Bektosheva Farangiz abdulla qodiriyning o`tgan kunlari va


Qodiriyning soʻnggi istagi



Download 1,35 Mb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#272583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qodiriy

Qodiriyning soʻnggi istagi

Oʻsha mashʼum kun Julqunboyning koʻkragiga oʻq qadalgan kecha, Irfon akaning tasdigʻicha bobosi Qodiriy uni otishga shaylangan askardan soʻnggi iltijo sifatida uning tunuka idishdagi suvini soʻraydi.

Askarni hayron qoldirib, Qodiriy suvni ichmaydi. U oʻsha bir kaft suv bilan tahorat oladi va ikki rakat nafl namozini oʻqib keyin uni otaverishi mumkinligini aytadi.

Askarning aytishicha Qodiriy oʻlimdan qoʻrqmagan, kiprik ham qoqmagan.


O`tgan kunlar” ziyosi


Ulkan iste’dod sohibi bo‘lgan Abdulla Qodiriy (Julqunboy) nainki ulug‘ adib, shu bilan bir qatorda faol jurnalist, otashnafas publitsist sifatida ham o‘zining betakror mahorat maktabini yaratgani Jurfak talabalarida katta qiziqish uyg‘otadi. Adibning jurnalistlik faoliyati qanchalik jo‘shqin bir tarzda kechganini quyidagi bitiklaridan ham anglash mumkin:
«Har holda bemavridroq bo‘lsa kerak, kambag‘al, bog‘bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada ... tug‘ilg‘onman,– deb yozgan u o‘z tarjimai holida,– Yoshim to‘qqiz-o‘nlarga borg‘ondan so‘ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o‘qib, keyin vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o‘n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo‘jayinim o‘zi savdogar kishi bo‘lub, o‘rischa yozuv-chizuv bilaturg‘on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo‘lsa kerak, meni o‘ris maktabga yubordi... 1912 yilda manfaktur bila savdo qiluvchi bir kishiga yiliga 50 so‘m barobariga prikazchik bo‘lub kirdim...
Shu miyonalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadirg‘on gazetalarni o‘qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim. 1913 yilda o‘zbekcha «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag‘och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‘ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg‘animni o‘zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg‘on hikoya va ro‘monlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyachani yozib noshir topilmag‘onidan, o‘zim nashr qilib yubordim...
1918 yil boshlarida eski shahar oziq komiteti boylar qo‘lidan olinib, komitetning raislig‘iga o‘rtoq Sultonxo‘ja Qosimxo‘jayev tayin qiling‘on edi va men mazkur komitetning o‘zbekcha sarkotibligiga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan chiqarilmoqchi bo‘lg‘on «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo‘lib tayinlandim...
Shu kungacha Sho‘ro idoralarida qilgon xizmatlarimni birma-bir sanab o‘ltirishim uzoqqa cho‘ziladurg‘on bo‘lg‘onlikdin mundan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan kifoyalanaman: «Ro‘sto» devoriy gazetasiga muxbir bo‘lib, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida sotrudnik... «Mushtum» jurnalining muannisi va tahririya a’zosi bo‘lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o‘tgan yetti yil orasida Sho‘rolar hukumati va firqadan bir og‘iz tanbeh olmadim. Xulosa – boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo‘lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravshandir... Ishchi-dehqonlar yozg‘on asarlarimni suyunib o‘qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o‘qirlar va unutmaslar...»
Qator adabiyotlarda qayd etilishicha, bo‘lg‘usi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlangan bo‘lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To‘y» (1914-1915) kabi she’rlari «Oina» jaridasida bosilib chiqqan edi. U o‘z millatini ma’rifatga chaqiradi, ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz kuyov» (1915) nomli fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o‘z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi.
1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistika yo‘nalishida tahsil olib qaytgach, «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo‘lib ishlay boshladi. Uning «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» va «Kalvak mahzumning xotira daftaridan» turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosilib bordi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O‘tgan kunlar» romani uchun material yig‘ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o‘zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O‘tgan kunlar» uch bo‘lim holida kitob» bo‘lib nashr etildi.
Qatag‘on siyosati avji pallasiga chiqqan 1937 yilning 31 dekabrida u qamoqqa olindi. «Menga qo‘yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman. Agar otmoqchi bo‘lsalar, ko‘kragimni kerib turaman...» degan so‘zlaridan mard va jasur adibning qanchalik nohaqlik qurboniga aylanini anglash qiyin emas.
Ming afsuski, elimizning ardoqli farzandi, ulug‘ adib Abdulla Qodiriy 1938 yil 4 oktabrda otildi.
Zamona o‘zgarishlari asnosida uning asarlari 1956 yildan boshlab yangidan nashr etilaboshlandi.
Yurtimizda istiqlol harakati davom etayotgan 1990 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Farmoni bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etildi. 1991 yilda esa Abdulla Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi.
Qator manbalardan olingan yuqoridagi ma’lumotlar bo‘lg‘usi jurnalist va adiblar uchun beqiyos mahorat maktabi hisoblanadi. Faqat, uni talabalar teran nigoh o‘qib-o‘rganishlari zarur.
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi mahorat darsida atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Abdulla Qodiriy qahramonligi” sarlavhali badiasi (adibning 2001 yilda “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan “Qalb ko‘zlari” badialar, o‘ylar, esdaliklar to‘plamidan o‘rin olgan) o‘qib o‘rganildi.
Mazkur badiada adib hayoti va ijodi teran tahlil etilgan. Bo‘lg‘usi jurnalistlar bu badiani o‘qib-o‘rganish asnosida shunday ulug‘ siymolar haqida yozish mahoratidan ham saboq oladilar.
Badiada bitilgan quyidagi satrlarni mutolaa qilar ekansiz, daho adibning ulug‘vor siymosi ko‘z oldingizda namoyon bo‘laveradi:
“Abdulla Qodiriy tug‘ilganda Turkiston chorizmning xomashyo bazasiga va tayyor mahsulotlarini keltirib sotib, katta daromad oladigan bozoriga aylangan edi. Qaramlik dardi, mute’lik azobi milliy ongni uyg‘otgan bo‘lsa ham haqiqatni aytish qiyin, oq podsho nazorati sal bosh ko‘targan milliy gazeta va jurnallarni taqiqlab, yopib tashlar edi. Keyinchalik Abdulla Qodiriy chor jandarmlarini «til bo‘g‘makorlari» deb atagani bejiz emas. Oktabr inqilobi va yangi tuzumni katta umidlar bilan kutib olgan adib yillar o‘tishi bilan dastlabki berilgan va’dalar yolg‘on ekanini sezadi. Ayniqsa, Stalin davri boshlangandan so‘ng taqiq va tazyiqlar yana kuchayib ketadi. So‘z boshqa, ish boshqa, milliy mustaqillik og‘izda bor, amalda yo‘qolgan edi.
Abdulla Qodiriy «Millatimga» deb agalgan ilk she’ridayoq xalqning asl jonkuyari bo‘lib maydonga chiqqan edi. Yigirmanchi yillarda avjlangan riyokor mafkura nuqul o‘tmishga tosh otib, tarixni qoralab turgan paytlarda Qodiriy birin-ketin ikkita tarixiy roman yozganligi uning naqadar botir inson va jasoratli njodkor bo‘lganinn barala ko‘rsatdi.
Milliy istiqlol – shu millatga mansub bo‘lgan ilg‘or va fozil kishilarning fikrda, so‘zda, ishda chinakam mustaqil bo‘la olishlaridan tarkib topadi.

Abdulla Qodiriy, avvalo, hayotda o‘z mustaqil yo‘lidan yurgan nodir siymo edi. U har xil pastu baland adabiy oqimlarga qo‘shilmadi, ijoddan vaqt orttirsa bog‘bonlik qildi, musulmon farzandi sifatida namozini tark etmadi.
Ijodda ham Abdulla Qodiriy dilidagi milliy ruhni to‘liq ifoda etadigan mustaqil badiiy shakllar kashf etdi. Akademik Bertels jahondagi beshta romanchilik maktablari qatoriga Abdulla Qodiriy yaratgan yangi o‘zbek romanchilik maktabini ham qo‘yganligi bejiz emas. Bu romanchilik maktabidan ulkan qozoq adibi Muxtor Avezov ham ta’lim olgan. Turkman adibi Xidir Deryayev Abdulla Qodiriyni o‘zining ustozi deb bilgan. Chunki bu qardosh turkiy xalqlar bilan bizning tariximiz ham, taqdirimiz ham o‘xshashdir.
Biz «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlariga bugungi istiqlol g‘oyalari nuqtai nazaridan yangicha yondashmog‘imiz kerak. Ana shunda haligacha baralla aytilmagan bir haqiqatni – Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlarida o‘zbek xalqining mustaqil davlat bo‘lib yashagan davrlarini teran bir qo‘msash bilan tasvirlaganini payqaymiz. Mustaqil davlat hududida yashagan davrlarimizda xalqimiz Otabekday, Anvarday, Kumush va Ra’noday jozibali qiyofalarga, go‘zal ma’naviyatga ega bo‘lganligi ko‘z oldimizda bor bo‘yicha gavdalanadi. Bu romanlarni sevib o‘qigan kitobxonlar mustamlaka zulmidan va qaramlik balosidan xoli yashagan zamonlarimizni qayta boshdan kechirganday bo‘ladi.
Qadimdan Turkiston deb atalgan bu diyor o‘zining uch ming yillik tarixi davomida faqat ma’lum bir asrlarda chetdan kelgan Qutayba, Chingizxon, chorizm kabi fotihlarga qaram bo‘lib yashagan bo‘lsa, qolgan asrlarda tagjoy xalqlarga mansub bo‘lgan mustaqil davlatlar hududida hayot kechirgan-ku. Demak, biz asrlar davomida chetdan kelgan fotihlarga mute’ bo‘lish, xomashyo bazasiga aylanish nimaligini bilmay yashaganmiz. Otabek va Kumushbibi davrida xalqimiz o‘ziga kerakli barcha oziq-ovqatlarni, kiyim-kechaklarni, barcha ro‘zg‘or buyumlarini o‘zi ishlab chiqargan. Iqtisod mustaqil, ma’naviyat va siyosat mustaqil bo‘lgan. Keyingi iqtisodiy qaramlik va uning asosiga qurilgan ma’naviy mutelik mustamlaka zamonlarining oqibatidir.
Abdulla Qodiriyning suyukli qahramoni Otabek mustamlakachilarga qarshi jangga kirib halok bo‘lgani ham tasodif emas. Zamon taqozosi bilan adib bu jangning tafsilotlarini tasvirlamaydi. Lekin Otabekning Avliyo ota tomonlarda chor askarlari bilan jang qilgan vatanparvarlarning oldingi safida turib halok bo‘lganini o‘qir ekanmiz, uning milliy mustaqillik yo‘lida jon bergan botirlardan ekanini dil-dildan his qilamiz.
Otabek siymosida Abdulla Qodiriy o‘z fojiaviy o‘limini oldindan bashorat qilganday bo‘ladi. Chunki «O‘tkan kunlar» yozilgan yigirmanchi yillarda O‘zbekistonni avvalgidan ham shafqatsizroq tutqunlikka solish harakatlari tobora kuchayib bormoqda edi.
Mustaqillik tuyg‘usi behad kuchli bo‘lgai adib «Mushtum»da bosilgan qator hajviyalarida sho‘ro davriga xos nojo‘ya harakatlarga qarshi chiqadi va buning uchun birinchi marta 1926 yilda qamoqqa olinadi. Adib nohaq zulm o‘tkazganlarga qarshi isyon ko‘tarib, turmada ochlik e’lon qiladi. Har qalay, u yillarda hali oshkoralik tugab bitmagan ekan. Adibning ochlik e’lon qilgani matbuot sahifasida yoritiladi. «O‘tkan kunlar»ni sevib o‘qigan o‘n minglab muxlislar adib taqdirini o‘ylab, qattiq hayajonga tushadilar. Shifokorlar gazetaning har sonida adibning salomatligi haqida maxsus axborot berib boradilar. Butun xalq Qodiriyning mardona olishuvini iztirob bilan kuzatadi. Ochlik o‘ninchi, o‘n birinchi, o‘n ikkinchi kunga o‘tadi. Matbuot qisqa-qisqa xabar berishda davom etadi. Abdulla Qodiriyning ochligi o‘n uchinchi kundan o‘n to‘rtinchisiga o‘tganda afkor ommaning hayajoni avjiga chiqadi. Portlash yuz berishi mumkinligini sezgan ma’murlar chekinishga majbur bo‘ladilar. O‘n to‘rt kun tuz totmay och yotgan adibning begunohligi uning sudda so‘zlagan otashin nutqidan ma’lum bo‘ladi. Abdulla Qodiriy bu tengsiz kurashdan g‘olib chiqadi va ozod etiladi.
Ko‘rinib turibdiki, ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning betakror romanlari bilan bir qatorda uning otashnafas publitsistikasi, jurnalistlik faoliyati ham bo‘lg‘usi jurnalistlar uchun katta saboq, o‘ziga xos mahorat maktabidir.
Eng muhimi, o‘zligimizni yanada teranroq anglashda Abdulla Qodiriyning tengsiz ma’naviy, ijodi merosi biz uchun bamisoli yorqin ko‘zgudir.

O`tgan kunlar ” saboqlari




Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish