan, hattoki ayrim
qushlarda o‘t pufagi ham bo‘lmaydi. Sutemizuvchilarda oziqning xilma-xilligi
tufayli hazm sistemasida moslanishlar paydo bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i burmali
lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish hisobiga hosil
bo‘lgan.
3.O‘tloq sebargasi –kapalak-baqa-ilon-ilonburgut
2000kg - 200kg- 20kg- 2kg - 0.2kg bo‘ladi.
20-bilet.
1.O‘simlik va hayvonlarning suv muhitiga moslashganligi.
2.Tirik organizmlarning o‘z –o‘zini idora etish organlari;gumoral sistemasi
evolutsiyasi.
3.Quyida berilgan organizmlar uchun o‘tloq tipidagi o‘ziq zanjirini tuzing;
Oqqayin – kapalak qurti – qizilishton---kalxat.
1. Yer yuzida tirik organizmlar uchun to‘rt xil yashash muhiti mavjud: suv
muhiti, quruqlik-havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizm muhiti (parazit va
simbiontlar uchun). Har
Kamolov Mansurjon Muhammadovich
Tel:
+998912511112
E-mail:
mansurjon1112@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |