KASALLIKNI OLDINI OLISH
Kasallikni oldini olish uchun tanani chiniqtirish, immunitetni oshirish tavsiya etiladi. Eng muhim usuli kasallangan odamlar bilan aloqa qilishni oldini olishdir. Umumiy tavsiylar esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Qo’llarni tez-tez va yaxshilab yuvish — bu ifloslangan sirtlarga tegib ketgan qo’llarni viruslardan halos qiladi;
Potensial ifloslangan sirtlarni yoki shaxsiy buyumlarni dezinfektsiya qilish, sochiq yoki boshqa shaxsiy narsalarni umumiy qilib ishlatmaslik;
Oila a’zolaridan biri shamollagan bo’lsa, idishlarini alohida qilish;
Turmush tarzini o’zgartirish, masalan, chekishni to’xtatish va stressni nazorat qilish shamollashga nisbatan sezgirlikni kamaytirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda bu kasallikka qarshi samarali vaktsina kashf qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |