Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani XTBga qarashli 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman tabiiy fan o’qituvchisilari bilan 2021-2022 o`quv yilida Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablari uchun treninglar o‘quv dasturining kreativ fikrlash bo`yicha o`tkazilgan o`quv seminar
Bayonnomasi
Gazalkent shahri 06.01.2022
Yig’ilish raisi: X.Atajanov
Kotibi: F.Temisheva
Qatnashdilar: TSMB inspektori-Shomansurova Sh, Tabiiy fanlar metodisti-H.Atajanov , tayanch maktab trenerlari , tuman maktablaridan tabiiy fanlar o’qituvchiilari;
Kun tartibida:
1. PISA tadqiqot doirasida kreativ fikrlashni baholash tamoyillari,
2. “Kelajak velosi pedi” (Amaliy ish) ;
3. “Geometrik shakllar” yordamida vitraj yasash (Mustaqil ish);
1. 1-tayanch maktabining fizika fani o’qituvchisi F.Temisheva PISA tadqiqot doirasida kreativ fikrlashni baholash tamoyillari bo’yicha taqdimot ko’rsatdi. Ta'limda kreativ yondashuv va muammolarga yechim toppish hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi – o’quvchining intelektual darajasini, yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali yangi bilimlarni olish, yaratishga, ruhlantirishga qaratilmog’i kerak. Kreativ pedagogika – ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni o’rganish tushunilishini aytdilar.
2. “Kelajak velosi pedi” (Amaliy ish). Bu topshiriqlar atroflicha tahlil qilinib o’rganib chiqildi va o’quvchilar bilan muhokama qilinishi aytildi. Biologiya fani o’qituvchisi B.Razova o’z yo’nalishlari bo’yicha berilgan topshiriqlardan namuna sifatida tushuncha berdilar. Kelajak velosipedi deb ta'riflanayotgan Tesla Model B haqida ma'lumotlar berdi.
3. “Geometrik shakllar” yordamida vitraj yasash (Mustaqil ish) nazariy va amaliy mashgʻulotlarda oʻzlashtirilgan ma’lumotlarni oʻz ish jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida tinglovchi oʻqituvchi mustaqil ravishda dasturda tavsiya etilgan mavzular asosida ijodiy ish olib borildi.
Olgan ma’lumotlarini o’qituvchilar dars jarayonlarida albatta qo’llashlari ta’kidlab o’tildi.
Yuqoridagi masalalarga ko’ra yig’ilish
Qaror qiladi:
1. Оʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini hamda ta’lim sifatini oshirish orqali xalqaro tadqiqotlarda ijobiy natijalarga erishish uchun zamin yaratish;
2 Oʻqituvchining mavzu yuzasidan qoʻshimcha manbalar orqali ma’lumotlar izlash, oʻrganish,
XTB tabiiy fanlar metodisti: X. Atajanov
Kotiba: F.Temisheva
Do'stlaringiz bilan baham: |