USTOZIM, SIZGA TA’ZIM
(Zal bayramona bezatilgan, ustoz va murabbiylarni ulug‘lovchi
shiorlar va hikmatli so ‘zlardan namunalar osilgan. «Ustozlar»
qo'shig'i ohista taraladi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi).
1- boshlovchi:
Go‘daklarga mehr bergan muallim,
Qo'llariga kitob tutgan muallim,
Navoiydek dono etgan muallim,
Shogirdlar sizga qilurlar ta ’zim.
2- boshlovchi:
Sarvari jahonda guldir muallim,
Bezabonga zabon, bulbul muallim.
Donishmanddek ochiq ko'ngil muallim,
Shogirdlar sizga qilurlar ta’zim.
1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi
quyosh, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek ezgu ishga qalb
qo'rini, bor mehrini baxshida etib faoliyat ko'rsatayotgan jonkuyar,
fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |