Bayt ar. بيت



Download 94,5 Kb.
bet3/5
Sana15.12.2022
Hajmi94,5 Kb.
#886829
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badiiy san\'at 1

IRSOLU-L-MASAL (ar. ارسال المثل – maqol, masal keltirish) mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri, she’rda ma’lum bir poetik maqsadda mashhur maqol, matal yoki hikmatli so‘z keltirish. Shoir biror fikrni o‘rtaga tashlar ekan, o‘z fikrining isboti, izohi, tasdig‘i uchun xalq maqollari, hikmatli iboralarni tamsil yo‘li bilan keltiradi. Bu uch xil ko‘rinishda amalga oshishi mumkin:
1) maqol yoki matal “masaldurkim”, “masalkim”, “derlar”, “aytadilarki”, “elda bor shunday masal” kabi ishoralar bilan keltiriladi:
Kasb etar shohi Buxoro hazrati Xondin kamol,
Bu masaldur: “Oy etar xurshiddin nur iqtibos” (Nodira).
2) maqol yoki matal hech qanday ishoralarsiz aynan keltiriladi:
Yerga kirsam koshki, chun yetmas ul oyga ilik,
Mushkul ahvole tushubdur: “Yer qatiqu ko‘k yiroq” (Lutfiy).
3) maqol yoki matalning mazmuni bayt yoki misra ichiga singdirib yuborilgan holda o‘z shaklini butunlay yo‘qotishi yoki bir oz o‘zgartirishi yoxud yangicha shaklga kelishi mumkin:
Sevgi dardidan mening ham bo‘ldi rangim kahrabo,
Yo‘q iloj, ne naf o‘kinmak bo‘lmasa ko‘zguda ayb (E.Vohidov).
Mazkur baytda “Yuzing qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama” maqoli o‘zgargan shaklda berilyapti.
Agar baytda ishlatilayotgan maqol yoki matallar soni ikki yoki undan ortiq bo‘lsa, irsolu-l-masalayn deyiladi. Masalan, Atoyining:
Bo‘ldi bag‘rim su g‘amingdin, yaxshilik qil sol sug‘a,
Oxir, ey gul, xirmanni albatta har ekkan o‘rar, –
baytida “yaxshilik qil suvga ot” va “har kim ekkanini o‘radi” maqollari singdirib yuborilgan.
ISTIORA (ar. استعاره – vaqtincha omonatga, oriyatga olmoq) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, bir so‘z shaklini vaqtincha “omonatga olib”, boshqa, ya’ni ko‘chma ma’noda ishlatish. Istiorada so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatish o‘xshashlik asosida amalga oshadi. A.Husayniy ta’kidlashicha, istiorani “ajam shuarosi sanoyi’ qabilidan, arab fusahosi esa kalomning zotiy go‘zalliklaridan” deb hisoblaganlarki, bunda muayyan asos bor. Haqiqatan ham til hodisasiga aylanib bo‘lgan (mas., “kun botdi”, “xo‘roz” va h.) istiora bilan hali til hodisasiga aylanib ulgurmagan (ya’ni, san’atkorona nigoh bilan ko‘rilgan o‘xshashlik asosidagi obrazli ifoda) istiora badiiy-estetik qimmat jihatidan teng emas, ularning birinchisi zotiy go‘zalliklarga, ikkinchisi oriziy go‘zalliklarga mansub etilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, Navoiyning:
Ul oy avsofini ahli zamondin
Eshitur erdi bal yaxshi-yamondin, –
baytidagi “oy” so‘zi “yerning tabiiy yo‘ldoshi” ma’nosidan “omonatga olinib”, “yor” ma’nosida ishlatilgan va o‘ziga xos obrazli ifoda yuzaga kelgan. Bir qarashda oy so‘zini ma’shuqa, yor ma’nolarida ishlatish notabiiydek tuyulsa-da, nur taratib turgan oy bilan yorning nurli jamoli o‘rtasidagi o‘xshashlik mana shu notabiiylikni tabiiy, go‘zal ifodaga aylantiradi. Bu esa “fasohatu balog‘at arbobi qoshinda haqiqattin yaxshiroqdir”(A.Husayniy). Ilmi badi’ga oid manbalarda istiora bilan tashbehi kinoyatga berilgan ta’riflar o‘rtasida farq sezilmaydi. Bu bejiz emas, chunki mohiyatan istiora birgina mushabbihun bih ishtirok etgan tashbehdir (q.).
KINOYA – 1) mumtoz adabiyotshunoslikda majoz(ko‘chim)ning bir turi. Atoulloh Husayniy kinoyaning lug‘aviy ma’nosini “bir nimani derlar, lekin andin o‘zga nimani iroda qilurlar” tarzida ifodalaydiki, bu ta’rif umuman ko‘chim ma’nosiga yaqin keladi. Biroq boshqa bir o‘rinda fikrini quyidagicha aniqlashtiradi: “...andin iboratturkim, bir ma’noni anga lozimu tabi’ ma’no uchun yasolg‘on lafz ila ul tarzda ta’bir qilurlarkim, agar ul lafzning o‘z yasog‘in iroda qilsalar ham ravo bo‘lur…” Mazkur ta’rifga “fazl arbobi qoshig‘a ko‘p borib kelmak anga lozimu tobi’ bo‘lg‘an ko‘p kafsh yirtmoq bila ta’bir etiliptur...” misolining keltirilganidan kinoya aloqadorlik asosidagi ko‘chim deb tushunilgani anglashiladi. Hozirda ko‘chimning bu turi metonimiya (q.) deb yuritiladi. 2) hozirgi adabiyotshunoslikda ironiya terminining muqobili sifatida faol qo‘llanadi. Ko‘chim turi sifatida kinoya so‘z yoki birikmani asl ma’nosidan boshqa, teskari ma’noda qo‘llash demakdir. Metafora hamda metonimiyaga ko‘chimning asosiy turlari sifatida qarab, boshqa ko‘chim turlarining ulardan kelib chiqqani nazarda tutilsa, kinoyani metafora tipidagi ko‘chim, ya’ni “teskari o‘xshatish” asosidagi ma’no ko‘chishi deyish mumkin. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzumni badbasharaligiga ishora qilib, uni “husni Yusuf” deb ataydiki, bu mohiyatan teskari o‘xshatishdir. Biroq kinoyaga faqat ko‘chim turlaridan biri sifatidagina qarash munozarali masala. Jumladan, kinoyaning o‘xshatish ob’ektisiz ham namoyon bo‘la olishi uni boshqa ko‘chim turlaridan farqlaydi. Oddiygina “yaxshi” degan so‘zni teskari ma’noda qo‘llash uchun ohangini o‘zgartirib aytish kifoya. Yoki “Lolazor” (M.Muhammad Do‘st) romanida sobiq Ittifoq rahbari “KATTA PAXTAKOR” deb ataladiki, bunda allyuziya (q.) orqali ma’no ko‘chiriladi. Ko‘chim so‘z yoki so‘z birikmasini ko‘chma ma’noda ishlatishni ko‘zda tutadi, kinoya esa modallik ifodasi sifatida tilning barcha sathlarida va shu sath unsurlari (tovush, intonatsiya, so‘z, jumla va h.) vositasida ifodalanishi mumkin. Masalan, kinoya nafaqat so‘zni teskari ma’noda qo‘llash, balki jumlani kinoyaviy ma’no ifodalaydigan tartibda tuzish va shunga mos ohang yordamida ham yuzaga chiqarilishi mumkin. Bu holda stilistik figura sifatidagi kinoya haqida gapiriladiki, uning bir ko‘rinishi sifatida antifrazis (q.) ko‘rsatilishi mumkin.

Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish