3.Innovatsiyalarni qo‘llash bosqichlari
Korxonada innovatsiya jarayonlarini amalga oshirishda qo‘yidagi bosqichlarda sodir bo‘ladi:
Bosqich 1. Yuzaga kelgan g‘oyalarni tizimlash: Bu bosqichda yangi g‘oyalarni amalda qo‘llash va imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda bir necha muqobilliklar yuzaga kelishi tabiiy. Ulardan yeng maqbul varianti tanlanadi. Yangi mahsulotning korxona imidjiga va rivojlanish strategiyasiga muvofiq kelishi antiqlanadi. Shu tarzda bo‘lajak buyum patentini belgilashga o‘tiladi.
Bosqich 2. Aniqlangan g‘oyalarni tanlash va yangi mahsulot g‘oyalarini ishlab chiqarish zarurligi. Bunda quyidagilarga ye’tibor beriladi:
bozorda texnologik o‘zgarishlar haqida axborot to‘plash;
mahsulotni ishlab chiqarish va o‘zlashtirish munosabatlarida firmaning salohiyatli imkoniyatlari haqida axborot to‘plash;
tavakkalchilik darajasi va me’yorlarini belgilash.
Bosqich 3. Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil yetish, marketing dasturlarini ishlab chiqish: Marketing yangi mahsulotni yuzaga kelishi uchun yordam beradigan soha hisoblanadi. Bu bosqichda ye’tibor qiritiladigan jihatlar quyidagicha:
g‘oya aniq loyiha ko‘rinishiga o‘tganda mahsulotning texnik jihatdan ishlab ko‘rish:
mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini aniqlash, uning iste’mol xususiyatlarini va sifatini baholash;
savdo hajmi va bozorning potensial (yashirin) talabini baholash;
yangi mahsulotni yaratish va o‘zlashtirishdagi harajatlarni (investitsiyalarni) aniqlash;
yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi: mashina va texnologik inshootlar, xom ashyo va materiallar, personal kadrlar, moliyaviy manbaalar;
yangi mahsulot ishlab chiqarish muddatlari va u bilan bozorga kirish;
yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi (foydaliligi)ni baholash va tahlil yetish, mahsulot bo‘yicha marketing dasturlarini ishlab chiqarish.
Bosqich 4. Yangi mahsulot yaratish: Ko‘rinib turibdiki, yangi mahsulotni yaratish bosqichigacha 3 ta bosqich amalga oshiriladi. Bu ham korxonada innovatsiyani qo‘llashdagi qiyinchiliklarning naqadar murakkabligini ko‘rsatib turibdi. Yangi mahsulot yaratish bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi:
korxona bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarni taqsimlash bilan yangi mahsulotni rivojlantirishning aniq dasto‘rini ishlab chiqish;
namuna yaratish va texnik tadqiqot o‘tkazish (ekologik tozaligini, xavfsizligini va xokazolarni tekshirish);
tovarning nomlanishini, uning tovar belgisini, rasmiylashtirishni, o‘ramini (upakovkasini) va markirovkasini belgilash.
Shuni alohida qayd yetish kerakki, 4-bosqichning o‘zida yangicha yondashuvlarni amalga oshirish taqazo yetiladi.
Bosqich 5. Bozorda test o‘tkazish:
cheklangan bozorda uch oy mobaynida narx va boshqa tijorat muhitlari (narxlardan chegirtmalar taqdim yetish, kreditlar va boshqalar) bo‘yicha o‘tkazish;
tarqatishning (sotishning) maqbul kanallarini tanlash;
reklama uslublari va vositalarini tanlash;
texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil yetish.
Bosqich 6. Mahsulotni sotish bo‘yicha marketing dasturi asosida yangi buyumni ishlab chiqarishga joriy yetish haqida qaror qabul qilish (ommaviy, ko‘p nushada): Bu bosqichda mahsulot yaratish jarayoni boshlanib, ishlab chiqarish amalga oshirialdi. Bu bosqichda asosiy bajariladigan ishlar:
yangilikni tijoriy asoslash: savdo hajmi, mahsulot rentabelligi, talab va yehtiyojlarni kondirish darajasi, sotish uslubi va kanallari;
tovarlarni sotishda tajribaning mavjudligi: bozordagi mashxurlik, va korxona shuxrati, haridor va iste’molchilar bilan turg‘un aloqalar;
korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari: mavjud quvvatlardan foydalanish, resurslar va malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik;
moliyaviy imkoniyatlar: ommaviy ishlab chiqarishda investitsiyalarning umumiy yig‘indisi va savdo, moliyaviy manbalar, hisobot davrida kutilishi mumkin bo‘lgan (foydalilik yoki zarar ko‘rish) natijalar;
me’yoriy ko‘rsatkichlarga - standartlarga davlat me’yorlariga muvofiqlashtirish;
yangiliklarni patent himoyasini ta’minlash.
Agar yuqoridagi bosqichlar puxta amalga oshirilsa, har qanday korxona innovatsiyani joriy yetganda bozorga shiddan Bilan kirib boradi va maksimal foyda olishga kirishadi. Shunday muhit yuzaga kelishi mumkinki, bunda monopol mavqega yega bo‘lish ham tabiiy.
Tarixan monopolistik birlashmalarning paydo bo‘lishi XIX asrning oxiri - XX boshlarida boshlangan. Bu davrda yirik texnik o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, birinchi navbatda metallurgiya, mashinasozlik, ximiya sanoati rivojlana boshladi. Elektroyenergiyani ko‘plab ishlatish boshlandi.
«XIX asrning oxirida, yeng rivojlangan mamlakatlarda sanoatning yetakchi tarmoqlarida tarmoq ishlab chiqaradigan tovarning anchagina qismini o‘z nazoratida ushlagan yirik korxonalar paydo bo‘ldi. Bularni monopoliya ( grekcha – mono - bir, yagona va polio – sotuvchi, yegalik qiluvchi) deb atay boshladilar»4. Bunday birlashlarning maqsadi o‘zlarining ustunlik holatlaridan foydalanib bozorda o‘zlariga ma’qul baholarni (monopol yuqori va monopol past bahoni) belgilab maksimal yuqori foyda olish bo‘lgan.
Fikrlarimizni davom yettirib qayd yetish mumkinki, tadqiqotchilar innovatsiyalarning tor ta’riflari bilan chegaralanmasdan, uning uchta asosiy turini ajratib ko‘rsatadilar: mahsulotlar, texnika-texnologiya va tashkiliy boshqaruv.
Mahsulotlar innovatsiyasi yeng keng tarqalgan bo‘lib, juda ko‘p korxonalarda mavjud. Bunda bir korxonadan boshqa korxonaga o‘tish xarakteri farqlanadi. Ayrim korxonalar uchun an’anaviy profilga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun - iste’mol talablarini inobatga olgan holda, an’anaviy mahsulotning iste’mol sifatini oshirishdir5.
Ba’zan yangi mahsulot ishlab chiqarish texnologik o‘zgarishlarni, yeski asbob-uskunalarda amalga oshiriladi, ba’zida yesa, yangi mahsulot ishlab chiqarish korxonaning yangi texnik-texnologik jihatidan jihozlash bilan amalga oshiriladi. Texnologik innovatsiyalarning yetakchi motivi bo‘lib, bozor talabini qondiruvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Shuning bilan birga, innovatsiyalarni yuzaga chiqaruvchi sabablar turlichadir: texnologiya jarayonining takomillashuvi, resurslarni iqtisod qilish, yekologik talablar, zamonaviy texnologik qarorlarning yetishmasligi va boshqalar.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, tannarxini tushirish va xillarini kengaytirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish, texnologik yangiliklarni joriy qilishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda korxonalarda uskunalarni almashtirish, asosan raqobatga qarshi vosita yemas, balki ularning ma’naviy yeskirishi tufayli amalaga oshirilmoqda.
Tashkiliy-boshqaruv innovatsiyalar ko‘proq, firmaning barcha darajalarida kunduzgi bo‘limlarni, bo‘linma va xizmatlarni tashkil yetish orqali tavsiflanadi. Masalan, marketing bo‘limlari, yangi yo‘nalishlar va mahsulotni sotishning kunduzgi usullarini yaratish. Bunda ishlab chiqarish va personalii boshqarish usullarini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha innovatsiya chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.
Hech kimga sir yemaski, jamiyat uchun ko‘pgina kerakli g‘oyalar, faning potensiali yetarlicha ochib taqdim yetilmaganligi uchun tatbiq yetilmasdan qolgan. Bu ishni faqat g‘oyalarni hayotga tatbiq yetish uchun kurashga tayyor kishilargina yaxshiroq amalga oshirishlari mumkin. Chunki, g‘oyalar bilan bevosita bog‘liq muallif, ham muallif yoki ushbu g‘oyalarni tug‘ilishida qatnashganlargina uni hayotga tadbiq yetishga boshqalardan ko‘ra kuproq ishonadi. Mahsulotlar innovatsiyasi, ko‘pchilikni qiziqtirganligi uchun ham yashab qolish imkoniyatlari ko‘proq. Innovatsiya qiluvchining vazifasi ham innovatsiyani odamlarning amaliy faoliyatiga aylantirishdan iborat. Shu nuqtai nazardan innovatsiya qiluvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
o‘z ixtirosini (g‘oyani) amalga oshirish bilan bog‘liq tusiqlarni yengib o‘tgan ixtirochi;
vositachilar (maslayatchilar)- tadbirkorlik tuzilmalari yoki jamoat fikrini innovatsiyalardan foydalanishga yo‘naltiruvchilar;
o‘z ixtirolarini (g‘oyani) qonuniy asosda sotib olib, ularni amaliyotga tadbiq yetadigan tadbirkorlar;
davlat va jamiyat hayotining ma’lum yunalishida foydalanish uchun ixtiroga (g‘oya) ijtimoiy ahamiyat beradigan davlat va jamoat arboblari.
Fikrimizcha, korxonalarda joriy yetilgan innovatsiyalar mavjud muvozanatni buzadi va iqtisodiyotni yangi muvozanat sari rivojlanishga undaydi. By jamiyat rivojini ta’minlovchi hap kunlik va hap daqiqada sodir yetiladigan me’yoriy jarayondir.
Jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarini boshqarishda yo‘l quyiladigan hatolar yoki siyosiy voqealar, shuningdek, ayrim falokatlar natijasida yuzaga keladigan inqirozlar innovatsiyalarning yuzaga chiqishiga turtki berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |