O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYAT XALQ TALIMI BOSHQARMASI
ARNASOY TUMANI XALQ TALIMI BO`LIMIGA QARASHLI
12- SONLI MAKTABNING TASVIRIY SAN'AT VA CHIZMACHILIK FANI O'QITUVCHISI G'ANIYEVA MUHAYYONING 5 - SINF TASVIRIY SAN'AT FANIDAN " BAYRAMGA DEVORIY GAZETA ISHLASH"
MAVZUSIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOlOGIYALAR ASOSIDA TAYYORLANGAN 1 SOATLIK
DARS ISHLANMASI
JIZZAX 2021- y.
Sana:
Sinf: 5
Mavzu: Bayramga devoriy gazeta ishlash.
Maqsad:
Talimiy: O`quvchilarga devoriy gazeta qanday ishlanishi, unda tasvirlanadigan elementlar va ularning ahamiyati va mohiyati haqida bilimlar berish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish va ularda estetik zavq uyg`otish.Navro'z bayrami haqida ,urf - odataar haqida dunyoqarashini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning o`z ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish.
Darsning uslubi: ko`rgazmali - amaliy
Dars usuli: Noananaviy (aqliy hujum, tezkor savol-javob, interfaol metodlar)
Dars tipi: yangi bilim beruvchi ochiq dars.
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash
Dars didaktikasi:
Jihozi: yozuv taxtasi, 5-sinf tasviriy san'at darsligi, tarqatma chizma materiallar, tezkor savol-javob kartochkalari va plakatlar
Darsning blok sxemasi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt taqsimoti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4 daqiqa
|
2
|
O`tilgan mavzui takrorlash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8daqiqa
|
5
|
Yakuniy qism
Oquvchilarni baholash
Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Psixologik iqlim yaratish (o`quvchilar bilan salomlashish, o`quvchilar va sinfning darsga tayyorgarligini aniqlash, navbatchini tayinlash va davomatni aniqlash).
Dars mavzusi va dars ahamiyatini elon qilish
BKMlarni elon qilish
O`quvchilarni guruhlarga ajratish; (1,2,3)
“Oltin qoidalar ni ishlab chiqish:
O`zaro hurmat;
O`zgalar fikrini hurmat qilish;
Intizomlilik;
Topqirlik;
Hozirjavoblilik;
Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (Ofarin, Barakallo, “Harakat qil sozlari yozilgan shakllar);
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun " Klaster " va " Nilufar guli" interfaol metodidan foydalaniladi.
Őquvchilarga yozma savollar tarqatiladi.
Őquvchilarning uyga vazifasi va daftarlari tekshiriladi.
Savollar
1. Natyurmort janri qanaqa janr?
2. Rangtasvir bilan qalam tasvirning farqi ?
3. Grafika so'zining ma'nosi nima ?
4. Maishiy janrda nima tasvirlanadi ?
5. Natyurmortda nechta predmet tasvirlanadi ?
6. Ranglar necha turga bo'linadi ?
3-Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilardan darsliklarini ochishlari so’raladi.
Őquvchilar bilan suhbat uyushtiriladi.
-- yaqinda qaysi bayram kelyapti bolajonlar?
-- Navro'z qanday bayram ekan?
-- qanaqa urf- odatlarimizni bilasiz?
-- bahorda qanday bayramlar o'tkaziladi ?
-- sumalak so'zining ma'nosi nima ?
Qaysi guruh faol qatnashsa rag'bat kartochkalari beriladi.
Őquvchilar javob berishgach, mavzu tushuntiriladi.
Doskaga " Navruz", " Bahor" mavzusida doskaga rasmlar ilinadi va ta'rif beriladi. Devoriy gazeta haqida ko'nikmalar shakllantirilib uning tayyorlash usuli o'rgatiladi.
Devoriy gazeta shakli eskizi doskaga chizib ko'rsatiladi va doskaga ilingan rasmlardan foydalanib rasm chizishi mumkinligi aytiladi.
4. O'tilgan mavzuni mustahkamash.
Savollar :
1. Devoriy gazeta nima ?
2. U nima uchun kerak ?
3. Devoriy gazetada nimalar tasvirlanadi ?
5. Darsni yakunlash.
Dars yakunida doskadagi stikerchalar hisoblanib g'olib guruh aniqlanadi. Faol va savollarga javob bergan o'quvchilar baholanadi.
6. Uyga vazifa ." Navro'zi olam " mavzusida devoriy gazeta ishlab kelish.
Oquv-tarbiyaviy ishlar boyicha direktor orinbosari :
Uslubiy birlashma rahbari :
Fan oqituvchisi :
Do'stlaringiz bilan baham: |