ONAJON
Ba`zan o`yga tolaman.
Men omadsiz bolaman.
Onajon sizni tashlab,
Endi qayga boraman.
*****
Kunlarim o`tar shunday.
Go`yo zimiston tunday.
Sizga parvo ham qilmay,
Endi qayga boraman.
*****
Siz go`yo menga malham.
Meni duo qilarsiz har dam.
Duoyingiz olmasdan,
Endi qayga boraman.
*****
Siz borsiz kunim charog`on.
Bu so`zlarim emas yolg`on.
Siz o`ylamay men nodon,
Endi qayga boraman.
*****
Onajon deganimda,
Siz shaysiz doim yonimda.
Sizni baxtli qilmasdan,
Endi qayga boraman.
*****
Duoyingiz sabab omadim keldi.
Buni butun xalq bildi.
Sizni rozi qilmasdan,
Endi qayga boraman.
11-“A”sinf o`quvchisi
Xayrullayev Baxodir
BILIM MASKANISAN – MAKTAB!
Joriy yilning 12-aprel sanasida maktabimizda Kasbga yo`naltirish bo`yicha ochiq seminar bo`lib o`tadi. Va bu seminarda tumanimizdagi o`qituvchilar tashrif buyurishi kutilmoqda. Shuningdek maktabimiz o`qituvchilari va o`quvchilari tomonidan ushbu tadbirni samarali o`tkazish bo`yicha rejalar ishlab chiqilgan. Bu kabi seminar maktabimizda 2 marotaba o`tgkazilishi(mart oyining boshlarida Rus tili fani bo`yicha ham seminar bo`lib o`tgan edi.)
YUKSAK MAQSADDAN - YUKSAK INTILISH SARI.
Yana bir muhim yangilik maktabimiz fan o`qituvchilari o`zining fani bo`yicha attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o`tib kelishmoqda.
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o`tib kelgan o`qituvchilar:
Matematgika fani o`qituvchisi:
Abdurahmonova Mavjuda o`tish bali 65 ball 80 ball bilan
1-toifaga
Biologiya fani o`qituvchisi:
Chariyev Nursoxat o`tish bali 65 ball 67.5 ball bilan 1-toifaga
Tarix fani o`qituvchisi:
Allayarova Saboxat o`tish bali 65 ball 72 ball bilan 1-toifaga
Bu kabi natijalar albatta maktabimiz reytingi ko`tarilishining bir poydevori bo`lib xizmat qiladi desak adashmagan bo`lamiz. Shu jumladan boshqa fan o`qituvchilarimiz va o`quvchilarimizdan shu kabi bundanda yuqori natijalarni qo`lga kiritishini kutib qolamiz.
Tuzuvchi:
Raxmataliyev Oybek
AYOL
Dunyoda bor shunday ayol,
Erkaklarning naqshidir.
Yana bordir be`nomuslar,
Hayvon undan yaxshidir.
*****
Shunday ayol bor dunyoda,
Havas ila boqasiz.
Shunday ayol bor dunyoda,
Qarashga ham qo`rqasiz.
*****
Shunday ayol bor dunyoda,
Atrofida odamlar.
Shunday ayol bor dunyoda,
Atrofida ig`volar.
*****
Shunday ayol bor dunyoda,
Sevinch ila boqasiz.
Shunday ayol bor dunyoda,
Nafratlanib o`tasiz.
*****
Shunday ayol bor dunyoda,
Jannat turar yo`lida.
Shunday ayol bor dunyoda,
Mehr berar u insonga.
11-“A”sinf o`quvchisi
Samadova Nilufar
Нажот билимда
Бу дунёда илмдан бошқа нажот йўқ
Имом ал-Бухорий
Биласизми инсонлар нега илм эгаси бўлиш учун интиладилар?
Кўпчилик буни хар хил тушунишади. Баъзилар бирор бир мансаб эгаси бўлиши учун деб ўйласа яна кимлардир бойликка ега бўлиши учун ўқиш кераклигини айтишади. Яна бир тоифа инсонлар эса аждодларимизга боғлашади яъни “менинг бобом ёки отам илмли инсон бўлишган” деб.
Аслида эса илм соҳиби бўлиш, илм эгаллаш бу азалдан фарз амал ҳисобланиб келинган.
NAJOT BILIMDA
Bu dunyoda bilimdan boshqa najot yo`q
Imom al- Buxoriy
Bilasizmi insonlar bilim egasi bo`lish uchun harakat qiladilar,intilkadilar?
Ko`pchilik buni xar xil tushunishadi. Ba’zilar biror bir mansab egasi bo`lish uchun deb o`ylasa yana kimlardir boylikka ega bo`lishi uchun o`qish kerakligini aytishadi. Yana bir toifa insonlar esa ajdodlarimizga bog`lashadi ya’ni”mening otam yoki bobom ilmlio inson bo`lishgan “deb
Aslida ilm sohibi bo`lish, ilm egallash kasb egallash bu azalladan bizlarga farz amali bo`lib kelgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |