4.Begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari.
4.Begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari.
Begona o’tlarga qarshi kurashda gerbitsidlar samarali vosita hisoblanadi. Tuzilishiga ko’ra gerbitsidlar anorganik va organik moddalarga bo’linadi. Ekinlarga va begona o’tlarga ta’sir etishiga ko’ra gerbitsidlar tanlab ta’sir etuvchi va yoppasiga ta’sir etuvchilarga bo’linadi. Begona o’tlarga ta’sir etishi-ga qarab kontakt va ichdan ta’sir etuvchilarga bo’linadi. Кontakt ta’sir etuvchilar o’simlikning tekkan joyiga ta’sir etadi. Ichdan ta’sir etuv-chilar begona o’tlarning qaysi qismiga tegishidan qat’iy nazar uning tanasiga singib moddalar almashinuv jarayonini buzadi.