7- o‘quvchi: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5- moddasida «O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega», deyilgan.
O‘qituvchi: — Bayroq, gerb va madhiya haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz. Agar siz bayrog‘imiz bilan sirlashmoqchi bo‘lsangiz, undagi ranglarni tabiatdan izlang. (O‘quvchilar bayroq ranglari timsolida so‘zlaydi).
8- o‘quvchi: — Men moviy rang bo‘laman, musaffo osmonning bir parchasi. Bu — yurtim osmoni tinch bo‘lsin, degani. Yana men tiriklik manbayi bo‘lgan tip-tiniq obi-hayotni ham eslataman.
Do'stlaringiz bilan baham: |