Begaliyeva parvinaning


Innovatsiya faoliyatini qo‘llash zarurligi va innovatsiya turlari



Download 38,47 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2022
Hajmi38,47 Kb.
#439367
1   2   3   4
Bog'liq
Begaliyeva Parvina MX-119 Mehmonxona xo\'jaligida innovatsiya fanidan mustaqil ishi

2. Innovatsiya faoliyatini qo‘llash zarurligi va innovatsiya turlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada innovatsiyani qo‘llash muhim ahamiyat kasb yetadi. Innovatsion muhitni shakllantirish doimiy ravishda mahsulotni yangilash, ishlab chiqarish fondlarini yangi texnika asosida yangilash, umumjamiyatni rivojlantirish imkoniyatini yaratish holatlariga sharoit barpo yetadi.


Innovatsiya iborasi inglizcha “innovation” so‘zidan olinib yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo‘llanilish jarayoniga aytiladi. Ilmiy adabiyotlarda ushbu jarayonni tashkilotdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish va respublikamizdagi sotsial-iqtisodiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga ta’sirini ko‘rib o‘tilgan1. Asosiy ye’tiborni bo‘lajak menejerlarni yuqori raqobat sharoitida yeng oqilona variantlarni tanlash, foydalilik darajasini ta’minlash va korxona faoliyatini jadallashtirish masalalariga qaratilgan.
Ilmiy izlanishning hozirgi davrda bizning respublikamizda iqtisodiyot rivojlanish holati va barcha tarmoqlardagi strukturaviy o‘zgarishlarga mos ravishda olib borilishi iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga olib kelmokda. Ayniqsa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangilik kiritish jarayoni bo‘yicha ko‘p muammolar paydo bo‘lmoqda va ularni o‘z vaqtida hal yetish, kerakli kadr, moddiy texnika bazasi, tashkiliy va uslubiy tadbirlarni talab yetadi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyot tarkibida «…faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni… texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil yetishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida ye’tibor qaratildi»2
Bozor iqtisodiyotida turli xil mulk shaklida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning muammolari innovatsion jarayonlarni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin. Korxonalar o‘z faoliyatlarida innovatsiyalarni qo‘llashdagi muammolarni hal yetishga yo‘naltirsalarda, ma’lum holatlarda qiyin sharoitga tushib qolish yextimoli ko‘p uchraydi. Chunki innovatsiyalarni qo‘llash har qanday korxonada amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun innovatsiyalarni amalga oshirish ayrim korxonalar faoliyatidagina kuzatish mumkin. Masalan, korxonalar yangilik joriy yetish jarayonida, xorijdan investitsiyalar jalb yetish va raqobatdosh mahsulot chiqarish borasida hal yetilmagan masalalar va vazifalarga duchor bo‘lib, ularni yechimini topishga intiladilar.
Biroq shunday korxonalar borki, ularda yeski texnika va texnologiyasini yangilanish jarayoni sust olib borilmoqda, mahsulot sifati va yekologiya talablari dunyo standartlariga mos kelmasligini ko‘rish mumkin. Bunday korxonalarda innovatsiyani qo‘llashda jiddiy muammolar yuzaga keladiki, ularni bartaraf yetish uchun katta mablag‘lar talab yetiladi.
Korxonalarda innovatsiyalarni qo‘llash orqali yangicha raqobatga asoslanish mumkin. Boshqacha aytganda raqobatlashuv tendensiyalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Mukammal raqobat jamiyat uchun juda kuchli stimul bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlarini minimumlashtirishga va ish haqini uning me’yoriy unumdorligiga maksimal yaqinlashtiradi.
Innovatsiyalarni qo‘llashdan olingan foyda yesa korxona faolligini yanada oshirishga olib keladi. Bu foydani Y.Shumpeter (1883-1950) statik foyda deb atadi3. Bunda iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishni yangi darajaga olib chiqishga qodir yemas. Yangi daraja innovatsiya bilan bog‘liq, u yesa ortiqcha xarajatni talab qiladi.
Novatorlik raqobatning yangi tipini shakllantiradi. Bu holat yangi tovar, yangi texnologiya, umuman biror xil yangilikka, ustunlikka yega bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Novator boshqa korxonalar yashashiga halaqit bera boshlaydi. Chunki novatorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan raqib boshqalardan sakrab-sakrab oldinga ketib qoladi va o‘z sohasida monopolistga aylanishi mumkin. Buni Shumpeter «yaratuvchi buzg‘unlik» deb aytgan.


Download 38,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish