Yutuqlari: Ochiq dars yaxshi tashkillashtirilgan.Matematikani hamma fan bilan bog’liq ekani aytildi.O’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlari juda yaxshi
Maslaxatlar: Bunday ochiq darslar o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi.
3-masala yuzasidan maktabning O`TIBDO`si Artiqov Islombek so’zi tinglandi. O’qituvchining taqvim-reja bilan jurnal sanalari bir xil, o’quvchilar o’z vaqtida baholab borilgan. Proyektyorda bugungi mavzuga bag’ishlangan taqdimot qo’yilgan. Umumlashgan holda yaxshii baxo berishni taklif qilib, yig`ilishdagi boshqa o`qituvchilar ham ochiq dars to`g`risidagi fikrlarini aytishdi.
Yuqoridagilarga asosan yig`ilish qaror qiladi 1.Matematika fani o`qituvchisi Otayeva Gulnozaning 7-“B” sinf o’quvchilari bilan “Tenglama va uning yechimlari.” mavzusida o`tkazilgan ochiq dars tahlili yaxshi baho bilan baholansin
2.Ochiq darsda yo`l qo`yilgan kamchiliklar bartaraf etilsin.
3. Bu ochiq dars maktabda barcha 7-sinflar o’rtasida ommalashtirilsin.
Yig'ilish raisi: O`TIBDO`: I.Artiqov
Matematika uslub birlashma raisi: Otaboyeva Dilnoza