Beeline O‘zbekiston” “Smartfon Xohlayman” megao‘yini boshlangani haqida e’lon qiladi Aksiya o‘kazilish muddati



Download 33,88 Kb.
Sana15.11.2019
Hajmi33,88 Kb.
#26069
Bog'liq
xochu smartphone uzb



Beeline O‘zbekiston” “Smartfon Xohlayman” megao‘yini boshlangani haqida e’lon qiladi


Aksiya o‘kazilish muddati:

Aksiya boshlanishi: 23.08.2019г.



Aksiya tugashi: 25.09.2019г. (shu kun ham kiradi).
G‘oliblarni aniqlash kuni: Aksiya o‘tkazilish muddati davomida 2019 yilning 23 avgust kunidan boshlab 2019 yilning 25 sentyabr kuniga qadar (shu kun ham kiradi) 5 (beshta) o‘yin o‘rkaziladi.

Sovrinlarni taqdim etish: 26.09.2019dan 31.10.2019gacha (shu kun ham kiradi).
Aksiyaning o‘tkazilish hududi: O‘zbekiston


  1. Aksiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari




    1. Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan "Unitel" MChJ uyali aloqa operatori (Beeline TM) abonentlari qatnashishlari mumkin:

      1. Abonent - O'zbekiston Respublikasining rezidenti, 18 yoshga to'lgan jismoniy shaxsdir;

      2. Avvaldan to‘lov tizimi tarifi abonentlari;

      3. Abonent O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega;

      4. Abonentning Shartnomasi Aksiya davomida amal qiladi;

      5. Abonentning SIM-kartasi faol (bloklanmagan).

    2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan abonentlar Aksiyada ishtirok etishga va Sovrin olishga haqlari yo‘q.

    3. Aksiyada Operator bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin emas.

    4. Aksiya ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish va yutuqlarni olish bilan bog'liq bo'lgan barcha tadbirlarni aksiya shartlarida belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

    5. Aksiya tugaganidan so'ng, kompaniya www.beeline.uz web-saytida Aksiya tugagani to'g'risida xabarni e'lon qilishi yoki boshqa tarzda uni tamomlangani haqida xabardor qilishi shart.

    6. Kompaniya Aksiyani o‘tkazadi va g'olib ishtirokchilarga sovg'alarni taqdim etadi.

    7. Kompaniya ushbu Qoidalarda va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno bo‘lgan holda, Aksiya ishtirokchisi to'g'risidagi ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.

    8. Kompaniya ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan holatlardan tashqari yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari, aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalar qilmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi.

    9. Kompaniya Aksiya qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqiga ega. Shu bilan birga, Aksiya shartlari o'zgargan taqdirda, Kompaniya tegishli ma'lumotlarni www.beeline.uz web-saytiga joylashtirish majburiyatini oladi.




  1. Ishtirok etish shartlari




    1. Sovrinlarni yutgan ishtirokchilar, kompaniyaning so‘roviga binoan, reklama maqsadida o'tkazilgan intervyularda, fotosuratlar va videotasvirlarda qatnashishga majbur bo'ladilar va intervyu natijalari va fotosuratlar, ommaviy axborot vositalarida g'olibni ko'rsatadigan videolardan foydalanishga rozilik beradilar.

    2. Yuqoridagi tadbirlarda qatnashganlik uchun qo'shimcha haq to'lanmaydi, yuqoridagi tadbirlar natijasida olingan materiallarga bo'lgan huquqlar Ishtirokchi va Kompaniya orasida yozma ravishda kelishilmagan holda Kompaniyaga tegishli bo'ladi.

    3. Ishtirokchilar telefon raqamini @beelineuzbbot Telegram botga yuborish paytida aksiya shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadilar.




  1. Sovrin jamg'armasi




    1. Mukofot jamg'armasi manbasi Kompaniyaning sof daromadi hisoblanadi. Aksiyaning sof jamg‘armasi deb quyidagi sovrinlar hisoblanadi:

  • 4 ta Apple iPhone XS Max 64GB Space Grey smartfoni;

  • 1 ta Apple iPhone XS Max 64GB Silver smartfoni.

    1. Bitta sovrinlar o'yinida Ishtirokchi faqat bitta sovrinni yutishi mumkin.




  1. Aksiyaning o‘tkazilish tartibi

4.1. Facebook, Instagram, Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmoqlarida Beeline O'zbekistonning rasmiy sahifasida va “Beeline Uzbekistan” rasmiy Telegram-kanalida o'ynaladigan o'yinning boshlanishi to'g'risida e'lon.

4.2. O‘yinlar @beelineuzbbot Telegram-botida o‘tkaziladi.

4.3. Har bir o‘yinda faqat 1 dona Apple iPhone smartfoni o‘ynaladi.

4.4. Bir abonent faqat bir marotaba g‘olib bo‘lishi mumkin.

4.5. Tanlov natijalari Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi "Beeline Uzbekistan"ning rasmiy sahifasida va rasmiy e'lon qilinadi.

4.5. O‘yin o‘tkazilish kunlari va shartlari:


    1. O‘yin #3 – o‘tkazilish kunlari 2019 yilning 05 sentyabr kunidan 11 sentyabr 15:00gacha.

Sovrinlar o'yinida qatnashish uchun belgilangan muddatda quyidagi shartlarni bajarish kerak:

1) “Beeline” abonenti Beeline Music yuklab oling, ro'yxatdan o'tish bosqichlaridan o'ting. Agar abonent avval ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, unda ushbu shart bajarilgan deb hisoblanadi;

2) Beeline Music ilovasi orqali musiqa tinglash uchun kunlik obunani ulang.Ilovaning hozirgi foydalanuvchilari xohlagan obunani ulashlari kerak.Aksiya e'lon qilingandan oldin obuna bo'lgan abonentlar uchun ham aksiya amal qiladi. Obunani o'chirish va qayta ulash shart emas;

3) Abonent @beelineuzbbot botiga obuna bo‘lishi kerak agar abonent allaqachon avval ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, unda ushbu shart bajarilgan deb hisoblanadi va “Smartphone Xohlayman” tugmasini bosing;

4) Aksiya ishtrokchisi o'z raqamini yuborish bilan aksiya qoidalari va shartlariga rozi ekanligini bildiradi.
4.5. 4.4-band bo'yicha o'yinlar uchun qo'shimcha shartlar:
- Facebook‘dagi Beeline Uzbekistan rasmiy sahifasiga “Like” belgisini qo‘yish;

- yangilik bilan shaxsiy sahifada bo‘lishish.

Ushbu shartlarning bajarilishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas va g'olibni aniqlashga ta'sir qilmaydi.

5. Sovrin jamg'armasini olish tartibi


    1. O‘yin quyidagi tarzda o‘tkaziladi:

  1. Ishtirokchilarni tanlash algoritmiga binoan, ushbu Qoidalarning 4-bo'limiga binoan, qimmatbaho sovrinlarni o'ynash uchun aksiya qatnashchilarining elektron ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi;

  2. Qimmatbaho sovg'alarni yutib olgan g'oliblar o'ynaladigan kundan keyingi kunning har kuni soat 12:00 da ommaviy ravishda aniqlanadi;

  3. G'olib tasodifiy ravishda tasodifiy raqamlarning algoritmi yordamida (jonli Facebook translyatsiyasi) Random.org saytidan foydalanib aniqlanadi;

  4. G'oliblarni aniqlash natijalari aksiya tugagan kunning ertasi kuni kompaniyaning www.beeline.uz saytida, g'olibning mobil telefon raqami (abonent raqamining dastlabki uchta raqamisiz), g'olibning nomi va g'olib ro'yxatga olingan manzil bilan birga joylashtiriladi.

  5. Kompaniya o'yin davomida abonent raqami va yutuq egalarining ismlarini e'lon qilishga haqli (Facebookda jonli ravishda). Aksiyada ishtirok etib, Abonent o'zining ismi va uyali telefon raqamini ommaviy ravishda e'lon qilishga roziligini tasdiqlaydi.

b. Kompaniya o‘yin o‘tgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni davomida Aksiya g'oliblariga yutuqlar haqida qo'ng'iroq qilib yoki SMS orqali xabardor qilinadi.

c. Sovrinlar o'ynalish paytida "Unitel" MChJ oldida qarzdor bo'lmagan, raqami faol bo‘lgan va aksiyada ishtirok etish uchun barcha shartlarni bajargan ishtirokchi g'olib deb tan olinadi.




  1. Yutuqlarni olish tartibi, muddati, joyi va shartlari




  1. Sovg'alar tegishli hujjatlar va logistika tayyorlashni o'z ichiga olgan holda 2019 yil 26 sentyabrdan 31 oktyabrgacha beriladi.

  2. Yutuqni olish uchun Aksiya g'olibi Kompaniyaga quyidagi hujjatlar va ma'lumotlarning asl nusxalarini taqdim etadi:

  1. doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasport;

  2. STIR guvohnomasi;

  3. Abonent aksiya ishtirokchisiga aylanganida aktiv holda bo‘lgan (bloklanmagan) SIM-kartani taqdim etishi lozim.

  1. Agar biron bir sababga ko'ra g'olib shaxsan qimmatbaho sovrinni olish imkoniga ega bo'lmasa, u boshqa shaxsga mukofotni olish uchun notarial tasdiqlangan ishonchnomani rasmiylashtirishi mumkin.

  2. Shunda, a-bandda ko'rsatilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda, ishonchli vakil tomonidan mukofotni olgan shaxs. yuqorida quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

                  1. O‘z pasportining original nusxasi;

                  2. G‘olibning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasport nusxasi;

                  3. qimmatbaho sovg'ani olish uchun va mukofotni olish bilan bog'liq hujjatlarga imzo qo'yish huquqi notarial tasdiqlangan ishonchnomaning asl nusxasi.

  3. G'olib aksiya yutuqlari to'g'risida bildirishnoma olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yutuqlarni hujjatlashtirish uchun zarur bo'lgan yuqoridagi hujjatlarni1 taqdim etishi shart. Agar zarur hujjatlar o'z vaqtida taqdim etilmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiyaga yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga javob bermasa, kompaniya g'olibga sovrinni topshirishdan bosh tortish huquqiga ega.

  4. Kompaniya soliq agenti sifatida har bir g'olib uchun soliqlarni va to'lovlarni O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda g'oliblardan ushlab qolmasdan to'laydi.

  5. Sovrinlarni qo'lga kiritgandan so'ng, G'olib barcha zarur hujjatlarni, shu jumladan Abonentning shaxsiy ma'lumotlari va yutuq haqidagi to'liq ma'lumot, shu jumladan QQS bilan uning qiymati haqidagi barcha hujjatlarga imzo qo‘yishi shart. Sovrinlarni olish paytida Ishtirokchi / G'olib imzo chekish va / yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlarni, shu jumladan zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan bo'lsa, Ishtirokchi / G'olib sovrinni olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.

  6. Sovrinlar g'oliblarga Kompaniya tomonidan qo'shimcha ravishda belgilanadigan joyda beriladi. Sovrinlarning taqdim etilishi joyi, vaqti va sanasi qatnashchilarga qo'shimcha ravishda kompaniyaning web-saytida ma'lumot joylashtirish orqali yetkaziladi.

  7. G'olib Toshkentda yashamagan taqdirda, Sovrinlar o'yinining g'olibini Toshkentga kelishi bilan bog'liq xarajatlarni va mehmonxonada yashash va ovqatlanish, shuningdek boshqa sayohat bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni Kompaniya qoplamaydi.




  1. Aksiya ishtirokchilarini uning shartlari to'g'risida xabardor qilish tartibi




                1. Aksiya qoidalari va mukofot jamg'armasining tarkibi www.beeline.uz saytida e'lon qilinadi. G'oliblar to'g'risidagi ma'lumotlar o‘yin tugagan kunning ertasiga veb-saytda joylashtiriladi.

                2. Kompaniyaning web-saytida joylashtirilgan axborot manbalariga qo'shimcha ravishda, ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlarda tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali Aksiya shartlari to'g'risida xabardor qilinishi mumkin.

                3. Agar biron-bir sababga ko'ra g'oliblar sovrinlarni olishni talab qilmasalar yoki rad etsalar, Kompaniya tegishli ravishda Aksiya va Sovrin jamg'armasi sovrindorlarining sonini kamaytirish huquqiga ega. Bunda talab qilinmagan sovrinlar qayta o'ynalmaydi.

                4. Qoidalarda ko'zda tutilgan barcha talablar va shartlarni bajarmagan bo'lsa, kompaniya g'olibga mukofotni topshirishdan bosh tortishga haqlidir.

                5. Kompaniya quyidagilarga javobgar emas:

  • Kompaniya web-saytida yoki Facebook, Instagram, Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'ida "Beeline O'zbekiston" ning rasmiy sahifasida va Beeline Uzbekistan rasmiy Telegram-kanalida joylashtirilgan g'oliblar ro'yxati bilan tanishish imkoniyati yo'qligi;

  • Sovrinlarni olish uchun zarur bo'lgan ma'lumot / hujjatlarni o'z vaqtida yoki ishtirokchining aybi bilan va / yoki kompaniyaning xohishiga bog'liq bo'lmagan boshqa sabablarga ko'ra olmaganlik;

  • ishtirokchilar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi (o'z vaqtida bajarilmaganligi);

  • ё Призов в случае не востребования их или отказа от них. g'oliblar sovrinlarga da'vo qilmasa yoki uni olishni rad qilishgan taqdirda sovrinlarni qo‘lga kirita olmasalar.


f. Ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiyada ishtirok etib, Abonent Kompaniyaga/Operatorga uning shaxsiy ma'lumotlarini va Aksiya davomida Kompaniyaga/Operatorga ma'lum bo'lgan boshqa ma'lumotlarga ishlov berishga, shuningdek uchinchi shaxslarga, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan huquqni muhofaza qilish funktsiyalarini bajaruvchi shaxslarga topshirishga rozilik beradi.
g. Operator Aksiya davomida dasturiy va apparat vositalaridan foydalangan holda Abonentning ma'lumotlarini qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish deganda shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shish, foydalanish, berish, tarqatish, berish, egalikdan chiqarish va yo'q qilishni o'z ichiga olgan harakatlarning (operatsiyalarning) bitta yoki kombinatsiyasini amalga oshirish tushuniladi;

h. Aksiyada qatnashib, ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to'liq tanishganligini va roziligini tasdiqlaydi.



i. Kompaniya, O'zbekiston Respublikasining vijdonan ish yurituvchi subyekti bo'lib, o'z faoliyatini qonunlar va biznesning shaffofligi tamoyillariga qat'iy rioya qilishga asoslaydi.

  1. Aksiya bilan bog'liq bo'lgan barcha nizolar muzokaralar yo'li bilan hal qilinishi kerak. Agar nizo kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni ichida tinch yo'l bilan kelishuvga erishish imkoni bo'lmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanlararo fuqarolik sudida ko'rib chiqilishi kerak.

1 Ro'yxatga olish jarayonida hujjatlar ro'yxati aniqlashtirilishi mumkin.

Download 33,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish