Ilova ____ varaqda
Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65.220.02.19
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri o‘rinbosari-Madaniy meros agentligi direktori Sh.A.Nurullaevga
Hurmatli Shaxriyor Axtamovich,
Buxoro tumani, Shergiron MFY hududida joylashgan “Chor Bakr” majmuasi (tarkibida 33 ta ob’ekt mavjud) XVI-XX asrlar mansub madaniy meros ob’ekti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan davlat muhofazasiga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil
28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qaroriga 11 bandi davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini «Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi» va «Ipak yo‘li: Farg‘ona-Sirdaryo havzasi» nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha topshiriqlar belgilangan.
Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini «Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi» nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha viloyatimizda joylashgan “Poykent”, “Varaxsha” va “Vardonze” arxeologiya ob’ektlari hamda “Chor Bakr” va “Baxouddin Naqshband majmualari”, “Vobkent minorasi” hamda “Chashmai Ayub” arxitektura merosi ob’ektlarini YuNESKOning Umumjaxon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda YuNESKO Umumjaxon merosi markaziga taqdim etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriga asosan ob’ektning bufer zonasidan YERELEKTRON” ATTga 6 ta B1706207-88421, B1706207-88430, B1706207-88403, B1706207-88399, B1706207-87377 va B1706207-87378 unikal raqamli er uchastkalari qo‘yilgan bo‘lib, shundan, B1706207-87377 va B1706207-87378 unikal raqamli er uchastkalari auksion orqali sotilgani aniqlandi.
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 63-bandiga muvofiq Auksiondan chaqirib olish “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan buyurtmani bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi deb belgilangan. Shunga ko‘ra viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan
B1706207-88421, B1706207-88430, B1706207-88403, B1706207-88399 unikal raqamli 4 ta er uchastkalarini auksiondan chiqarib olishda amaliy yordam berishni so‘rab, Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2022 yil
7 yanvardagi 03-m/21-sonli xat orqali murojaat etilganligini ma’lum qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |