2.2 Ishlov berish
Ishlov beriladigan yuzalarga qarab, brusoklar xoninglash kallagining sirtqi yoki ichki yuzalariga o`rnatiladi va mahkamlanadi. Brusoklar soniodatda, uch karrali qilib olinadi. Xoninglashda elektrokorund brusoklari (po`latga ishlov berishda) va kremniy-karbid brusoklari (cho`yanga va rangdor metallarning qotishmalariga ishlov berishda) ishlatiladi. Xoninglash brusoklari metall bog`lovchili, mayda olmoslardan ham tayyorlanadi. Olmos brusoklarning turg`unligi abraziv brusoklarnikiga qaraganda 100—120 baravar yuqori bo`ladi va ular yuqori unumli ishlov berilgan yuzaning aniqligi va tozaligini ta`minlaydi. Xoninglash jarayonida xon ishlov berilayotgan tayyorlanma o`qi bo`ylab bir vaqtning o`zida ham aylanma harakat, ham ilgarilanma-qaytar harakat qiladi. Xon 45—65 m/min tezlik bilan aylanadi, ilgarilanma-qaytar xarakat tezligi 10—20 m/min bo`ladi. Xoninglash uchun qoldiriladigan quyim, ishlov beriladigan materialga qarab qalinligi 0,01—0,08 mm bo`ladi. Xoninglangan yuzaning tozaligi 12, hatto 13— sinfga, aniqligi esa 1 va 2- klassga to`g`ri keladi. Xoninglash vaqtida sovitish suyuqligi ko`p (50 l/min gacha) berib turiladi. Sovutish suyuqligi sifatida 80—90 % kerosin va 20—10 % mashina moyidan iborat aralashma ishlatiladi. Superfinishlash (nafis dovodkalash) — ishlov beriladigan detalda juda toza yuza hosil qilish uchun maxsus golovka yordamida nozik abraziv dovodkalashning bir turidir. Nozik dovodkalash uchun oq elektro-korunddan, yashil kremniy-karbiddan, keramika yoki bakelit bog`lovchi asosida tayyorlangan abraziv brusoklar ishlatiladi. Brusoklarning donadorligi standartga ko`ra, 3—5 MK bo`ladi. Nozik dovodkalash usulida toblangan po`lat, toblanmagan po`lat, cho`yan, rangdor metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallarning doirasimon, yassi, konussimon (ko`pincha sirtqi); yuzalariga ishlov berishda foydalaniladi. Tayyorlanma superfinishlanishdan oldin jilvirlanishi kerak. Superfinishlashning mohiyati shundan iboratki, bunda abraziv brusoklar aylanayotgan tayyorlanma yuzasi yoki golovka bo`ylab, minutiga 5—15 m tezlik bilan ilgarilanma-qaytar harakatda, shu bilan birga, chastotasi minutiga 200 dan 2000 qo`sh yurish va amplitudasi 1—6 mm bo`lgan tebranma harakatda bo`ladi, brusoklarning siljish tezligi 0,1—1,1 m/min bo`ladi. Nafis dovodkalashda ishlov berilayotgan yuza ozgina kuch bilan siqiladi, buning natijasida tayyorlanma qizimaydi va tayyorlanmaning yuza qatlami juda oz darajada deformatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |