Bbi-50 Ergashov Muhammadqodir Oraliq nazorat Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish 2



Download 19,43 Kb.
bet1/5
Sana30.12.2021
Hajmi19,43 Kb.
#191908
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ergashov Muhammadqodir


BBI-50 Ergashov Muhammadqodir

Oraliq nazorat

1. Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish

2. Moliyaviy vositachilar

Javoblar:

1.Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish

Rejalashtirish tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo'lgan va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi «rejalilik» orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni muvozanat va mutanosiblikka erishish bo'yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslaming muvozanatini va mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.Umumiy va oddiy ko'rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jara- yoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko'rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'lash tizimi sifatida qarash kerak.

«Moliyaviy rejalashtirish» tushunchasi o'z ichiga quyidagilami oladi:• taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;• jalb qilingan mablag'lar va vaqtincha bo'sh tuigan mablag'lami

joylashtirish menejmenti;• firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;

investitsion menejment;• kapitallar menejmenti;• faoliyatning boshqa ko'rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:• ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;• pul mablag'larini iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo'yicha ichki imkoniyat larni qidirib topish;• kapitalni samarali joylashtirish yo'llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;

• kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlami o'rnatish;

Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlami oldindan ko'zda tutishgina (ko'ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko'ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo'jalik yurituvchi sub’ekt o'z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shuday vaziyatlarni oldindan ko'ra bilish yordamida samarali boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:• iqtisodiy tahlil metodi;• normativ metod;• balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;• ko'p variantlilik metodi;• iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;

• va boshqa metodlar.

Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o'sganligi, tovariar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o'ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo'linishi mumkin:• uzoq muddatli moliyaviy rejalar;• qisqa muddatli moliyaviy rejalar.Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o'zining qamrab olish gorizonti bo'yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko'ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan sur’atlarini aniqlash bo'lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to'lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo'lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo'lgan moliyaviy holatini oldindan ko'ra bilish va moliyaviy reja ko'rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:• o'rta muddatli (5—10 yillik) moliyaviy bashoratlash;• uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.

Moliyaviy bashoratlash turli metodlar qo'llanishini taqoza etadi.Ularning eng asosiylari quyidagilar bo'lishi mumkin:• iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog'liq ravishda moliyaviy reja ko'rsatkichlari rivojini belgilaydigan iqtisodiy o'lchov modelini yaratish;• korrelyasion-regression tahlil;• bevosita ekspertli baholash metodi.Aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishish vositalari asosida dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirish metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilami ko'zda tutadi:

• yo'nalishlar bo'yicha davlat xarajatlari ustuvorligini belgilash;• davlat mablag'lari sarflanishining samaradorligini oshirish;

• muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda nioliyalashtirishni to'xtatish.Zamonaviy iqtisodiy dunyo — aralash iqtisodiyot dunyosidir.

Bu qoida o'ziga xos o'zgarmas haqiqat hisoblanadi va uni inkor etish mumkin emas. Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozoming «mutlaq hukmron» bo'la olmaydi. Shunga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’ektiv bo'lib, ulami bekor qilib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, bozor institutlari «nomenklatura»sining kengayishi, ular o'rtasidagi aloqalaming murakkablashuvi, yangi tizimlaming (evolyusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo'lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:• hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlari va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini, jamiyatning xavfsizligini, mulkka egalik qilish huquqi va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejim o'rnatish va uni himoya qilish, samarali raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat uchun har doim zarur;• barqarorlashtiruvchi tadbirlami amalga oshirish (davlat iqtisodiy o'sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagiilg‘or o'zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quwatlashi lozim);



• resurslaming ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyat uchun zarur bo‘lgan, lekin xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan daromadlaming indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur).


Download 19,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish