Ўбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI » fani bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari



Download 4,88 Mb.
bet12/106
Sana25.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#408696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
1-20 texnologiya

3. «INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI » fani bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ta’lim texnologiyasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.

Qo’llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilar mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi.

Qo’llanmada keltirilgan tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.

Bu ishlarni amalga oshirishda o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi vazifalari alohida e'tiborga loyiqdir. Hozirgi kunda ta'lim tizimida yangi bosqich bo`lgan kasb-hunar ta'limini zarur mе'yoriy hujjatlar, zamonaviy tеxnika va tеxnologiyalar bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan, O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan «O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti» va «O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari davlat ta'lim standarti» tasdiqlandi. Ularda ko`rsatib o`tilganidеk, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilariga qo`yiladigan fundamеntal fanlar va aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lish, kompyutеr va tеlеkommunikatsiya vositalaridan foydalana olish, o`quv fanlari bo`yicha oliy ta'lim muassasalarida taxsil olish uchun zarur bo`lgan bilimlar majmuasiga ega bo`lish vazifasi qo`yilgan. Shu talablardan kеlib chiqqan xolda, kasb-hunar kollеjlari uchun «Informatika va axborot texnologiya» fanidan namunaviy o`quv dasturi ishlab chiqildi va O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi tomonidan tasdiqlandi.

«Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak»2, degan edi Islom Karimov.

Respublika Prezidenti ta’lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi»3.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajagidagi maqsad va vazifalarini ko’rsatadi. U o’z nutqida jamiyat rivojining etti asosiy yo’nalishini birma-bir tavsiyalab, ularning istiqbolga qaratilgan maqsad va vazifalarini belgilab berdi. Dolzarb masalalar ichida ustuvor yo’nalishlar qatoriga siyosat, davlat qurilishi va iqtisodiyot sohalaridan keyin ta’lim-tarbiyani qo’ydi va uning maqsadi hamda unga etishishi chora-tadbirlarini belgilab berdi. Ta’lim sohasidagi birinchi masala qilib «…milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning, ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, uni yangi osqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»4 - dedi. Prezidentimizning Ushbu ko’rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotganlarga, shu jumladan ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga ham, umumiy metodologik asos vazifasini o’taydi.

Ma’suliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta’limning yangi modeli yaratildi.

Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta’lim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni echimini topib ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.

Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi O’quvchilarga beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. O’quvchi esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.

O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llan-malardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.

Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Informatika va axborot texnologiyasi» fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:




Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish