Begona o’tlar haqida tushuncha



Download 329,7 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi329,7 Kb.
#303558
1   2
Bog'liq
Kurbanov Oybek 2-20-66S guruhi

Melioratsiya (lotincha: melioraio — yaxshilash), qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. M. tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va boshqalar) majmuini kerakli yoʻnalishda oʻzgartirish; tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay boʻlgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini oʻzgartirish imkoniyatini beradi. M. katta xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega: yangi yerlar oʻzlashtirilib, ekin maydonlari kengayadi, yerlarning unumdorligi, hosildorligi oshadi, mahsulot sifati yaxshilanib, uning tannar-xi kamayadi. M. iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bilan birga ekologik vazifani ham hal etadi.

Melioratsiya. maqsadlariga koʻra, 3 asosiy turkumga boʻlinadi. Noqulay suv rejimiga ega boʻlgan yerlar M.si (qurgʻoqchil dehqonchilik r-nlarini sugʻorish, ortiqcha zax bosgan yerlarda zax qochirish, chorvachilik rivojlangan choʻl va yarim choʻl hududlardagi yaylovlarga suv chiqarish va h.k.); noqulay fizik va kimyoviy xossali yerlar M.si (shoʻrxok, qumli, ogʻir, berchlashgan, zichlashgan tuproqlar va boshqalar); suv va shamol taʼsirida eroziyaga uchragan yerlar M.si Noqulay tabiiy sharo-itlarga taʼsir koʻrsatish vositalari va usullari boʻyicha M. quyidagi turlarga boʻlinadi: gidrotexnik M. (suv resurslarini sugʻorish maqsadlarida kanallar, suv omborlari va boshqalar) gidrotexnik inshootlar tarmoqlari orqali boshqarish; drenaj va shoʻr yuvish yoʻli bilan grunt suvlari sathini tartibga solish va tuproqdan oʻsimliklar uchun zararli tuzdarni chiqarib tashlash; terassalar, sel toʻsgich inshootlar, suv tutgich tuproq koʻtarmalar, suv yigʻgich kanallar va boshqa yordamida yer usti oqar suvlar bilan tuproq yuvilishi va oqib ketishini bartaraf etish); agrotexnik M. (irrigatsiya eroziyasiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yerni haydash va sugʻorishda yoʻnalishlarni oʻzgartirib turish; shoʻrlangan yerlarni oʻzlashtirishda koʻp yillik oʻsimliklardan koʻproq foydalangan holda almashlab ekishni qoʻllash; qumli tuproklarga sideratlar ekish; qumli tuproqlarni gillash va boshqalar); oʻrmon xoʻjaligi M.si (ihota oʻrmonzorlari tashkil qilish va eroziyaga qarshi maxsus daraxtzorlar barpo etish singari tadbirlar bilan shamol va suv taʼsirida yuz beradigan tuproq eroziyasini bartaraf etish).

Melioratsiya. usullari yerni tubdan yoki kapital yaxshilash ishlaridan iborat. Sugorish tizimlari esa yerlarga zarur miqdorda va kerakli muddatlarda suv berishni taʼminlovchi, uzok, muddatga moʻljallangan inshootlardir. Kollektor-drenaj tarmogʻi ortiqcha grunt suvlarini muntazam chikarib tashlashni taʼminlaydi. M.ning barcha turlarini birgalikda qoʻllash yaxshi samara beradi. Yer maydonlari M.si, ayniqsa quruq iqlimli mintaqalarda, iqlimni oʻzgartirishga ham olib keladi, sugʻorish havoning yerga yaqin qatlamida namlikni oshiradi (tuproq va oʻsimlik qoplamidan bugʻlangan namlik tufayli), natijada harorat pasayib, qurgʻoqchilik taʼsiri kamayadi.

Melioratsiya. kup kapital mablagʻ talab qiladi, ammo u melioratsiyalanadigan yerlar mahsuldorligining yil sayin oshib borishi hisobiga bir necha yil ichida oʻzini qoplaydi. Mac, gʻalla ekinlari sugʻorilmaydigan maydonlardagiga nisbatan sugʻoriladigan yerlarda 4—5 marta ortiq hosil beradi, sugorma dehqonchilik hududlarida ayrim ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish amalda mumkin emas.

Melioratsiya. tarixi. Oʻrta Osiyo hududida M. qadimiy davrlardan qoʻllanila boshlangan. Markaziy Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sugʻorish tarmoqlari qoldiklari qadimiy Sugʻdiyona, Shim. Baqtriya, Xorazm, Fargʻona, Margʻiyona kabi davlatlarda dehqonchilik madaniyati yuqori boʻlganligini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 6—5ming yilliklarda togʻ oldi hududlarda liman va qayir usulida dehqonchilik qilingan. Sugʻorib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi 2-ming yillikda Surxondaryoda, Zaraf-shon, Fargʻona vodiylarida, Amudaryo deltasida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sugʻorish asosida yerlarni oʻzlashtirish ishlari miloddan avvalgi 8—7-asrlarda olib borilgan.

20-asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyoda M. tadbirlari keng miqyosda amalga oshirila boshlandi, ayniqsa, eski sugʻorish tarmoqdarini tiklash va yangilarini qurishga katta eʼtibor berildi.

Grunt suvlari sathini tartibga solish, yerlarni shoʻrsizlantirish boʻyicha ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarda drenajning eng samarali turlari — yopiq gorizontal va vertikal drenajlar qoʻllanildi.

Melioratsiya miqyosi, ayniqsa, Oʻzbekistonda katga boʻldi: Mirzachoʻlni oʻzlashtirish misolida yalpi meliorativ qurilishning prinsipial yangi texnologiyasi barpo qilindi, texnik jihatdan mukammal meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi. Suv resurslarini sersuv manbalardan kam suv havzalarga oʻtkazish katta miqyosda amalga oshirildi, mashinalashgan sugʻorish tobora rivojlandi.

Umuman, Oʻzbekiston qudratli suv xoʻjaligi majmuiga ega: sugʻoriladigan dehqonchilik koʻlami 4,3 mln. ga; umumiy suv sarfi 2500 m³/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, 32,4 ming km uzunlikda xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 31 ming km xoʻjaliklararo va 106,3 ming km xoʻjalik kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud. Xoʻjaliklarda 12,8 mingtaga yaqin nasos st-yalari yordamida 1050 ming ga atrofida ekinzorlar sugʻorilmoqda. 4800 dan ortiq vertikal drenajlar, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv va 2000 ga yaqin sugʻorish quduqlaridan foydalanilmoqda

Melioratsiya ishlarini mexanizisiyalashtirishda asosan umumiy qurilish va qurilish mashinalaridan foydalaniladi. Ammo, bu mashinalar qishloq va suv xo‘jalik qurilishida bajariladigan barcha ishlarda ishlatish imkoniyatini bermaydi, ayniqsa maxsus agromeliorativ talablarga javob beruvchi sharoitlarda bu mashinalarni ishlatish yaxshi natija bermasligi yoki tugallanmagan ishlar hajmining ko‘pligidir.

Melioratsiya ishlari jarayoniga quyidagilar kiradi: kanallar qurilishi, ularni cho‘kindi va o‘t-o‘lanlardan tozalash, kanal sirtlarini tekislash, silliqlash va shibbalash, kanallarga beton yotqizish va ularni qirqish, drenaj qurish va ularni tozalash, hamda himoya qilish, yer tekislash, yerlarni sug‘orishga tayyorlash va boshqalar.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus melioratsiya mashinalarini qo‘llashni taqozo etadi. Melioratsiya mashinalari deb, ish jihozlari agromeliorativ talablariga javob beruvchi, bir yoki bir nechta texnologik jarayonlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashinalarga aytiladi. Melioratsiya mashinalarini aniqlovchi asosiy belgilar quyidagilardan iborat: bir yoki bir nechta ishlarni bajaruvchi maxsus ish jihozlariga ega bo‘lish, ish jihozini shakli va joylashishi uning bajaradigan ishi bilan mustahkam bog‘langanligi, ish jihozini shaklini o‘zgartirish imkoniyatining borligi, bir o'tishda loyiha qurilishining yakunlanishi, uzluksiz ishlashi.

Melioratsiya ishlarida qo‘llaniladigan umumiy qurilish mashinalarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ish jihozlarining har xil ishlarini bajarishga mo‘ljallanganligi, barcha turdagi meliorativ va qurilish ishlarini bajarishda qo‘llash imkoniyatining mavjudligi, ish jihozi shakli bilan bajariladigan ishning shakli orasidagi farqning yo‘qligi, mashinalaming davriy va uzluksiz ishlash imkoniyatining mavjudligi, bir o‘tishda ko‘rsatiigan shakldagi qurilish ishlarini bajarish imkoniyatining borligi.

Qurilish va melioratsiya mashinalari asosan ularning ish jihozlarining konstruksiyasi, turi va ishlatilishi bilan farq qilib, qolgan ko‘rsatkieh!ar boshqa tur mashinalardan farq qilmaydi,

Melioratsiya mashinalari boshqa mashinalardan ish jihozlarining turli konstmksiyalari va ularni har xil texnologik jarayoniami bajarishda turlicha shakllarga ega bo‘lishligi bilan farq qiladi.

Melioratsiya mashinalarini sinflarga bo‘Iish, asosan ular bajaradigan ishlarning vazifalariga qarab ajratiladi. Shunga asoslanib ularni to‘qqizta asosiy guruhga bo‘lish mumkin (1.1-rasm).

Asosiy vazifasi va turli ishlarni bajarishda qo‘llanishga qarab, bu guruh mashinalari qo‘shimcha guruhlarga ham bo‘linishi mumkin.

Melioratsiya mashinalari bajaradigan ish jarayonining tavsifiga asosan, ular davriy va uzluksiz ishlovchi turlarga bo‘linadi.

Ish jihozi va mashina harakat yo‘nalishiga asoslanib ularni kondalang va boylama harakatlanuvchi turlarga bolish mumkin.

Yurish uskunalari bo‘yicha ulami, g‘ildirakli, olrmalovchi (zanjirli), qadamiovehi, temir yo‘lda va chang‘ida sudralib yuruvchi, suzib yuruvchi va boshqa turlarga ajratish mumkin,

Boshqaruv boyicha; mexanik, gidravlik, pnevmalik. elektrik, avtomatik va aralash boshqaruv turlarga boiinadi. Mashina bazasiga ish jihozining o’nmtiiishiga qarab, ulami, tirkama, osma, yarim tirkama va o*ziyurar turlarga bo‘ lish mumkin, Turli melioratsiya inshootlarini qurilishida, ishlarini bajarishiga qarab, turli ish jihozlari ishlatiladi, Bu ish jihozlari turli shaklda bolib, oddiy, faol va aralash bo‘lishi mumkin.

Melioratsiya ishlarida ishlatiladigan ish jihozlarining turlari 1.2- rasmda ko‘rsatilgan.

Umuman melioratsiya mashinalari quyidagi: yuqori ish unumdorligi, o'tuvchanligi, metall, energiya sig‘imi va tortish kuchining kam sarflanishligi, agromeliorativ talablar asosida yuqori sifatli ishni bajarishligi, qo‘shimcha va qo‘l ishlarini ishlatmaslikka asoslangan ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.

Maxsus melioratsiya mashinalarini yaratishda quyidagi uchta yo'nalishdan foydalaniiadi:

1. Sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki meliorativ traktorlarni takomillashtirish asosida ularga o‘rnatiladigan maxsus melioratsiya uskunaJarining konstruksiyalarini ishlab chiqarish;

2. Qurilish mashinalarini konstruksiyalarini o'zgartirmagan hoida ularga turli almashtiriladigan ish jihozlarini loyihaiash;

3. Traktor va qurilish mashinalari bazasidagi melioratsiya mashinalarini loyihaiash. Traktor bazasidagi yaratiladigan melioratsiya mashinalari loyihalashga va ishlab • chiqarisliga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Bunda asosan mavjud traktorning harakat manbalari, yurish uskunasi, boshqaruv sistemalari va boshqa konstruksiyalari saqlanib qolgan holda ayrim takomillashtirish, o‘zgarti- rishlar kiritish orqali amalga oshiriladi..

Melioratsiya mashinalari konstruksiyasini takomillashtirishning quyidagi omillari mamlakatimiz va xorij mamlakatlarida qo‘llanilmoq- da.

1. Ish jihozining tezligi va unga qo‘yiladigan kuchni oshirish, asosan yuqori quvvatli mashina bazasini qoMlash orqali amalga oshirish.

2. Ish jihozi va mashinaning ko‘rsatkichlarini oshirish asosan mashinaning quvvati va ish unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirish.

3. Uzluksiz ishlovchi mashinalarni yaratish va qoilash orqali ish unumdorligini (3-8 marta) oshirish va narxini (2-4 marta) kamaytirish.

4. Iloji boricha faol ish jihozli mashinalarni qo‘llash.

5. Osma va yarim osma ish jihozlariga ega bo‘lgan mashinalarni ishlab chiqarish.

6. Mashinalarni kecha-kunduz va yuqori foyda bilan ishlatish maqsadida, davriy va uzluksiz ishlaydigan keng qamrovli almashtirib ishlaydigan ish jihozlarini yaratish.

7. Mashinaning bir joydan o‘tish sonini kamaytirish va quriladigan inshootlarni o‘lchamini oshirish maqsadida, aralash ish jihoziga ega bo‘lgan mashinalarni qollash.

8. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ishlarni bajaruvchi mashinalarni loyihaiash (masalan, kanallar qazish, tuproqni surish va uni shibbalash,drenaj transheyalarini qazish, drenaj quvuri va sizdirgich materiallarini yotqizish, gruntni transheyaga qayta ko‘mish va uni zichlash), ishlarini birgalikda olib borishni bir texmkaga yukiash.

9. Yig‘ma inshootlarni quruvchi mashinaiarni yaratish va ularni takomillashtirish.

10. Geometrik o‘lchamiari va shakllari ixchamlangan yangi ish jihozlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish,

11. Mashinani boshqarish va harakatlaniirishda gidfoyuritmalardan foydalanish.

12. Mashina harakati va boshqaruvini avtomatlashtirish.

13. Mashinaiarni (botqoq va qumli yerlarda) o‘tuvchanligini oshirish.

14. Qattiq va o‘ta qattiq tuproqlarda ishlovchi mashinaiarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.

15. Suvli va turg‘un bo‘lmagan tuproqlarda ishlovchi mashinaiarni loyihalash va yaratish.

16. Chuqur va tor transheyalardagi tuproqni zichlovchi (shibbalovchi) mashinaiarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.

17. Sug‘orish mashinalarining (yomg‘irlatib, tomchilatib, yer ostidan sug‘orish) yangi konstruksiyalarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.

18. Mashinalarning mustahkamligini va doimiyligini oshirish.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. ,,Melioratsiya mashinalari’’ S.T.Vafoyev Toshkent. 2013

  2. ,,Zaharli begona o’tlar va ularga qarshi kurash choralari togrisida’’ Tavsiyanoma Toshkent. 2012

Download 329,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish