O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
PARALIMPIYA FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: G`ovlar osha yugurish texnikasini o`rgatish uslubiyati.
Bajardi:
YA 52-18 guruh talabasi Ergashev Javohir
______________
|
|
Kurs ishi rahbari:
_________________
|
CHIRCHIQ – 2022
MUNDARIJA
Kirish .............................................................................................................. 3
I.BOB G`ovlar osha yugurish va uning rivojlanish tarixi…………….….. 5
1.1. G`ovlar osha yugurishining rivojlanishi …….………………………… 5
1.2. G`ovlar osha yugurish texnikasi ……………………..…………….….. 10
II.BOB G`ovlar osh yugurish texnikasini o`rgatish uslubiyati…................. 16
2.1 G‘ovlar osha yugurish samaradorligini belgilovchi omillar…………….16
2.2 G‘ovlar osha yugurish bo‘yicha musobaqa qoidalari……………………24
Amaliy tavsiyalar……………………………………………………………… 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………….. 28
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda sportchilarda g`ovlar osha yugurish texnikasini o`rgatish, qobiliyatlarini maqsadi va vazifalariga mos tayyorgarlikni ta`minlash bu jarayonda samarali vositalarni qo`llash bunda, mashg`ulotning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, olib borish bugungi kunning o`z yechimini kutayotgan kechiktirib bo`lmas dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni o`rganishda sportchilarining harakat amallari, faoliyatning boshqa barcha turlari kabi organizmning bir butunligini namoyon qiladi. Ixtiyoriy mushak harakatlari qandaydir ma`noda mushak faoliyatini (nafas olish, yurak-qon tomir va h.k.) tasdiqlovchi vegetativ tizimning faoliyati bilan bog`liq. Shuning uchun jismoniy harakatlarni bajarishda harakat masalalarini echishga vegetativ funksiyalarning ta`siri ham katta. Ko`plab tajribalarning natijalari buning to`g`riligini ko`rsatmoqda. Charchash, kasallanish, kuchli emotsional ta`sir, uzoq vaqt tizimli mashq qilmaslik oqibatida organizmning turli funksiyalari birinchi navbatda harakat apparati va mushaklarning ishlash tizimlar orasida muvofiqlik buzilishi yuz beradi. jarayonini o`rganish va tahlil qilish natijasida aniqlandiki, mashg`ulotlarda vosita va uslublarni qo`llashning mezoni yoki tashkiliy uslubiy ko`rsatmalari bo`yicha maxsus ma`lumotlar mavjud emasligi hamda har bir murabbiy o`zining uslubiy yondashuvi va murabbiylik tajribalariga asoslangan holda mashg`ulotlarni olib borishi ma`lum bo`ldi. Natijada esa sportchilarning optimal ravishda mashg`ulot vazifalarini hal etilmasligiga, ortiqcha vaqt kuch va energiya sarflanishiga olib keladi. Shuningdek, shug`ullanishni yangi boshlagan yuguruvchilarda esa ixtisoslikka moslashish jarayonini uzayishi va yangi harakatlarni o`rganishdagi ortiqcha qiyinchiliklarning yuzaga kelishi kabi murakkab masalalarni yuzaga kelishiga sabab bo`lib, mashg`ulotning umumiy samaradorligini pasayishiga olib kelishi, ushbu mavzuning dolzarb ekanligini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |