Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
(umumiy hajmga nisbatan % da)
|
|
|
|
|
|
|
|
Yil
|
YaIM
|
Sanoat
|
Qurilish
|
Bandlik
|
Eksport
|
Import
|
2000
|
31,0*
|
12,9*
|
38,4*
|
49,7*
|
10.2
|
22.8
|
2001
|
33,8*
|
12,5*
|
40,4*
|
51,8*
|
9.3
|
26.7
|
2002
|
34,6*
|
15,4*
|
42,0*
|
53,5*
|
7.5
|
24.9
|
2003
|
35.0
|
10.8
|
39.9
|
56.7
|
7.3
|
33.7
|
2004
|
35.6
|
11.0
|
49.6
|
60.3
|
7.3
|
32.7
|
2005
|
38.2
|
10.0
|
50.9
|
64.8
|
6.0
|
33.7
|
2006
|
42.1
|
10.9
|
52.1
|
69.1
|
11.2
|
34.2
|
2007
|
45.7
|
13.2
|
55.4
|
72.1
|
14.8
|
32.0
|
2008
|
48.2
|
14.6
|
58.4
|
73.1
|
12.4
|
35.7
|
2009
|
50.1
|
17.9
|
42.4
|
73.9
|
14.6
|
42.5
|
2010
|
52.5
|
26.6
|
52.5
|
74.3
|
13.7
|
35.8
|
2011
|
54.0
|
28.6
|
67.6
|
75.1
|
18.8
|
34.3
|
2012
|
54.6
|
29.7
|
70.0
|
75.6
|
14.0
|
38.6
|
2013
|
55.8
|
33.0
|
70.6
|
76.7
|
26.2
|
42.4
|
2014
|
56.1
|
36.8
|
69.5
|
77.6
|
27.0
|
45.4
|
2015
|
62,9**
|
40.6
|
66.7
|
77.9
|
27.0
|
44.5
|
2016
|
64,9**
|
45.3
|
66.9
|
78.2
|
26.0
|
46.8
|
2017
|
63,4**
|
41.2
|
64.8
|
78.0
|
22.0
|
53.6
|
|
|
|
|
|
|
|
2018
|
60,4**
|
37.4
|
73.2
|
76.3
|
27.2
|
56.2
|
2019
|
54,2**
|
25.8
|
75.8
|
76.2
|
27.0
|
61.6
|
2020
(yanvar-dekabr)***
|
53.9
|
27.5
|
72.4
|
73.8
|
20.5
|
51.8
|
*) Kichik va o`rta biznes
|
**) 2015-2018 yillar uchun ma'lumotlar aniqlik kiritilgan (qayta baholab chiqilgan)
ma'lumotlarni hisobga olgan holda keltirilgan
|
***) Dastlabki ma'lumotlar
|
|
|
|
|
|
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda “BEGZOD BARAKA” MCHJ ning tutgan o’rni. “BEGZOD BARAKA” MCHJ tashkiliy strukturasi.
“BEGZOD BARAKA” Ma’suliyati Cheklangan Jamiyati 2008-yil 17-oktabrda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon tashkilot jadal sur'atlarda rivojlanib kelmoqda. Mijozlarga xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish sohasida yuqori cho’qqilarga erishdi. Hozirda “BEGZOD BARAKA” MCHJ O‘zbekistonning o’rta tadbirkorlik bizneslaridan biri, universal va ishonchli ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. “BEGZOD BARAKA” MCHJ da asosan polipropilen va polietilen qop mahsulotlari ishlab chiqariladi va mijozlarga shartnoma asosida yetkazib beriladi.
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi;
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yig‘ilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Yurtimizda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochilmoqda. Jumladan, tadbirkorlikdagi ortiqcha tekshiruvlardan voz kechildi, bu ham tadbirkorlaimiz uchun juda kata yengillikdir.
2018-yildagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko’ra:
2018 yil 1 sentyabrdan:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin.3
“BEGZOD BARAKA” MCHJ korxonasidan ham yildan-yilga rivojlanishlarni ko’rishimiz mumkin. Hozirda bu ishlab chiqarish korxonasida 100 nafardan ortiq xodim faoliyat olib boradi. Korxonada asosan polipropilen va polietilen qop mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shuningdek bu korxona qo’shni davlatlar bilan aloqalarni ham yo’lga qo’ygan, ya’ni qop mahsulotlarini eksport ham qiladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rag‘batlantiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.4
“BEGZOD BARAKA” MCHJ ning buxgalteriya bo’limida korxona hisobotlari electron shaklda my.soliq.uz sayti orqali soliq bazasiga yuboriladi.
Ko‘pgina biznes korxonalarining tashkiliy strukturalari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlar nafaqat vertikal boshqarish tizimini gorizontal boshqarish tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali biznes korxonalari bozorning barcha subyektlari bilan aloqa qilib, samarali biznes faoliyati olib borishi lozim. Tashkiliy strukturalar boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi. Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko‘rsatiladi: rahbarlik va aloqa (gorizontal va vertikal) o‘rinlar (bo‘limlar), darajalar (bosqichlar). Bo‘lim bu tashkiliy jihatdan alohida, mustaqil boshqaruv tashkilotidir. Bo‘lim (odamlar guruhi) tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bo‘limlar o‘rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Bosqichlar o‘rtasidagi aloqalar bu vertikal bo‘yicha aloqadir. Ular qo‘yi darajalardan boshlab yuqori darajagacha erkin ifodalangan izchil bo‘ysunish tusiga ega.
Har qanday, xatto kichik korxonada ham, yuqorida bayon etilgan tuzilma elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan korxonaning mulkdori bo‘lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo‘yicha unga uning xodimlari bo‘ysunadi.Vertikal tashkiliy struktura o‘zaro subordinatsiya asosida bog‘langan bir necha boshqarish bosqichlaridan iborat.Boshqarish bosqichi iyerar-xiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘inidir. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda quyi bo‘g‘inining yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan buysinishini ko‘rsatadi, ya’ni vertikal bo‘yicha bo‘linishidir.Ushbu barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, funksional bo‘limlarini vujudga keltirish, axborot bilan ta’minlash kabi boshqarishning tashkiliy tomonlari vertikal boshqarish tizimini tashkil etadi. Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish ishlab chiqarishning ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Ayrim hollarda funksional xizmatlar o‘rtasidagi bunday gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, bir qancha bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi va bu ishni muvofiqlashtirish juda qiyin kechadi.
Ma’lumki, biznes korxonalari tashkiliy bo‘limlari funksional, geografik, tovar, bozor prinsiplari asosida yoki ularning birgalikda (kombinatsiya asosida) qo‘llanilishi orqali tashkil topadi.Hozirgi vaqtda samarali faoliyat olib borayotgan biznes korxonalari o‘z tashkiliy strukturalarida iloji boricha kamroq boshqarish bo‘g‘inlaridan tashkil topib, o‘z faoliyatlarida buyurtmalarni bajarish, yangi tovarlar kashf etish va ishlab chiqarishni rejalashtirish tovarlarni taqsimlash iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlarga katta e’tibor bermoqdalar.
Bu biznes korxonalarida boshqarish bo‘g‘inlarini qisqartirilib bir bosqichli boshqarish tizimini joriy qilinmoqda va boshqaruvchi (menedjer)lar sonini kamaytirmoqdalar.
“
1-chizma. Polipropilen qop ishlab chiqarish jarayoni
BEGZOD BARAKA” MCHJ ning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini quyidagi grafik orqali ko’rishimiz mumkin. (1-chizma)
Korxonaning turli vazifalarini (tashkilotchiliq marketing, buxgalteriya va xokazo) bajarayotgan xodimlari o‘rtasida gorizontal aloqalar o‘rnatiladi. Ular bevosita bo‘ysunish tusida bo‘lmaydi, lekin, ko‘pincha korxona turli ishlab chiqarish (amaliy) operatsiyalarining izchilligi va o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi.
Aloqa tizimi barcha boshqaruv organlari o‘z vazifalarini bir-birlari bilan mustaxkam aloqada bajaradilar, degan ma’noni anglatadi. Aloqani yo‘qotish - boshqarishni yo‘qotish, degan ma’noni bildiradi. Aloqalar turli shaklda: chizikli (vertikal), funksional (gorizontal), tarmoqli, mintaqaviy bo‘lishi mumkin.
Shuningdek “BEGZOD BARAKA” MCHJ ikkita ishlab chiqarish sexi ba bitta offisga ega. Har bir sexda boshqaruvchilar bor, ular olib ketilgan yoki yetkazib berilgan mahsulotlar haqida rahbarlarga hisobot berib boradi va shuningdek, ishlab chiqarish sifatini, xodimlarni nazorat qiladi.
“BEGZOD BARAKA” MCHJ faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. “Buxgalteriya bo’limi” da yuritiladigan hujjatlar tahlili.
Normativ hujjatlar rasmiy ichki qoidalar qayta ishlatiladigan korxonalar. Ular turli sohalarda uning faoliyatini tartibga soladilar.
Amaldagi qonunchilik barcha institutlar, kompaniyalar va xususiy tadbirkorlardan ustav, nizom, xodimlar tarkibi va lavozim yo'riqnomalariga amal qilishni talab qiladi. Bunday tashkiliy hujjatlarsiz kompaniyaning faoliyati mumkin emas.
Kompaniya faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar - bu tashkilotning funktsiyalari, vazifalari va umumiy tuzilishini belgilaydigan ish hujjatlari guruhi. Ular uning ishlash tartibini, xodimlar va rahbarlarning javobgarligini, ularning huquqlari va majburiyatlarini tartibga soladi. Bular kompaniyaning ichki qoidalari va ularning vakolatlari ma'lum bir korxona bilan cheklangan.
Korxona faoliyatini, uni shakllantirish tartibi, asosiy vazifalari, funktsiyalari va mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi hujjat nizom deyiladi.5 Ustav - bu kompaniya faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar to'plami.
Ta'sischilar guruhi yuridik shaxsning tashkil etilishi davrida uning ustavini tasdiqlaydi. Qonunga ko'ra, ustav ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Ustav - bu kompaniyaning boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat. Kompaniya ta'sischilari hujjat matniga quyidagi ma'lumotlarni kiritishlari shart:
tashkilotning to'liq va qisqartirilgan nomi, uning yuridik shakli va mulkchilik shakli;
tashkilotning to'liq pochta manzili;
kompaniyaning vazifasi, maqsadi va yo'nalishi;
ustav kapitalini shakllantirish mexanizmi;
foydani taqsimlash tartibi;
muassislarning ixtiyoriga ko'ra faoliyatning boshqa jihatlari.
Kompaniyaning me'yoriy hujjatlar ro'yxatiga shartnomalar ham kiritilgan. Shartnoma xo'jalik sub'ektlari o'rtasidagi har qanday munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu hujjat ishchilarni yoki pudratchilarni yollash, binolarni sotib olish va ijaraga olish, tashqi tashkilotlarni kooperatsiyaga jalb qilish, tovarlar yoki xizmatlarni sotish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda shartnoma asosiy hujjat hisoblanadi.
Shartnoma bepul shaklda. Bundan tashqari, u bir qator majburiy elementlarga ega: tomonlarning to'liq tafsilotlari, o'zaro huquq va majburiyatlar to'g'risidagi nizom, tartibga solish tartibi va muddati.
Tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish korxona rahbariga yuklatilgan.
Kompaniyaning ishini tartibga soluvchi hujjatlar tashkilotning asosiy hujjatlari hisoblanadi. Bularga ustav, korxona to'g'risidagi nizom, tarkibiy bo'linmalar to'g'risidagi nizom, xodimlar tarkibi, lavozim yo'riqnomasi va shartnomalar kiradi. Mehnatga oid nizolar yuzaga kelganda va tekshiruvlar paytida avval ushbu hujjatlar talab qilinadi.
Buxgalteriya bo’limida mijozlar bilan ishlash uchun ma’lum tartibdagi hujjatlar rasmiylashtirish kerak bo’ladi:
Shartnoma
Ishonchnoma
Hisob-faktura
Birinchi navbatda mijoz bilan u uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdori va narxi kelishiladi, va ikkala tomon asosida shartnomada ajratilgan maxsus joyga korxona rekvizitlari to’ldirilib, mas’ul shaxslar imzolarini qo’yishadi va korxona muhri bosilib shartnoma rasmiylashtiriladi. Shartnoma ikki nusxada chop etiladi va har bir tomon bir nusxadan oladi. Shartnoma bir yil muddatga tuziladi.
Ikkinchidan, mijoz shartnomada kelishilgan tartibda mahsulot uchun to’lovni amalga oshiradi va korxonaga mahsulotni olib ketish uchun ishonchnoma bilan keladi. Ishonchnomada mahsulotni olib ketish uchun kelgan xodimning lavozimi, ism-sharifi, passport ma’lumotlari, korxona rekvizitlari keltiriladi. Ishonchnoma korxona rahbari, bosh hisobchi va mahsulotni olib ketish uchun kelgan xodim imzosi va albatta korxona muhri bilan rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.
Uchinchidan, ishlab chiqaruvchining ya’ni “BEGZOD BARAKA” ning “Buxgalteriya bo’limi” tomonidan yuqoridagi hujjatlarning to’g’riligi va to’lov qilinganligi tekshirilgan holatida mijozga hisob-faktura qilinadi va u ham tegishli tartibda rasmiylashtiriladi, ya’ni hisob-faktura ham ikki nusxada chop etilib, rahbar, bosh hisobchi, ombor mudiri va korxona muhri, shuningdek mahsulotni olgan mijoz korxonaning xodimi imzosi bilan rasmiylashtirilib bir nusxasi berib yuboriladi, va ikkinchi nusxasi hujjatlar registriga ishonchnoma bilan biriktirilib tikib qo’yiladi. Yoki hisob-varaqalarni elektron raqamli imzo orqali to’gridan-to’g’ri mijoz korxonaga my.soliq.uz yoki didox.uz kabi saytlardan yuborish mumkin, bu esa rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtiradi.
Quyida mijozlar bilan ishlash va mahsulotni sotish uchun zarur bo’lgan hujjatlarga na’munalar keltirilgan:
Agar mijoz naqd pulda to’lovni amalga oshirmoqchi bo’lsa, mijoz bilan shartnoma tuzilganidan so’ng, unga kassa kirim orderi yoziladi, unga shartnoma va mijoz haqidagi ma’lumotlar kiritiladi, korxona muhri va kassir imzosi qo’yiladi. Va mijoz naqd pul ko’rinishida to’lov qiladi, naqd pulni kassir tekshirib oladi va bankka olib borib topshiriladi, ya’ni korxona hisob raqamiga o’tqiziladi.
Shuningdek, buxgalteriya bo’limida har oy oxirida korxonada qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi to’g’risida hisobot tayyorlanadi va qancha materiallar olib kelinganligi va sarflanganligi to’g’risida ham hisobot tayyorlanadi.6
“BEGZOD BARAKA” MCHJni menejment boshqaruv strukturasini o’rganish
Menejment kursi bozor munosabatlarining qonunlarini o’rganuvchi muhim fanlardan biri hisoblanadi. “Menejment” va “Menejer” so’zlari hozirgi davrda bizning ishbilarmonlik va kundalik hayotimizda davlatni bozorga o’tishdagi iqtisodiy taraqqiyoti g’oyalarini aks ettirib keng ishlatiladi. “Management“ inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Shunday qilib, umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.
G’arb adabiyotidan menejmentning juda ko’p tushunchalari o’rin olgan. Ulardan uchtasini keltiramiz:
tashkilotni maqsad-niyatlariga, unda ishlovchi odamlar harakatini aniq yo’nalishga solish hisobiga erishish;
tashkil etilmagan bir necha odamlarni samarali, maqsad sari yo’naltirilgan va unumli mehnat guruhiga (tashkilotga) aylantiradigan maxsus faoliyat turidir;
tashkilotni orzu-niyatlariga erishishdagi mehnat va moddiy resurslarni aniq yo’nalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir.
Bu tushunchalar turlicha bo’lishiga qaramay, uchta bir xil belgiga ega:
Boshqaruvda aniq maqsad borligini ko’rsatadi.
Bu turdagi faoliyatning alohida aqliy tavsifi borligi ajratib ko’rsatiladi.
Har bir tashkilotda boshqaruvning o’rni borligidan axborot beriladi.
Uchinchi aniqlashuvda menejment ma’nosining belgilariga qo’shimcha qilib beshta vazifani birlashgani, ya’ni rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, motivlashtirish yoki qiziqtirish to’g’ri yo’lga solish va nazorat qilish aniqlashtiriladi. 1-jadvalda menejmenti taraqqiy topgan davlatlarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyotini tahlil qilish asosida ajratib ko’rsatilgan 7 ta tavsifi keltirilgan.
Korxonaning menejmenti - bu boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan quyidagilarni o’rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
boshqarish tamoyillari va usullari;
boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari;
menejer reytingi;
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
boshqarish funktsiyalari;
xodimlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
samaradorlikni boshqarish;
o’z-o’zini boshqarish;
hududiy boshqarish va hokazolar.
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat.
Fanni o’qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg’otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdan iborat. Chunki hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib etishadilar. Boshqa tomondan boshqaruv ko’p hollarda rahbarning qobiliyatiga, uning odamlar bilan ishlay olishiga, shaxsiy tashabbusiga, fahm-farosatiga bog’liqdir. Bularning barchasini boshqaruvda ishlata olish - bu san’atdir.
Boshqaruv san’ati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi, ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment o’zida fan va san’at elementlarini jamul-jam qilgan.
Biz ko’rib chiqqan toifalar, tabiiyki, menejmentning barcha tushunchalarini qamrab ololmaydi. Ularga etarli sonda boshqa tushunchalar kiradi. Masalan, qonuniylik, vazifalar, masalalar, maqsadlar, qarorlar, boshqaruv mexanizmi, taktika va strategiya va boshqalar
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi. bu korxonaning moddiy, moliyaviy, kadrlar, texnik va texnologik imkoniyatlari va tashkiliy tuzilmasining strategik maqsad va vazifalariga muvofiqligi tufayli raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi. Iqtisodiy xavfsizlik sharoitida korxonalar (firmalar, tashkilotlar) ilmiy, texnik, texnologik, sanoat va inson potentsialining tashqi va ichki iqtisodiy tahdidlardan xavfsizligini va uning barcha resurslaridan samarali foydalangan holda ko'paytirish qobiliyatini tushunadilar.Bir qator nashrlarda iqtisodiy xavfsizlik quyidagicha belgilanadi: "bu insonning, jamiyatning va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishdir". Uning o'ziga xosligi va ahamiyati iqtisodiy xavfsizlikni milliy xavfsizlikning umumiy tushunchasidan ajratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda, davlatning iqtisodiy tushkunlik davrida paydo bo'lgan, xo'jalik yurituvchi subyektlar va boshqa faoliyat turlarining barqaror ishlashiga erishish eng dolzarb va muhim vazifadir. Ushbu muammolarni hal qilishda ushbu sub'ektlarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.Dastlab iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi tijorat sirlarini va korxonaning boshqa sirlarini saqlash uchun shart-sharoitlarni ta'minlash sifatida ko'rib chiqilgan. Iqtisodiy xavfsizlikning ushbu talqini o'tgan asrning 90-yillari boshlarida nashr etishga bag'ishlangan.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash birinchi navbatda ko'plab nashrlarga bag'ishlangan axborotni himoya qilish sifatida ko'rib chiqilgan. Shu nuqtai nazardan korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosi butun axborot xavfsizligi tizimining ishonchliligi, tashkilotning shaxsiy tarkibi deb hisoblanadigan eng zaif havfsizligi darajasi bilan belgilanadi degan fikr asosida hal qilinishi taklif qilindi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash ikki darajali axborotni himoya qilish tizimi shaklida qurilgan. Birinchi daraja tashkilotning xavfsizlik xizmati tomonidan sirlarning saqlanishini nazarda tutgan bo'lsa, ikkinchi daraja o'rta boshqaruvdan tayinlangan va xodimlar orasida obro'ga ega bo'lgan koordinatorlar yordamida tashkilot xodimlarining “hushyorligi va javobgarligi” psixologik muhitini shakllantirishni ko'zda tutadi. Axborotni saqlash korxonaning iqtisodiy xavfsizligining muhim jihatlaridan biri ekanligini e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash kerakki, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosini faqat tijorat sirlarini himoya qilish bilan qisqartirish ushbu muammoning ortiqcha echimi hisoblanadi. Ko'rinib turibdiki, iqtisodiy xavfsizlik to'g'risida bunday tor tushuncha ortiqcha "daromadlilik" dan aziyat chekadi va korxona uchun asosiy xavf manbai sifatida tashqi muhit ta'sirining butun spektrini hisobga olmaydi.
Biroz vaqt o'tgach, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasini talqin qilishda boshqacha yondashuv ustun keldi. Mamlakat bo'ylab ishlab chiqarishning keskin pasayishi va eng muhimi, endi asosiy investor va mahsulot iste'molchisi bo'lmagan davlatning iqtisodiy funktsiyalari o'zgarishi bizni korxonalarning iqtisodiy xavfsizligi muammosiga yanada kengroq qarashga majbur qildi. Ushbu qarashga ko'ra, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi bozor iqtisodiyoti sharoitida doimo o'zgarib turadigan, hech qachon barqaror, o'zgarmas va o'zgarmas bo'lib qoladigan tashqi muhit ta'siridan kelib chiqadi. Tashqi muhitning ta'siri, korxonalarni uning salbiy ta'siridan himoya qilish nuqtai nazaridan korxona iqtisodiy xavfsizligi toifasining tarkibi, shu jumladan hozirgi kunga qadar mahalliy iqtisodchilarning nashrlarida e'tiborga olinadi.
«Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasini belgilashda uning mazmuni tashqi salbiy ta'sirlarga dosh berishga imkon beradigan korxonaning holatini aks ettiradi degan fikr ustunlik qildi. Shu munosabat bilan korxonaning iqtisodiy xavfsizligi, uning korxonaga ta'sir qilish xususiyatidan, ichki o'zgarishlarning ko'lami va xususiyatidan qat'i nazar, tashqi muhitda shakllanadigan turli xil, shu jumladan noqulay sharoitlarda uning barqarorligini ta'minlash imkoniyati sifatida kengroq ko'rib chiqila boshlandi. Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi «o'z faoliyatini tashqi muhitning salbiy ta'siridan himoya qilish, shuningdek, turli tahdidlarni tezda bartaraf etish yoki uning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan mavjud sharoitlarga moslashish qobiliyati» deb ta'riflanadi. Kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligi mustaqillik, barqarorlik, o'sish imkoniyatlari, iqtisodiy manfaatlar va boshqalarni aks ettiruvchi omillar to'plami bilan belgilanadi.
V. Tambovtsev uni korxona holati deb belgilab, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida biroz boshqacha tushuncha beradi, bu esa har qanday fazilatlar, unga tegishli bo'lgan mulk parametrlari va unga ta'sir etuvchi tashqi muhitning istalmagan o'zgarishi ehtimoli kichik (ma'lum chegaradan past) degan ma'noni anglatadi. Korxona hayotiy faoliyatining qaysi parametrlarini uyg'unlashtirishiga qarab, «istalmagan o'zgarishlar» tushunchasining aniq tarkibi ham o'zgaradi. Umuman olganda, ular kompaniyani istalgan holatidan uzoqlashtiradiganlarni o'z ichiga oladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida berilgan tushuncha amalda tashqi muhitning barqarorligi ehtimolini tan olishga asoslanadi va amal qiladi, chunki bu tashqi muhitning o'zgaruvchanligi, uning doimiy holati va bir muncha vaqt vaqtinchalik holat sifatida qabul qilinishi kerak. Bundan tashqari, korxonalarning amaliy faoliyatida hali aniq aniqlanishi kerak bo'lgan istalmagan o'zgarishlar ehtimolini aniqlash juda qiyin.
Tashqi muhitning ta'siri bilan belgilanadigan davlat sifatida korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga yondashuvning bir qismi sifatida resurs-funktsional yondashuvni ta'kidlash kerak. Ushbu yondashuv mualliflari korxonaning iqtisodiy xavfsizligini "tahdidlarning oldini olish va hozirgi va kelajakda korxonaning barqaror ishlashini ta'minlash uchun korporativ resurslardan samarali foydalanish holati" deb hisoblashadi. Shu maqsadda, E. Oleinikov tashkilotda sodir bo'ladigan jarayonlar to'plamini, ularning barcha xarakterli xususiyatlari va o'zaro bog'liqliklarini ko'rib chiqadi, ular korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda funktsional roli jihatidan yagona bog'liq guruhni tashkil qiladi va birgalikda olib boriladi, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. korxonalar. Resurs-funktsional yondoshishda korxonaning iqtisodiy xavfsizligining asosiy yo'nalishlari sifatida funktsional yetti komponent ajralib turadi: intellektual-kadrlar, moliyaviy, texnik va texnologik, siyosiy va huquqiy, ekologik, axborot va quvvat.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini tushunishda resurs-funktsional yondashuvning mohiyatini puxta o'rganish uning asosiy ustunligini - har tomonlama, yaxlitligini ta'kidlashimizga imkon beradi, chunki bu yondashuv korxonaning iqtisodiy xavfsizligining funktsional tarkibiy qismining holatiga ta'sir ko'rsatadigan eng muhim omillarni o'rganadi, unga xizmat ko'rsatadigan asosiy jarayonlarni o'rganadi, korxona resurslarini taqsimlash va ulardan foydalanish tahlili o'tkazildi, iqtisodiy ko'rsatkichlar aks ettirildi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini funktsional qismini ta'minlash va iqtisodiy xavfsizlik funktsional komponent mumkin bo'lgan eng yuqori darajasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish darajasi.
Biroq, resurs-funktsional yondashuvning bu ustunligi, ayni paytda, uning kamchilikidir, chunki iqtisodiy xavfsizlik tashqi muhit ta'siriga moslashish nuqtai nazaridan ham, korxonani resurs bilan ta'minlash jihatidan ham, rejalashtirish, buxgalteriya kabi boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish sifati nuqtai nazaridan juda keng ko'rib chiqiladi. Ushbu keng yondoshuv bilan iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan mahrum bo'lib, aslida u korxona faoliyati va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining mohiyatini aniqlashga urinishlardan tashqari, tashqi muhitning ta'siriga va uning faoliyatiga salbiy ta'sirini tan olishga asoslangan holda ko'rib chiqilayotgan masala bo'yicha boshqa nuqtai nazarlar ham mavjud. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash usullari sifatida adolatsiz raqobatga qarshi kurash, axborot xavfsizligi va intellektual mulkning huquqiy himoyasini ta'minlash masalalariga qaratilgan uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yaratish taklif etiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, adolatsiz raqobatga qarshi kurashish kabi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash jihatlari noaniq va etarlicha emas. Xususan, korxona adolatsiz raqobatga qanday, qanday shakllarda va qanday qilib qarshi kurashishi mumkinligi aniq emas. Ushbu kurashda korxonalar harakatlarining ahamiyatini pasaytirmasdan, shuni ta'kidlashni istardimki, bunday kurash ko'proq davlat yoki mintaqaviy davlat hokimiyati organlarining vakolati bo'lishi mumkin.
Ayrim tadqiqotchilar tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish zarurligi to'g'risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Ushbu masalada, korxona iqtisodiy manfaatlarining buzilgan taqdirda, ehtimoliy yo'qotishlar va yo'qotishlarning oldini olish yoki minimallashtirish uchun xarajatlarning maqbul miqdori o'rtasidagi to'g'ri muvozanatni topish muhimdir. Biroq, ushbu nuqtai nazar bir muncha deklarativ xususiyatga ega, chunki muallif tomonidan iqtisodiy manfaatlarning himoyasi tijorat sirlarini o'z ichiga olgan ma'lumotni himoya qilish darajasiga qadar kamayadi va xarajatlarni samarali va samarasiz qilib ajratadigan xarajatlar darajasining chegara qiymatini aniqlash muammosi faqat ko'rsatilgan.
Alohida, men tor funktsional deb atash mumkin bo'lgan korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga yondashuvlar haqida aytmoqchiman. Gap korxonaning iqtisodiy xavfsizligini uning faoliyatining alohida yo'nalishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirishning eng muhim yo'nalishi, shu jumladan korxonalar moliyaviy xavfsizlikning samarali mexanizmini yaratish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan biri ekanligi isbotlangan va bu qonun hujjatlarida belgilangan oqibatlarsiz to'g'ridan-to'g'ri o'g'irlanish ehtimolini istisno qiladigan, profilaktik, joriy va keyingi rejimlarda resurslardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini monitoring qilish uchun axborot sharoitlarini yaratadigan va ta'minlaydi. korxonalarning iqtisodiy barqarorligini pasaytiradigan tahdidlarning oldini olishda yordam berish.
Albatta, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uchun tor funktsional yo'nalishlarni ishlab chiqish zarur, chunki bu korxonaning tanlangan tomonini har tomonlama va chuqur o'rganishga imkon beradi va o'z faoliyatining ma'lum bir sohasidagi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning aniq usullari va vositalarini namoyish etadi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga barcha tor funktsional yondashuvlar bitta, ammo bu juda jiddiy kamchilik bo'lib ko'rinadi. Ushbu yondashuvlar mualliflari ko'pincha korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida boshqacha tushunchadan kelib chiqadi. Bu holda, qandaydir tarzda, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning tor funktsional yo'nalishlarini birlashtirishga urinishlar oldindan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida umumiy tushunchaning yo'qligi tor funktsional yondoshuvning samaradorligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, ya'ni shunchaki amortizatsiya qilishi mumkin, garchi bunday yondashuv bir qator hollarda sezilarli foyda keltirishi mumkin.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosiga yondashuvlar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi bir necha funktsional tarkibiy qismlardan iborat bo'lib, ular har bir muayyan korxona uchun mavjud tahdidlarning xususiyatiga qarab turli xil ustuvorliklarga ega bo'lishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik holatini belgilovchi asosiy omil - bu korxonaning barqaror raqobatdosh ustunliklarga ega bo'lishi. Ushbu imtiyozlar korxonaning strategik maqsadlariga mos kelishi kerak.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo'nalishlarini aniqlashda himoya qilishning ikkita yondashuvi ta'minlanadi:
1) faollik, ya'ni. korxonaning tarkibiy bo'linmalari, uning xodimlari va ularning oila a'zolarining xavfsizligiga etkazilgan zararni oldini olish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqaruv xarakteridagi profilaktik va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. Xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha profilaktik tadbirlarning asosiy yo'nalishlari kadrlar ishi, axborot faoliyati va binolar, inshootlar, mulklar va binolarning xavfsizligini ta'minlash choralari hisoblanadi;
2) reaktiv faoliyat, ya'ni. xavfsizlik rejimining buzilish omillarini aniqlashga va xavfsizlik rejimi talablari va signallarining muayyan shaxslarga, dalillarga, tashkilotlarga, hodisalarga nisbatan muvofiqligini tekshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati tashkiliy masalalarni, huquqiy va iqtisodiy muammolarni, texnik jihatlarni, xodimlarni va boshqalarni hal qilish bilan bog'liq. Faoliyatni boshqarish, ayniqsa, kompaniyaning keng biznes aloqalari va ko'plab kontragentlari bo'lgan taqdirda murakkab: etkazib beruvchilar, kreditorlar, mijozlar. Uning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar korxonaning ichki va tashqi aloqalari doirasida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu tahdidlardan maksimal darajada himoya qilish uchun tizimli bo'lishi kerak bo'lgan harakatlar talab etiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimining ob'ekti xo'jalik yurituvchi subyektning hozirgi va kelgusi davrlardagi barqaror iqtisodiy holati hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash tizimining asosiy xususiyatlari ko'p jihatdan himoya ob'ektidan kelib chiqadi. Himoya qilish ob'ekti murakkab, ko'p qirrali, iqtisodiy xavfsizlikni samarali ta'minlash boshqaruvga kompleks yondoshishga asoslanishi kerak
Ushbu jarayon tomonidan Integratsiyalashgan yondashuv ob'ektni boshqarishda uning barcha asosiy tomonlarini hisobga olishni o'z ichiga oladi, boshqariladigan tizimning barcha elementlari faqat kombinatsiyalangan va birlashtirilgan holda ko'rib chiqiladi.
Tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning kompleks tizimi bu tadbirkorlik faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslarning jiddiy iqtisodiy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan haqiqiy yoki potentsial harakatlaridan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro bog'liq tashkiliy-huquqiy xarakterdagi chora-tadbirlar majmui.
Xavfsizlikni ta'minlashning yaxlit tizimining maqsadi, uning vazifalari, faoliyat tamoyillari, ob'ekti, predmeti, strategiyasi va taktikasini o'z ichiga olgan ma'lum bir kontseptsiya tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning yaxlit tizimini ishlab chiqish uchun asos bo'lishi kerak.
Ushbu tizimning maqsadi ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy tusdagi chora-tadbirlar asosida xo'jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy holatiga, shu jumladan uning moliyaviy, moddiy, axborot, kadrlar zaxiralariga tashqi va ichki tahdidlarni kamaytirishdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda xavfsizlik tizimining asosini yaratadigan birlamchi iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy choralar muhim ahamiyat kasb etadi; ikkilamchi texnik, jismoniy va boshqa choralardir. Ushbu maqsadga erishish jarayonida xavfsizlikning barcha sohalarini birlashtirgan aniq vazifalar hal etiladi.
Xulosa
Ushbu hisobot orqali shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lmish xususiy sektorlar va tadbirkorlik tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o‘z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi. Korxonaning gullab-yashnashi, raqobat kurashiga dosh berish, o‘z quvvatini saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashishida tashkiliy struktura muhim omil bo‘lib qoladi. Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining chiziqli, chiziqli-funqsional, loyihalanadigan va matritsali, venchur va firma ichki innovatsiyali tashkiliy turlari mavjud. Strukturaviy o‘zgarishlar nafaqat vertikal boshqarish tizimini, gorizontal boshqarish tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali samarali biznes faoliyati olib borishi lozim. Zamonaviy kichik biznes korxonalari faoliyatida dolzarb muommolarni hal etishda bir necha boshqarish strukturasini tashkiliy turlarini muvofiqlashtirib ishlatishni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to‘lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda. Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o‘ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni tadbirkorlar ishlab chiqarish , mijozlar va investitsiyalar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, ishlab chiqarish sektorlari doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi, sifstli va qulay tan narxga ega mahsulotlarni taklif qilib borishlari zarur.
“BEGZOD BARAKA” MCHJni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Buxgalteriya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza va me’yorlar, jumladan, ACCA tizimiga bosqichma-bosqich o’tish asosida takomillashtirish;
bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni yanada faollashtirish;
tashqi investitsiyalarni jalb qilish;
ko’rsatilayotgan xizmatlar va tovar turlarini ko’paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xizmatlarini ko’rsatish ko’lamlarini yanada kengaytirish.
Ushbu hisobot orqali quyidagi takliflarni bermoqchiman:
chet el investorlarini jalb qilgan holda ularda mavjud zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni hajm va sifat jihatdan yuksaltirish, yangi ish o’rinlarini yaratish;
yetkazib berish tizimini tubdan yangilash;
Ma’lumotlar hajmi o’zgarganda IT – tizimlarining uni yetarli darajada qayta ishlashi uchun sifatli va zamon talabiga mos texnologiyalardan foydalanish;
Ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdagi quyidagi muammolarni bartaraf etish zarur:
kreditlarni maqsadga muvofiq ishlatilmaslik hollariga yo’l qo‘yilishi;
maxsulot sifat-nazorat punktlari ishi sustligi ;
banklardan olingan kreditlarning asosiy summasi kredit to’lash muddatining so’ngida amalga oshirilyapti va kredit grafigi qupol ravishda buzib kelinmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun takliflar:
tijorat banklarining uzoq muddatli investitsion kreditlari hajmini oshirish yo’li bilan korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash zarur;
sifat -nazorat punktlarini luchaytishish;
online savdoni yo’lga qo’yish;
didox.uz va mysoliq.uz saytlaridan foydalanishni rivojlantirgan holda qog’ozbozlikni kamaytirish;
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, “BEGZOD BARAKA” MCHJ mijozlarga ko’rsatayotgan xizmat sifatini yanada oshirishi, zamon talabiga mos texnologiya va dasturiy ta’minotlardan foydalanib ma’lumotlar bazasini elektronlashtirish ishlarini yo’lga qo’yish ; onlayn savdoni yo’lga qo’yishi , korporativ mijozlar sonini oshirishi kerak deb o’ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Prezidentimizning 2017-yil 4-aprel o'tkazilgan tadbirkorlik tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 14-sentabrda
qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni2017-yil 4-aprel 12/239-son Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).
3. O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga kiritilgan 4-o‘zgartirish va qo‘shimchalarga sharh
4. www.stat.uz Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti;
5. “BEGZOD BARAKA” MCHJ nizomi(tahriri: 14.03.2020 da amalga oshirilgan).
6. https://president.uz/uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ramiy veb sayti (Prezident matbuot xizmati).
7. https:/lex.uz/ - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.
8. https://cbu.uz/oz/ - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |