Loyihani qaytarish muddati (Oy.)
1
Loyihani ishlab chiqish qiymati
1 000 000 000 sum
100 000 $
Kerakli loyiha investitsiyasi
1 000 000 000 sum
100 000 $
O'z mablag'lari
Mavjud emas
Yakuniy mahsulot va dizayn hajmi
Биргина география фани учун 5000, бошқа турдош фан йўналишлари учун 3000 нусха.
Hozirgi holat
Атлас 95 % тайёр. Фақатгина муқовасини ва 2 та бетини ёзуви қолган.
Qo'shimcha ma'lumotlar
Атласни рус тилида тайёрланганлиги, уни қўшни ва МДҲ давлатларига экспорт қилиш имкониятини бера олади.
Loyihaning nomi
“Alisher Navoiy” veb-sayti
Ilmiy yo‘nalishi
Veb-sayt
Annotatsiya (800-1000 ta so‘z bilan loyihaning maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar va tatbiq etish rejalari haqida).
Maqsadi :
Ma’lumki, hozirgi shiddatli zamon insonlardan kuchli intellektual salohiyatga ega bo‘lishni, har bir masalani o‘z tafakkuri doirasida mustaqil hal eta olishni talab qilmoqda. Bu esa har bir kishining adabiyot va san’atning mukammal durdonalari bilan yaqindan tanish bo‘lishi lozimligi bilan izohlanadi.
Shu maqsadda, o‘zbek adabiyotining gultoji, jahon adabiyotining mukammal durdonalari – Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga yetib borishi, til va mavzu ko‘lami murakkabligi nuqtayi nazaridan yetuk adabiyotshunoslar tomonidan qilingan tahlillarning taqdim etilishi uchun “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratish zarur. Zero, hozirgi globallashuv va axborotlashuv asrida har bir loyiha foydalanuvchiga elektron shaklda yetkazilishi juda qulay va samarali ekanligi barchaga ayon.
Shuningdek, loyiha Navoiy asarlarining to‘la sifatli elektron variant yaratilmaganligi tufayli mazkur veb-sayt asosida o‘quvchilarga adabiyotlardan tez, natijali va qulay shaklda foydalanish imkonini yaratishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Navoiy asarlari dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilsa-da, keng kitobxonlar ommasi, sharq adabiyoti shaydolari uchun Navoiy asarlarining rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda taqdim etilmagan. Navoiy ijodini xorijda samara targ‘ib qilish loyihaning yana bir muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha, shuningdek, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni berishni ham ko‘zlagan bo‘lib, veb-sayt aruz va mumtoz poetika qonun-qoidalari, navoiyshunoslikning fundamental bilimlari, xorijlik va o‘zbek olimlarining Navoiyga bag‘ishlangan maqolalarini ham o‘zida jamlaydi.
Vazifasi :
1. “Alisher Navoiy” veb-saytini yaratishning texnik xaritasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilar uchun sodda va qulay ishlovchi veb-saytni taqdim etish.
2. Veb-saytda “Bosh sahifa”, “Nasr”, “Nazm”, “Navoiyshunoslik”, “Aruz”, “Maqolalar”, “Yuklamalar”, “Aloqa” kabi bo‘limlarni tashkil qilish. Foydalanuvchilar tomonidan veb-saytda jamlangan ma’lumotlarni tizimli ravishda izlab topish imkonini berish.
3.Har bir bo‘limga sifatli va asosli ma’lumotlarni kiritish. xorijlik va o‘zbek tadqiqotchilari, kitobxonlar, sharq adabiyoti qiziquvchilari uchun sifatli axborotni yetkazib bera olish.
4.Har bir asarning lotin va kirill alifbosidagi variantlarini yaratish. Bu orqali veb-saytdan foydalanish auditorisini kengaytirish, ham kirill, ham lotin yozuvida savod chiqargan avlodni veb-saytdan foydalanishlariga erishish.
5.Veb-saytni o‘zbek, ingliz va rus tillarida yaratish. Jahonga o‘zbek mumtoz adabiyoti durdonalarini keng targ‘ib qilish.
6.Veb-saytning mobil versiyasini yaratish. Bu orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlardan qulay va istalgan shaklda foydalana olish imkoniyatini yaratish.
Natijasi :
Alisher Navoiy asarlarining yurtimiz va xorijdagi ko‘p sonli o‘quvchilar qo‘liga elektron, sifatli va ishonchli ma’lumotlar bazasi – veb-sayt shaklida yetkazish, mazkur asarlarning rus va ingliz tillaridagi tarjima variantlari alohida to‘plangan shaklda jahon ommasiga berish, xorijlik foydalanuvchilarga Navoiy ijodi namunalari bilan birga o‘zbek mumtoz adabiyotining umumiy qoidalari, nazariy maqolalar, Navoiy hayoti va ijodiga doir umumiy bilimlarni taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |