PO‘LATLAR.
Metall qurilmalarda ko‘llaniladigan po‘latlarning sifati kuyidagi mexanik xususiyatlari: mustaxkamligi, elastikligi, plastikligi, mo‘rtlik darajasi, yukori temperaturada “okuvchanligi” bilan belgilanadi. Po‘latning sifati uning payvandlanuvchanligi bilan xam belgilanadi. Payvandlanuvchanlik po‘latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chikarish texnologiyasiga boglik. Po‘latning qurilmada ishonchli ishlashiga va uning kuchlanganlik xolatiga qurilmaning shakli, tashki ta'sirning (kuchning) turi, mikdori, yo‘nalishi va ta'sir tezligi, muxitning temperaturasi katta ta'sir ko‘rsatadi.
Mustaxkamligi bo‘yicha po‘latlar shartli ravishda 3 guruxga bo‘linadi:
1. mustaxkamligi oddiy kam uglerodli po‘latlar;
2. mustaxkamligi yukori bo‘lgan po‘latlar;
3. o‘ta yukori mustaxkamlikdagi po‘latlar.
SNiP II-23-81* (loyixalash normalari. Metall qurilmalar) ga muvofik po‘latlarning turlari bir - biridan muvakkat karshiligi, okuvchanlik chegarasi va boshka bir kator mexanik xususiyatlari bilan fark kiladi. Po‘latlar tarkibidagi uglerod turli ko‘shimcha metal va metallmas moddalarning mikdori, ko‘yish usuli, kizdirib ishlov berilganligi bilan xam bir-biridan fark kiladi.
YUkorida aytilgan ikki gurux po‘latlar bilan batafsilrok tanishib chikaylik.
MUSTAXKAMLIGI YUKORI PO‘LATLAR.
Kurilishda po‘latni tejash yo‘llaridan biri - mustaxkamligi yukori po‘latlar ishlatishdir.
Po‘latlarning mustaxkamligini oshirishning asosan ikki xil usuli bor: yukori temperaturada ishlov berish va legirlash.
YUkori temperaturada ishlov berishdan asosiy maksad po‘latning atom tuzilishini uzgartirish va zarralarini maydalashtirishdir. Bu jarayon natijasida po‘latning elas-tikligi bir oz kamaygani xolda mustaxkamligi va okuvchanlik chegarasi ortadi. YUkori temperaturada ishlov berishning asosiy turlari: toblash, normalash va bo‘shatish.
Toblash po‘latni austenit tuzilish xosil bo‘lguncha ( g - temir) yukori temperaturada (910 gradus S dan yukorida) kizdirib, keyin tezlik bilan sovitishdan iborat. Bunda po‘latning mexanik xususiyatlari ancha yaxshilanadi. Normallashda toblangan yoyma po‘lat kaytadan austenit tuzilishi xosil bo‘ladigan temperaturagacha kizdirilib, keyin xavoda sovitiladi. normallash natijasida po‘latning tuzilishi ancha yaxshilanib, ichki kuchlanishlar yo‘koladi, bu esa o‘z navbatida po‘latning mustaxkamligi va plastik xususiyatlari, zarbga chidamliligi ortishiga olib keladi. Bo‘shatish - bu po‘latni austenitning faza o‘zgarishlari temperaturasidan yukori temperaturagacha (273 gradus S) kizdirib, keyin sovutishdan (xavoda eki suvda) iborat. Bunda po‘latning mo‘rtligi kamayib, zarbaga chidamliligi ortadi. Po‘latning mustaxkamligini l e g i r l a sh orkali oshirishda po‘lat tarkibiga legirlovchi elementlr kiritiladi, ular temir bilin kattik karbidlar, nitridlar va boshka birikmalar xosil kilib, po‘latning xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Turli xil moddalar po‘latning xususiyatlariga turlicha ta'sir ko‘rsatadi:
uglerod (U) mustaxkamlikni oshirib, plastiklikni kamaytiradi, payvandlanish xususiyatlarini birmuncha yomonlashtiradi. SHu sababli uning po‘lat tarkibidagi mikdori cheklangan bo‘lishi kerak (0,22% gacha);
marganets (M) mustaxkamlikni oshiradi va po‘latga aralashgan oltingugurt (S) bilan birikib, uning zararli ta'sirini kamaytiradi. Ammo marganets mikdori 1,5% dan ortib ketsa , po‘latning murtligi ortib ketadi:
vannadiy (V) , xrom (Cr), molibden (Mo) ,bor (V) va boshkalar bilan legirlash po‘latning mustaxkamligini oshiradi.
Turli toifali po‘latlarning kimyoviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda kuyi-dagi belgilash tartibi kabul kilingan: dastlabki ikkita rakam foizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha mikdorini ko‘rsatadi, xarflar esa po‘latning tarkibiy kismini tashkil etuvchchi kimeviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi: marganets (G), kremniy (S), xrom (X) , nikel (N), mis (D), bor (R), vannadiy (F), molibden (M), azot (A), titan (T), alyuminiy (YU), fosfor (P). Xarfdan keyingi rakamlar esa shu elementning foiz xisobidagi mikdorini ko‘rsatadi. Agar bu mikdor 1 % kam bo‘lsa , u ko‘rsatilmaydi. Po‘latning tarkibiga kirgan ko‘shimcha elementlar mikdori 0,3 % dan kam bo‘lganda xam ular belgida ko‘rsatilmaydi.
Masalan, 14 GS toifali po‘lat tarkibida o‘rtacha 0,14 % uglerod va jami 2 % gacha marganets bilan kremniy bo‘ladi.
qurilmalarda mustaxkamligi oshirilgan po‘latlar ishlatilganda oddiy kam uglerodli po‘lat ishlatilgandagina nisbatan metall 20...25 % gacha, yukori mustaxkamli po‘latlar ishlatilganda esa 25... 50 % gacha tejaladi. Ammo mustaxkamligi oshirilgan va yukori mustaxkamli po‘latlarning tannarxi oddiy kam uglerodli po‘latnikiga nisbatan bir muncha yukori bo‘ladi.
YOg‘och
YOg‘och- bebaho qurilish materialidir. YOg‘och materialining zahirasi MDH davlatlari ichida Rossiya xududida eng ko‘p edi va shuning uchun ilgari ham, hozirda ham juda ko‘p mamlakatlarga yog‘och materialini asosan Rossiya eksport qiladi, shu jumladan O‘zbekiston respublikasi qurilishlarida ishlatiladigan sara yog‘och materiallari ham asosan Rossiyadan olinadi.
YOg‘och materiallari asosan ikki turdagi daraxtlardan olinadi: igna bargli va yaproqli.
Qurilishdagi yog‘och konstruksiyalari asosan igna bargli yog‘och daraxtlaridan tayyorlanadi. Bular qarag‘ay, qora qarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay va kedrlardir.
O‘rmonchilik xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan yaproqli yog‘och daraxti - bu oq qayindir. Eman, qayrag‘och, tog‘terak zaxiralari endi ko‘paytirilmoqda. Oq qayin va tilog‘ochlar fanera tayyorlash sanoatida asosiy xom-ashyo materiallari hisoblanadi.
Qurilishda ishlatiladigan yog‘och materiallarini ko‘rinishi bo‘yicha asosiy ikki turga bo‘linadi(4-rasm): doirasimon va qirrali.
4-rasm. YOg‘och materiallari:a)-arralangan; b)- doirasimon; 1-taxtaning keng yuza tomoni; 2-uchidagi yon tomoni; 3-qalinligi yon tomoni; 4-qirrali yog‘och; 5-qalin taxta; 6-yupqa taxta; 7-reyka; 8-yog‘och xoda; 9- bir tomoni tekis xoda ; 10-kantlangan xoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |