O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:
Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi
212-19__guruh
Sherali Jo’rayev
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: k.o’qituvchi. F.M.Qodirov
Toshkent 2022
Fazalar sonini oʼzgartiradigan transformatorlar
Baʼzi bir hollarda (MT sxemalarida, kabel magistrallarida, toʼgʼrilagichlarda va boshqalarda) uch fazali oʼzgaruvchan tok tarmogʼini boshqa sonli fazalar tarmoqqa oʼzgartirish kerak boʼladi .
Uch fazali tarmoqni olti fazali simmetrik tarmoqqa oʼzgartiruvchi transformatorni koʼrib chiqamiz (1–rasm). Buning uchun oddiy uch fazali transformatorda ikkita ikkitalik (a, b, c va a', b', c',) oʼramli, lekin oʼralish yoʼnalishlari qarama-qarshi boʼlgan choʼlgʼamlar qilinadi. Barcha choʼlgʼamlar “Y” sxemada ulanadi. Ikkilamchi a, b, c choʼlgʼamlarda birlamchi choʼlgʼamlar EYuKlari fazasiga mos tushadigan, a', b', c' choʼlgʼamlarda esa, birlamchi choʼlgʼamlar EYuKlari fazasiga qarama–qarshi boʼlgan EYuKlar induktsiyalanadi. Аgar ikkilamchi choʼlgʼamlar nolinchi nuqtalarini birlashtirsak, ikkilamchi zanjirda simmetrik fazali sxema hosil boʼladi.
1-rasm Uch fazali tarmoqni olti fazali tarmoqqa aylantiruvchi sxema
Skott sxemasi: Uch fazali tok tarmogʼini ikki fazali tok tarmogʼiga oʼzgartirish uchun ikkita TV1 va TV2 bir fazali transformatorlardan foydalaniladi. А, B, C, uchlar Uchiz chiziqli kuchlanishli uch fazali tarmoqqa ulanadi (2–rasm)
2-rasm Skott sxemasi
TV1 transformatorning birlamchi А-B choʼlgʼami W1 oʼramlar soniga ega va Uchiz=UAB toʼliq chiziqli kuchlanish taʼsirida boʼladi. Shunday qilib, bu choʼlgʼamning har bir oʼramiga Uchiz/W1 kuchlanish toʼgʼri keladi. Tr2 transformatorning birlamchi C-D choʼlgʼami D uchi orqali А-B choʼlgʼam oʼrta nuqtasiga ulangan boʼlib, 0,707×W1 oʼramlar soniga ega va UCD=Uchiz×sin600 =0,707×U22 kuchlanish taʼsiri ostida boʼladi. U holda bu choʼlgʼamning xar bir oʼramiga 0,707×Uchiz/0,707×W1=Uchiz/W1, yaʼni Tr1 transformatordagi kabi kuchlanish toʼgʼri keladi.
Demak, har ikkala transformatorlarning ikkilamchi choʼlgʼamlaridagi kuchlanishlar qiymatlari boʼyicha UAB=UCD=(W2/W1)×Uchiz ga teng va faza boʼyicha 90o ga surilgan. Diagrammadagi ab va sd kesmalar orqali simmetrik ikki fazali zanjirni tashkil qiladigan ikkilamchi choʼlgʼamlar keltirilgan U'AB, U'CD kuchlanishlari koʼrsatilgan (3–rasm).
Bir fazali sxemani ikki fazali sxemaga 1800 ga faza surish orqali oʼzgartirish mumkin. Buning uchun bir fazali transformator ikkilamchi choʼlgʼamdan oʼrta nuqta chiqariladi. Shunday qilib, oʼramlar soni W'2, W2''(W2'=W2'') bir xil boʼlgan ikkita yarim choʼlgʼamlar, yaʼni qarama qarshi fazadagi bir xil ikki fazali kuchlanishlar olinadi (4–rasm) .
4–rasm. Bir fazali tokni ikki fazali tokka o‘zgartirish sxemasi
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida, transformatorlarni fazasini o’zgartirish bilim ko’nikmalariga ega bo’ldim. Shular qatorida : Uch fazali tok tarmogʼini ikki fazali tok tarmogʼiga oʼzgartirish uchun ikkita TV1 va TV2 bir fazali transformatorlardan foydalaniladi. А, B, C, uchlar Uchiz chiziqli kuchlanishli uch fazali tarmoqqa ulanadi.Bundan tashqari , Bir fazali sxemani ikki fazali sxemaga 1800 ga faza surish orqali oʼzgartirish mumkin. Buning uchun bir fazali transformator ikkilamchi choʼlgʼamdan oʼrta nuqta chiqariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |