Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: 90.186.49.49
Siz tomondan nazarda tutilgan er maydoni Havzi Qozi Kalon ko‘chasi
38-uy hamda I.Buxoriy nomidagi 7-son MFYning binosi oralig‘ida joylashgan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qaroriga asosan er maydonini bo‘yicha xulosa berishni so‘rab murojaat etgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan mazkur tanlangan er maydoni bo‘yicha Madaniy meros agentligidan xulosa olishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ilova:______ varoqda
Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: 90.186.49.49
Buxoro viloyati hokimligiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Er uchastkalarini davlat va jamoat extiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash tug‘risida”gi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Buxoro tumani Rabotiqalmoq MFY Bunyodkor ko‘chasida 528 o‘rinli o‘quv binosi va sport zali hamda Peshku tumani Qoraqalpoq; MFY Arbobxoji qishlog‘ida 528 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 12x24 o‘lchamdagi sport zali qurish uchun tanlangan er uchastkalari bo‘yicha Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasining qo‘shimcha taklif va e’tirozlari mavjud emasligini bildiramiz.
Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: 90.186.49.49
Buxoro tumani Raboti-poyon MFY Raboti-poyon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Safarovga
Sizning 2021 yil 6 oktyabrdagi Buxoro tumani Raboti-poyon qishlog‘ida joylashgan eski masjidga aniqlik kiritish maqsadida yozgan arizangiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganib chiqildi.
Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan Buxoro viloyatida jami 829 ta ob’ektlar davlat muhofazasiga olingan.
O‘rganishda, Buxoro tumani Raboti-poyon MFY, Raboti-poyon qishlog‘ida joylashgan eski masjid yuqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olmagan. Biroq, masjid gumbazli, kvadrat shaklda 6.30x6.30 metr qilib, eski obi g‘ishtdan qo‘rilgan. Devorining qalinligi taxminan 0.8 metrni tashkil qiladi. Masjid mexrobining yuqori qismida fors tilida yozuv bitilgan.
Shunga ko‘ra, Buxoro tumani Raboti poyon qishlog‘ida joylashgan mazkur masjid tarixiy-badiiy qimmatga ega ekanligini inobatga olib, davlat muhofazasiga olinishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |